Dan, Internet va korporativ tarmoqlarga joylash orqali tijorat maqsadida foyda



Download 24,24 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/58
Sana06.07.2022
Hajmi24,24 Mb.
#750789
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   58
Bog'liq
Komil Allamjonov - Allamjonov Aybdor

96 / AVTOTEST REPORT
2015-
yil


monaviy mashinalarda, aniq kelishuv bilan, hech qanday 
aldam-qaldamsiz. 
Maktab bizga deyarli foyda keltirmasdi, xarajati daro-
madidan oshardi. Chiqim bilan kirim tenglashsa, shun-
ga ham xursand boʻlardik. Lekin bu mening karyeram-
ga xizmat qiladigan loyiha edi. Shuning uchun disklardan 
tushgan bor pul mana shu maktabga ketganiga umuman 
achinmadim. «Avtotest» misolida yurtimizda yuqori sa-
viyada taʼlim beriladigan har qanday maktabni tashkil qi-
lish mumkinligini koʻrsatdik. Ana shunday modelni si-
novdan oʻtkazdik.
«Biz guvohnomani porasiz olamiz» degan norasmiy 
shiorimiz ham paydo boʻldi. Maktabimizni «Oʻquvchila-
ri darslarni 99 foiz oʻzlashtiradigan, bitiruvchilari guvoh- 
nomani hech qanday muammosiz oladigan», deb ovoza 
qila boshladik. Bu hammagayam yoqmaganini aytmasam 
ham boʻlar-a?.. 
Lekin loyihaning orqasidan imkon qadar koʻproq pul 
topish niyatidan baribir voz kechmadik. Qonunchilikda 
avtomaktablar har yili yuridik shaxslarning malakasini 
oshirishi kerakligi haqida modda bor ekan. Biz buni aniq-
ladik. Lekin Vazirlar Mahkamasining ushbu qarorini ba-
jarish mexanizmi ishlab chiqilmagan. Bu moddaga hech 
kim hech qachon amal qilmagan. Toʻgʻri-da, hamma hay-
dovchilarimiz oʻzini «as» deb biladi-ku. Unda yoʻllarda-
97 / AVTOTEST REPORT


gi shuncha avtofalokatlar qayerdan kelib chiqyapti, degan 
tabiiy savol tugʻiladi…
U paytda IIB Ministri Abdusalom Azizov edi, hozirgi 
SGB boshligʻi. Bir amallab uning qabuliga kirdim.
— Butun respublikada biznikiga oʻxshash innovatsion 
avtomaktablar tarmogʻini tashkil qilsak, yaxshi boʻlardi. 
Mashina haydashning nazariyasini ham, amaliyotini ham 
qoyil qilib oʻqitadigan va har yili haydovchilar malakasini 
oshirishni zimmasiga oladigan eksklyuziv maktab boʻladi.
Хxxxxxxxx ni ishontirishga, koʻndirishga harakat qil-
dim. Men shunchaki oʻzimga kart-blansh soʻramayap-
man-ku, infratuzilmaga pul tikyapman, demak, haydov-
chilik sifatini oshirishni yoʻlga qoʻyishda davlatga yordam 
bermoqchiman. Haydovchilarning koʻpi mashinani toʻgʻri 
boshqarishni bilmaydi, chunki guvohnomani pulga sotib 
olgan. Bizda yoʻl harakatining hamma ishtirokchilari — 
intizomli haydovchilarning ham, piyodalarning ham joni 
xatar ostida. Men bu vaziyatni qanday qilib tartibga so- 
lishni bilaman, bu sohada tajribam, dasturim, strategiyam 
bor, davlatga yordam berishga tayyorman. Shu loyihaga 
bor pulimni tikkandan keyin foyda ham koʻrsam, buning 
nimasi yomon?
Biror chet mamlakatda boʻlganida, davlat bilan xususiy 
tadbirkor hamkorligini hamma maʼqullagan boʻlardi, deb 
oʻylayman. Lekin bizda unday emas. Birdan hamma bosh 
98 / AVTOTEST REPORT


koʻtarib qoldi: Nega «Avtotest»ga mumkin-u, qolganlarga 
mumkin emas ekan?! Malaka oshirishga ikki yilda naq bir 
hafta ajratishning nima keragi bor?!
Eng qizigʻi, hammayam norozi boʻlmadi. Koʻpchilik 
haydovchilar bir haftalik kurslarga jon deb qatnadi. Bu ta-
labalik davriga qaytishdek gap edi. Baʼzilar oʻqishni oʻzi-
ga xos taʼtil deb qabul qildi. Oʻyin, tanlov-viktorinalarga 
har qanday yoshdagi odam qiziqadi. Simulyatorda mashi-
na haydab koʻrish, kompyuterning tugmachalarini chiqil-
latib bosib, oʻzini sinab koʻrishning ham gashti bor. Toʻlo-
vi ham uncha qimmat emas. Asosiysi, oʻsha paytda ham, 
hozirgacha ham maktabimizda beriladigan bilimga hech 
kim eʼtiroz bildira olmadi, taʼlim sifati haqiqatan yuqo-
ri darajada. Metodikamiz noyob, oʻquv qoʻllanmalarimiz 
zamonaviy. Lekin koʻpchilik meni «monopolist» deb eʼlon 
qilib, bosim oʻtkazgani tufayli bu ishni yigʻishtirib qoʻya 
qoldim. Xoʻp, natijada nima boʻldi? Yoʻllarda oʻlim holat-
lari nihoyatda koʻp, korrupsiya gurkirab yotibdi, avto-
maktabda yolchitib oʻqimagan bitiruvchi ham guvohno-
mani bemalol sotib olishi mumkin. 
YHXBB maʼlumotlariga koʻra, 2019-yilning oʻzida
8 588 ta avariya sodir boʻlgan, bunda 2 096 nafar odam 
oʻlgan, 7 943 kishi jarohat olgan. Vafot etganlarning 
193 nafari, jarohatlanganlarning 1047 nafari yosh bola-
lar. Yoʻllarimizda kuniga besh nafar odam halok boʻladi.
Bu — oʻrtacha bir oila yoʻq degani. Toʻgʻri, yoʻllardagi xavf-
sizlik koʻp sabablarga — yoʻlning tekisligi, yoʻl chiziqla-

Download 24,24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   58




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish