55 / PARPIУEVNING JIYANI
56 / PARPIУEVNING JIYANI
Ertasi kuni Parpiyevning oldiga kirib, oʻzimning bizne-
simni boshlash uchun ketmoqchiligimni aytdim.
— Xafa boʻldingmi?
— Yoʻgʻ-e, nega unaqa deysiz? Nimaga xafa boʻlishim
kerak?
— Xafa boʻlibsan… — dedi general. — Koʻrib turib-
man-ku. Mayli, arizangni yoz. Omadingni bersin.
Men ketdim, lekin intizomga oʻrgatgani, bergan saboq-
lari uchun Botir Rahmatovichdan haligacha minnatdor-
man. U menga doim zarbaga tayyor boʻlib, uni qaytarish-
ni, eng asosiysi, iloji yoʻq narsaning oʻzi yoʻqligini oʻrgatdi.
Xohlasak, hamma narsaga erisha olarkanmiz. Bunday ol-
ganda, u meni rostdan ham oʻz jiyanidek tarbiyaladi.
Shunday odamning «jiyani» degan yuksak nomga dogʻ
tushirmadim, deb oʻylayman.
Men oʻz biznesimni boshlab, birinchi millionimni ishlab
topdim. Bolaligimdan pul topishga harakat qilardim.
Afsus, rejalarim doim ham oʻxshayvermasdi.
57 / PARPIУEVNING JIYANI
59 / SHAKAR, VANNA, PRESS, BAKLAJKA
Toʻqsoninchi yillar oilamiz boy boʻlmagan, lekin och
ham qolmaganmiz. Onam doya, otam avtoslesar edi. Bo-
lalar tugʻilavergan, mashinalar buzilavergan, ota-onam
ishsiz qolmagan. Ularning eng katta orzusi farzandlari-
ga yaxshi taʼlim berish boʻlgan. Shuning uchun oyim oʻqi-
shimni oltinchi sinfdan ToshDU qoshidagi gimnaziya-
ga (keyinchalik akademik litseyga aylantirildi) oʻtkazgan.
Hech kimga pul-mul bermagan. Oyim pora berish kerak-
ligini bilmasdi ham.
Pul — ajoyib narsa! U menga doim zavq bergan. Oʻzi ol-
dindan boshqalarga oʻxshab faqat oylikka koʻnib yashash
niyatim yoʻq edi. Katta boʻlganimda koʻp pul topishim-
ga, xohlagan narsamni sotib olishimga aniq ishonganman.
Lekin bu kunlarni uzoq kutishga sabrim chidamasdi. Ho-
ziroq boyib ketib, mahallamiz yoshlari havas qiladigan
yangi «qahramonlarimiz» — magazinchilar, choyxona va
makaron fabrikalarining xoʻjayinlari, popkorn sotuvchi-
larga oʻxshab yurgim kelardi. Hammasining tagida yangi
Shakar, vanna,
press, baklajka
— ◆ III ◆ —
mashina, oyogʻida krossovka, egnida zamonaviy sport ki-
yimi, jinsi shim — xullas, butun dunyoda ulardan zoʻri
yoʻq.
Kommunistik mafkura puchga chiqqan paytlar. Qoʻni-
qoʻshni orasida faqat biznes rejalar, tez va osongina boyib
ketish yoʻllari haqida gap-soʻzlar yurardi. Biz oʻn uch ya-
shar oʻsmirlar ham choʻntagimizda doim pul boʻlishini
xohlardik. Koʻp tengdoshlarim oʻzi ishlab daromad topar,
kimdir oilasiga yordam bersa, yana kimdir kichik orzula-
riga pul yigʻardi.
Mendan yollanma ishchi chiqmadi. Ammavachcham-
ning joʻxori qalamchalari chiqaradigan sexida bir kun ish-
lab koʻrdim. Arzimagan pul uchun ertalabdan kechgacha
ter toʻkib mehnat qilish menga emas ekan.
Vazifam nimadan iborat edi? Joʻxorini oldin «drobil-
ka»ga, keyin maxsus apparatga solamiz. Joʻxori doni issiq
havo bosimi ostida paqillab yorilib, qalamchaga aylanadi.
Ish haqi tayyor mahsulotning kilosiga toʻlanadi. Bir uyum
joʻxori qalamchasini chiqarib, kamida oʻn kilogramm boʻl-
di, deb oʻylaysan. Tortib koʻrsang, zoʻrgʻa yarim kilo chiqa-
di. Ish kuni oxirida ammavachcham pul oʻrniga qoʻlim-
ga oʻzim tayyorlagan joʻxoridan tutqazdi. Uyga kelib, «ish
haqim»ni stolga qoʻydim-u yechinmasdan, oʻzimni kro-
vatga tappa tashladim. Ertalabgacha qotib uxlabman.
Uygʻonganimda aniq bir qarorga keldim — men hech qa-
chon yollanma ishchi boʻlmayman!
60 / SHAKAR, VANNA, PRESS, BAKLAJKA
Gap ogʻir mehnatdan qochishda emas. Menga birov-
ning choʻntagini toʻldirish uchun belni bukib, evaziga
arzimagan chaqa topish yoqmadi. Bunaqa kapitalizm-
ni hazm qila olmasdim. Biz litseyda oʻzimiz popkorn tay-
yorlab sotardik. Oʻzimiz uchun ishlardik, shunga mehna-
ti malol kelmagan. Koʻpi kuygan, bemaza popkornimiz
uncha yaxshi ketmasdi. Bu tadbirkorlik faoliyatimda bi-
rinchi saboq boʻlgan — mahsuloting sotilishini xohlasang,
ishni sifatli qil!
Oʻn uch yoshimda qand qiroli boʻlishga qaror qildim.
Oʻzimga velik olishim kerak edi. Velosipedi bor oʻrtoqla-
rim uchishga bermay qoʻyishdi. Ota-onam esa: «Komiljon,
veliksiz ham doim qayoqlardadir sangʻib yurasan, velosi-
ped minsang, seni umuman topolmay qolamiz!» — deb
gapni qisqa qilishdi.
Biznes-reja bunday edi: bir qop shakar sotib olinadi, uni
qandga aylantirib, ustiga pul qoʻyib sotiladi. Shakar bilan
qandning narxi orasidagi farq — sof foyda.
Tayyor shakar sexini ijaraga oldim. «Sex» deganda koʻz
oldingizga nima keldi bilmadim-u, ammo bu hech kim
yashamaydigan tashlandiq bir uy edi. Undagi bor usku-
na — tegirmon, press, fanera, vanna, isitkichli fen va bir
yarim litrlik baklajka, xolos. Oldin shakar kukunga aylan-
tiriladi. Keyin vannaga solib, ustidan bir yarim litr sovuq
suv quyiladi. Kukun nam tortib, qorga oʻxshab gʻirchillab
qolganda, pressdan chiqarilib, faner ustiga yoyiladi. Qand
61 / SHAKAR, VANNA, PRESS, BAKLAJKA
shakliga solinib, fenda quritiladi. Bir kecha-kunduzda bir
qop shakar oldi-berdiga ishlatiladigan, toʻy-hashamda das-
turxonga qoʻyiladigan shirinlikka aylanadi.
Otam koʻp magazinchilarning mashinasini tuzatardi-
lar. Shu tanishlaridan mahsulotimni sotib berishni ilti-
mos qildilar.
Bu sexda ishchi ham, farrosh ham, mol yetkazib be-
ruvchi ham, direktor ham oʻzim edim. Sexni ijaraga olish-
dan oldin doʻstlarimga sherikchilikni taklif qildim, ular
koʻnishmadi. Balki toʻgʻri qilishgandir. Ikki hafta oʻtgach,
doʻkonlarda shakar koʻrinmay qoldi, keyin birdan narxi
oshib ketdi. Qanddan tushadigan ozgina foyda ham yoʻq
boʻldi. Shunday qilib, birinchi biznesim sindi. Qizigʻi
shundaki, doʻstlarim moliyaviy krizisni oldindan koʻra
bilgani uchun emas, ishyoqmasligi, harakatsizligi tufayli
hamkorlikdan bosh tortishdi. Biz birga oʻsib katta boʻldik,
lekin hozir jamiyatdagi oʻrnimiz orasida osmon bilan yer-
cha farq bor.
Do'stlaringiz bilan baham: |