75 / SOLIQ-INFO
76 / SOLIQ-INFO
«Soliq-info» gazetasi majlislar zalida.
tda mutaxassis konsultant yollashga hojat qolmadi, chunki
gazetaning oʻzi eng yaxshi maslahatchiga aylandi.
Boshida gazeta faqat rus tilida nashr etilardi, keyin-
roq oʻzbek tilida ham chiqara boshladik. Shtat 40 nafar
xodimgacha kattalashdi. Ofisni Soliq qoʻmitasi qoshida-
gi sport majmuasiga koʻchirdik. Tahririyatimiz ancha
oyoqqa turib oldi.
Gʻoya va takliflar berib, jamoani yoʻnaltiradigan asosiy
tashkilotchi men edim. Xodimlarning qornini toʻydirish,
ularni munosib maosh bilan taʼminlash ham mening vazi-
famga kirardi. Juda ahil jamoa yigʻildi. Bayramlar, timbil-
dinglar uyushtirar, hatto basseynga birga borardik. Ros-
mana bir oilaga aylanib qolgan edik.
77 / SOLIQ-INFO
Men yaxshi rahbar edim va bu menga qimmatga tushdi.
Meni bir meʼyorda, xotirjam yashashga qoʻymaydigan
omad choʻqqisining navbatdagi pogʻonasi boʻldi bu.
Xodimlar shefning tugʻilgan kuniga syurpriz tayyor-
lashibdi. «Soliq-info» gazetasining maxsus menga atalgan
sonini bittagina nusxada, lekin xuddi rostakam gazetaga
oʻxshatib, maxsus qogʻozda chiqarmoqchi boʻlishibdi. Ti-
pografiyadan: «Ofsetni bir nusxada bosmadan chiqarib
boʻlmaydi, kamida ming nusxa boʻlishi kerak», — degan
javob kelgan. Mingta boʻlsa, mingta-da. Qolganini oʻzi-
miznikilarga tarqatamiz, esdalik boʻlib qoladi, unda-
nam ortsa, omborda joy koʻp... Qoʻl ostimdagilar oʻrtaga
pul tashlab, maxsus sonni chop etishgan. Birinchi betda
kattakon suratim, tagida sarlavha: «2017-yil: Komil Al-
lamjonov hayotida nimalar sodir boʻldi?» Gazeta sahifa-
lari boshidan oxirigacha oʻttiz uch yoshimgacha erishgan
yutuqlarim bilan toʻldirilgan.
Xodimlarim bir narsani inobatga olishmagan ekan.
Bosmaxonadan chiqqan har bir nashrning nusxasi Vazir-
lar Mahkamasi, arxiv, kutubxona va yana boshqa qator
idoralarga tarqatilishi shart. «Adadi 32 million nusxa»
deb yozilgan gazetaning maxsus soni ham tegishli joylar-
ga yetib bordi.
Oʻshanda yomon portladim. «Syurpriz»ni xodimlar-
ning koʻz oʻngida gʻijimlab yuzlariga uloqtirganimda,
qay ahvolga tushishganini tasavvur qilyapman. Allaqaysi
78 / SOLIQ-INFO
tashkilotdagi «mehribonlarim» gazetani darrov Sergey
Yejkovga yetkazishibdi (koʻchadan sotib olgan yoki taso-
difan koʻrib qolgan boʻlishi mumkin emas). Oʻsha kuniyoq
«Uzmetronom»da maqola chiqdi. Unda Mustaqillik bay-
rami sharafiga materiallar chop etgan «tartib-intizomli»
gazetalar roʻyxati keltirilgandi. Oʻz boshligʻini koʻkka koʻ-
targan «Soliq-info» esa alohida «tahsin»ga loyiq koʻrilib-
di. Xodimlarim Yejkovga chiqib, gazetamiz haqidagi gap-
larni olib tashlashni iltimos qilishibdi. Bu shunchaki hazil
ekanini, menga syurpriz qilmoqchi boʻlishganini tushun-
tirishibdi. Ammo Sergey Aleksandrovich yana vaziyatdan
foydalandi. Boʻlgan voqealarga munosabatimni sharhlab,
yana bir maqola chiqardi. Lekin aslida voqea qanday boʻl-
gani haqida ogʻiz ochmadi.
Sergey Aleksandrovich butun bir abzasni mening Gar-
vardda taʼlim olganimga bagʻishlabdi. Uning yozishicha,
oddiy til oʻrgatadigan kurslarda oʻqib kelib, Garvardni bi-
tirganman, deb hammaga maqtanarmishman. Balki maq-
tangandirman, eslolmayman. Oʻzimni baxtli his qilib
ketib, faxrlangandirman. Boʻlsa bordir. Taʼlim bilan bogʻ-
liq hamma narsa men uchun doim katta ahamiyatga ega
boʻlgan.
79 / SOLIQ-INFO
Garvard rejada
yo q edi
— ◆ V ◆ —
Do'stlaringiz bilan baham: |