— Hal qilamiz, — dedi rais. — Asosiysi, gazetani yax-
shi, foydali, sifatli tayyorlang!
DSQning rasmiy bosma
nashri boʻladi.
Shu joyida bir gap aytay. «Soliq-info»ning ixtiyoriy xa-
ridorlari ham koʻp edi. Gazeta buxgalterlarga maʼqul keldi,
ularning doimiy ish quroliga aylandi. Ular, yaʼni «Soliq-in-
fo»ga oʻz xohishi bilan obuna boʻlganlar haqida hech kim
bilmaydi. Lekin DSIning20 «obuna boʻlish shart» degan
qoʻngʻiroqlaridan norozilar hamma yoqqa shov-shuv koʻ-
tardi.
Eng birinchi ofisimiz yertoʻlada joylashgandi.
Gazeta
chiqarish — murakkab jarayon. Qiziqarli material toʻp-
lashning oʻzi yetarli emas. Gazetani sahifalash, chop etish-
ning sir-asrorini ham bilish kerak.
Biz Rossiyaning shu yoʻnalishdagi hamma nashrlarini
oʻrganib chiqdik. Gazetani rosmana qoʻllanmaga aylantir-
sa boʻlar ekan, unda interaktiv — buxgalterlar bilan mu-
loqot, savol-javoblar berib borishimiz shart, degan xulosa-
ga keldik.
«Soliq-info»ni har tomonlama «SBX»dan
yaxshiroq
qilib chiqarishga harakat qildik. Seminarlar oʻtkazib, mu-
ammoli masalalarni koʻtarardik. Viloyatlarga ham borgan-
miz. Soliq sohasidagi mutaxassislar bilan butun mamla-
katni aylanib chiqqanmiz. Tadbirkorlarni yigʻardik, ular
74 / SOLIQ-INFO
savollariga professional ekspertlardan toʻla-toʻkis
javob
olishardi. Qisqasi, shu ishga jon-jahdimiz bilan kirishib
ketdik.
Biz uchun gazetaning jonli boʻlishi muhim edi. Har bir
ruknni davomli yuritishga erishdik va bu oʻzini oqladi.
Mavzular sondan songa kengroq yoritib berilar, natijada,
oʻquvchilar davomini kutardi.
Soʻrovnomalar oʻtkazib, u yoki bu muammo boʻyicha
tadbirkor va buxgalterlarning fikrlarini oʻrganib chiqqan-
miz. Ijtimoiy tarmoqlar paydo boʻlganida, biz ulardan bi-
rinchilardan boʻlib foydalana boshladik.
Maqolalarni oʻzimizda ishlaydigan soliq maslahatchila-
ridan tashqari Moliya vazirligi va Soliq qoʻmitasi mutaxas-
sislari tayyorlar, gazetada jurnalistlar deyarli yoʻq edi. Dol-
zarb mavzularni koʻtarishga, tezkor maʼlumotlar berishga
harakat qilardik. Bugungi
kun tili bilan aytganda, biz
yangiliklarni yaratayotgan edik.
Dadil ayta olamanki, «Soliq-info» tufayli buxgalterlar-
ning tushunchasi oʻzgara boshladi, kasbiy malakasi oshdi.
Gazeta DSQning rasmiy nashri boʻlgani uchun buxgal-
terlar juda katta mablagʻlarni
tejashga, soliq sohasida
huquqbuzarlikning oldini olishga, umuman, soliq tizimi-
ni optimallashtirishga yordam
beradigan eksklyuziv ax-
borotlardan foydalanish imkoniga ega boʻldilar. Ayni pay-
Do'stlaringiz bilan baham: