2011-2012-
yillar
Avtotest
Report
— ◆ VI ◆ —
masalaga yana duch kelganimda, Nodira ishdan boʻsha-
gan, loyiha amalga oshmay qolib ketgan ekan. Lekin gʻoya
menga juda yoqdi. Ayniqsa, Garvardda oʻqib kelganimdan
keyin. Odamlarga jiddiy narsani oʻyin tarzida oʻrgatish-
ning zoʻr imkoniyati edi bu.
Vaziyatni oʻrganishga kirishdik. Avtomaktablarda yoʻl
harakati qoidalarini haliyam daftarga yozdirisharkan. El-
lik yildan beri birorta oʻzgarish kiritilmagan eski usul —
darsga daftar koʻtarib kelib, qoʻllanmadan qoidani koʻ-
chirib olasan, ichki yonuv dvigatelining rasmini chizasan...
Biz koʻpgina test savollaridan tuzilgan rang-barang ani-
matsion dastur ishlab chiqdik. Uni «GAI»ga olib borib,
tugmachali apparatlarning oʻrniga kompyuterga shuni
oʻrnataylik, degan taklif berdim. Chunki bu usul imtihon
topshiruvchining Yoʻl harakati qoidalarini qay darajada
bilishini aniq koʻrsatib berardi. Dasturni tekinga taklif
qilganim uchun «GAI»dagilar rozi boʻlishdi. Oʻzi tugma-
chali tizim ham maʼnan, ham texnik jihatdan azbaroyi es-
kirganidan, uni ishlatish uyat ham boʻlib qolgandi. Xullas,
«GAI»dagilar kompyuterlar sotib olib, biz ishlab chiqqan
dasturni oʻrnatishdi. Dasturni «Avtotest» deb nomladik.
Guvohnoma berish uchun butun respublikada imtihonlar
shu boʻyicha olinadigan boʻldi.
Men esa avtomaktablarga borib, disklarimizni tavsiya
qila boshladim. Hammasi aniq va tushunarli. «GAI» endi
mana shu dastur boʻyicha imtihon oladi. Uning kaliti esa
92 / AVTOTEST REPORT
bizda. Oʻquvchilar imtihondan muammosiz oʻtsin desan-
giz, disklarimizni sotib oling — marketing jihatidan ham-
masi puxta oʻylangan edi.
Lekin rejam oʻxshamadi. Ishonasizmi, avtomaktablar
disklarimizni olishmadi. Men bilan hech kim gaplashib
ham oʻtirmadi. Sababi, Oʻzbekistondagi avtomaktablar-
ning maqsadi oʻquvchilarga avtomobilni toʻgʻri va yaxshi
haydashni oʻrgatish emas, pul ishlash ekan, xolos. Guvoh-
noma faqat pul berib olinardi. Mashinani zoʻr haydaydi-
ganni ham, qoidani suv qilib ichib yuborganni ham bari-
bir imtihonda yiqitishardi.
Pul topishning turli yoʻllarini bilganim, pulni yaxshi
koʻrganim bilan, shu qadar jiddiy masalaga bunaqa mu-
nosabatdan xafa boʻlib ketdim. Millionlab odamlarning
xavfsizligi-ku bu axir! Mening ham idealistligim tutib
ketdi.
Kimligimni bilishmaydi-da hali. Men avtomaktablar-
ning kalkulyatsiyasini oʻrganib chiqdim. Qarasam, har
bitta avtomaktabda xarajatlarning 20 foizi tarqatma ma-
terialga sarflanishi kerak ekan. Tarqatma materialning
esa oʻzi yoʻq. Arzimagan pul turadigan «Yoʻl harakati qo-
idalari» kitobchasi va oʻquvchi oʻzi bilan koʻtarib keladi-
gan daftardan foydalaniladi, xolos. 1989-yildan beri biror-
ta oʻquv qoʻllanmasi tayyorlanmagan, hech qaysi maktab
yangi metodika ishlab chiqmagan, oʻquvchilar darsda qat-
nashmasayam boʻlaveradi. Mashina haydash uchun 52 so-
93 / AVTOTEST REPORT
atlik mashgʻulot belgilangan boʻlsa-da, amalda nari borsa,
shuning uchdan biricha vaqt ajratiladi. Yana benzin puli-
niyam oʻquvchilar oʻzlari toʻlashadi. Oxirida butun guruh
«GAI»ga pul yigʻib berib, hamma guvohnoma oladi.
Oʻzim sobiq soliqchi emasmanmi, hamma maʼlumot-
larni tahlil qilib, avtomaktablar davlatga juda katta miq-
dorda soliq toʻlamay kelayotganini aniqladim. Qoʻlimdagi
hujjat-dalil bilan ikkinchi hujumga oʻtdim.
Avtomaktablarni tashkil qilib, ularning faoliyatini
muvofiqlashtiruvchi vakolatli organ Vazirlar Mahkamasi
boʻlgani uchun, oldin oʻsha vaqtdagi Bosh vazir oʻrinbosari
Adham Ilhomovich Ikromov bilan uchrashishga erishdim.
Biz dasturimizni taqdim qilib, maqsadimizni tushun-
tirdik. Loyiha Ikromovga maʼqul keldi. Ayniqsa, oʻzimiz-
da qilingani, yoʻllardagi falokatlarni keskin kamaytirishga
yordam beradigan milliy mahsulot ekanligi yoqdi. Muam-
mo bilan birga uning yechimini ham keltirsang, gʻoyaga
hamma qiziqadi.
Ikromov shu masalada majlis oʻtkazdi va Vazirlar Mah-
kamasi respublikadagi barcha avtomaktablar «Avtotest»
dasturi boʻyicha oʻqitishi kerak, degan qarorga keldi.
Demak, har bitta diskimiz uchun pul toʻlanadigan boʻl-
di. Men uchun bu tasavvur qilib boʻlmaydigan darajada
katta pul edi.
94 / AVTOTEST REPORT
Bundan ortiq yana nima kerak? Biz bu gʻoyaning orqa-
sidan yaxshigina pul topdik, bundan buyon ham tinch-
gina, hech qanday boshogʻriqsiz oʻsha disklarimizni sotib
yuraversak boʻlardi. Lekin men bir ishkal chiqarmasdan
oʻtira olarmidim?! Xullas, innovatsion avtomaktab ochish-
ni oʻylab qoldim. Haqiqiy avtomaktab qanaqa boʻlishini
bir koʻrsatib qoʻyay debman-da. Ishlab topgan «tasavvur
qilib boʻlmaydigan darajada katta» pulimizni ana shu lo-
yihaga tikdik.
Avtomaktab ochish fikri Sirdaryoga baliq oviga bor-
ganimizda kelib qolgandi. Yarim kechasi, gulxan atrofi-
da maza qilib suhbatlashib oʻtirgandik. «Avtotest» haqi-
da gap ochilib qoldi.
— Qaniydi avtomaktab ham ochsak. Hech kimning xa-
yoliga kelmagan zoʻr maktab boʻlsa, — dedim oʻzimcha or-
zuga berilib.
— E, kim ham ruxsat berardi bunga… — dedi Husan
Ibragimovich22 meni shashtimdan qaytarib.
Gap shundaki, Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 31-de-
kabrdagi qaroriga koʻra, 2011-yil 1-yanvardan xususiy av-
tomaktablar faoliyati taqiqlab qoʻyilgan edi. Husan aka-
ning ishonchsizlik bildirgani menga biroz tegib ketdi va...
ichimga olov yoqdi. Oʻzim xohlagandek, orzumdagi av-
tomaktabni tezroq ochgim kelib ketdi. Ishga kirishishga
qatʼiy qaror qildim.
95 / AVTOTEST REPORT
Haydovchilar tayyorlash bozoridagi vaziyatni oʻrgana
boshladik. Koʻpchilik qonun boʻyicha bu bilan faqat dav-
lat tashkilotlari shugʻullana oladi deb hisoblaydi. Vaho-
lanki, qarorda ushbu huquq mudofaaga yordam beruv-
chi «Vatanparvar», shuningdek, «Toshshahartransxizmat»,
«TransKASB» va Oʻzbekiston avtohavaskorlari koʻngil-
li jamiyatiga ham berilgan ekan. Qarorda hamma xusu-
siy maktablar yopilishi belgilangan, ammo aslida unday
boʻlmadi. Ular rasman shu tashkilotlarning «qanoti os-
tiga» kirib ishlayvergan va taʼlimga umuman sarf-xarajat
qilmasdan, moʻmaygina daromadni olishda davom etgan.
«Avtotest»ni ochish haqidagi Vazirlar Mahkamasi qaro-
rini chiqartirishga bir necha oy ketdi. Lekin loyiha bunga
arzirdi, rostdan zoʻr avtomaktab boʻldi. Tizim toʻliq avto-
matlashtirildi, eng tajribali mutaxassislar jalb qilindi, har
bitta sinfda tasvir va ovozni yozib oladigan kameralar oʻr-
natildi. Oʻquvchilarimiz xuddi mashina haydashga emas,
raketada uchishga shaylanayotgandek maxsus simulyator-
larda shugʻullanardi. Oʻqituvchilarni tayyorlaydigan, mo-
nitoringdan oʻtkazib turadigan alohida guruh ham tash-
kil qildik.
Maktabimizga avtomobil haydashni oʻrganishga ham,
oʻrgatishga ham xotin-qizlar oqib kela boshladi. Chunki
bu yer ular uchun qulay va xavfsiz, muhimi, hech kim er-
kak-ayolga ajratmaydi. Instruktor ayollar esa rasman ish-
lash imkoniyatiga ega boʻldi. Yana qulay sharoitda, za-
Do'stlaringiz bilan baham: |