5. Uyga vazifa: Uy vazifasini e’lon qilish va tushuntirish.
Dars ishlanma 17
Bosh mavzu: .7. Zararsizlantirish. Odamlarni sanitariya ishlovidan o’tkazish
Darsning maqsadi: 1. Tarbiyaviy: Uquvchilarni vatanga muhabbat va saodat ruhida tarbiyalash.
2. Ta’limiy: Uquvchilarda xarbiy xizmatga oid boshlang’ich kunikmalarni shakillantirish.
3. Rivojlantiruvchi maqsad: Olgan bilim va kunikmalardan zarur holatlarda o’z o’rnida samarali foydalanish.
Kerakli jihoz: ________________________________________________________________________________________
Dars o’tish joyi: ________________________________________________________________________________________
Dars jarayoni: 1. Tashkiliy qism: salomlashish, davomat va o’quvchilarni darsga tayyorgarligini tekshirish. Darsga qatnashmayotgan o’quvchilarni sinf jurnaliga qayt etish.
2. uy vazifasini surash: o’tilgan mavzu yuzasidan o’quvchilar bilimini savol javob, mini test orqali sinash va faol qatnashgan o’quvchilarni baholash, bahlarni jurnalga quyish.
3. Yangi mavzu bayoni:
Zararsizlantirish olib borilganda maxsus tozalash tadbirlari aslaha, texnika, individual himoya vositalari, kiyim-kechak va boshqa moddiy vositalarni degazatsiyalash, dezaktivatsiyalash va dezinfeksiyalashdan iborat.
Har bir usulda zararsizlantirish bo’yicha bajariladigan ishlar hajmiga quyidagilar kiradi.
Dezinfeksiya yoki zararsizlantirish patogen mikroblarni yo’qotish maqsadida olib boriladi.
Davolash-profilaktika muassasalarida kimyoviy vositalardan tayyorlangan zararsizlantiruvchi kukun, tabletka ko’rinishidagi kuchli va ishchi eritmalarni qo’llash keng tarqalgan. Zararsizlantiruvchi vositalar maxsus shamollatgich o’rnatilgan alohida xonalarda tayyorlanishi lozim.
Tarkibida xlor elementi bo’lgan zararsizlantiruvchi eritmalarni tayyorlashdan oldin maxsus xalat, respirator, qalpoqcha, qo’lqoplar kiyiladi.
Har bir usulda zararsizlantirish bo’yicha bajariladigan ishlar hajmi quyidagilardan iborat:
Degazatsiya deganda zararlangan yuzalardan zaharlovchi moddalarni yo’qotish (mikroblarni yo’q qilish yoki toksinlarni parchalash), dezaktivatsiya deganda esa zararlangan yuzalardagi radioaktiv moddalarni yo’qotish tushuniladi.
Maxsus tozalash qisman va to’liqbo’lishi mumkin.
Zararlangan joydan chiqqach, qisman maxsus tozalash o’tkaziladi, vazifani bajarish jarayonidan keyin, kerak bo’lgan paytda esa tabel va joydagi vositalarni ishlatib dezinfeksiya qilinadi.
Zaharlovchi moddalar bilan zararlanganda darhol odamning teri qoplamalari, kiyim-kechaklari, gazniqobning yuza qismi, aslaha va texnikaning alohida tashqi yuza uchastkalari degazatsiya qilinadi.
Radioaktiv moddalar bilan zararlangan hollarda odamning teri qoplamalari, kiyim-kechaklari, ustiga osilgan buyumlari, poyabzal, individual himoya vositalari dezaktivatsiya qilinadi.
Bakterial vositalar bilan zararlanganda esa odamning teri qoplamalari (yuz, bo’yin, qo’l) dezinfeksiya qilinadi.
To’liq maxsus tozalash vazifa bajarib bo’lingandan keyin amalga oshiriladi.
Maxsus tozalashni o’tkazish uchun ТДП komplekti, kiyim-kechakni tozalash uchun ИДПС-69 komplekti, ДПП degazatsiyalovchi paket hamda ИПП-8, ИПП-9 kimyoga qarshi individual paket qo’llaniladi.
Kiyim-kechaklarni degazatsiyalash uchun ИДПС-69 komplekti. Zoman, zarin, iprit kabi zaharlovchi modda va ularning bug’lari bilan zararlangan kiyim-kechaklarni degazatsiya qilish uchun ishlatiladi.
Komplekt degazatsiya qilish uchun ИДП-1 paketidan 10 ta va kiyimkechakni degazatsiyalovchi ДПС-1 paketidan 10 tadan karton qutiga taxlab solinadi. Safar holatida komplekt texnikada tashib yuriladi.
ДПС paketi V gazlar, zoman, iprit bilan zararlanganda degazatsiya qilish uchun mo’ljallangan.
Masalan, jang maydonida degazatsiya qilish uchun bitta, pulemyot va granatomyotni degazatsiya qilish uchun esa ikkita paket ishlatiladi.
Degazatsiyalovchi paketzoman bug’lari bilan zararlangan kiyim-kechaklarni degazatsiya qilish uchun ishlatiladi.
Kiyim-kechak komplektiga bir paket ishlatiladi. Kiyim-kechakni degazatsiyalash uchun paket ochiladi va xaltachaga sekin urib, kiyim- kechakning barcha joyiga sepib chiqiladi. Bunday kiyimlar ochiq joyda silkitilib tashlanadi va gazniqob yechiladi.
ТДП komplekti maxsus texnikalarni qisman degazatsiya qilish uchun mo’ljallangan. ТДП komplektiga ikkita avtonom uskuna, zaryadlovchi qurilma va ehtiyot qismlar kiradi.
Degazatsiya asbobining changlatgichi tozalanayotgan yuzadan 0,20,5 m balandroqda bo’lishi kerak. Texnikaning ichki yuzalarini changlatib, degazatsiyalash mumkin emas. Texnikani degazatsiya va dezinfeksiyalashda quyidagi eritmalar ishlatiladi.
Texnikani ДК-4 yordamida dezaktivatsiya, degazatsiya va dezinfeksiyalash uchun funksional 0,00750,15% yuvuvchi СФ-2 (СФ-2У) kukunining suvdagi eritmasi yozda, ammiakning suvdagi eritmasi qishda qo’llaniladi.
Maxsus texnikani qisman degazatsiya qilish ekipaj kuchi bilan ТДП komplekti yordamida yoki degazatsiyalovchi eritmaga botirib olingan latta, erituvchilar yoki yonilg’i bilan amalga oshiriladi.
Ko’rsatib o’tilgan obyektlarni qisman dezaktivatsiya qilish dezaktivatsiyalovchi retseptura, eritma, yonilg’i, suvga botirib olingan cho’tka, latta yoki changyutgich yordamida amalga oshiriladi. Qisman dezaktivatsiyada barcha zararlangan yuza tozalanadi. To’liq degazatsiyada esa yuza to’liq tozalanadi.
Tozalash ishlarida zararlangan predmetlarga tegish, individual himoya vositalari yoki tugmalarni yechish taqiqlanadi.
4. Yangi mavzuni mustahkamlash: yangi mavzu yuzasidan o’quvchilarning o’zlashtirish darajasini tezkor savollar orqali mustahkamlash, o’quvchilar tomonidan berilgan savollarga javob berish, “aqliy hujum”, “klaster” usullari yordamida mavzuni hulosalash. Faol o’quvchilarni baholash.
Do'stlaringiz bilan baham: |