1998-1999-
yillar
66 / SHAKAR, VANNA, PRESS, BAKLAJKA
Sinfdoshlarimning menga munosabati yomon emas
edi. Ayniqsa, «Fun boys» guruhini tashkil qilib, konsert
qoʻya boshlaganimizdan keyin yana ham yaqin boʻlib qol-
dik. Men loyiha rejissori edim. Tomoshalarimizda ustoz-
larning ustidan ham kulardik. Hammasining emas, albat-
ta. Bizningcha, yaxshi oʻqita olmaydigan, zolim va poraxoʻr
oʻqituvchilarni masxara qilardik.
«Ikki yarim» laqabli oʻqituvchimizni yaxshi eslayman.
Uy vazifasini qanchalik yaxshi tayyorlab kelmaylik, ikki
yarim baho qoʻyardi. Bunaqa bahoning oʻzi yoʻq-ku, oʻquv-
chilarni yerga urish uchun shuni oʻylab topgan. Konser-
timizda «u» sahnaga chiqib olib: «Men fizika oʻqituvchi-
siman, ismim Muxtazar, mana qirq yildan beri erga tegol-
mayapman», — derdi.
Shunaqa. Hech kimni ayamas edik. Konsertdan keyin
direktor meni xonasiga chaqirtirib, bunday «ssenariylar»
uchun poʻstagimni qoqardi. Indamay boshimni egib turar,
lekin konsertlarni toʻxtatmasdim.
Boshida chiptalar tekin edi. Keyin oʻylab qoldim. Biz
dastur, har bitta sahna, musiqa ustida yotvolib ishlayotgan
boʻlsak, tomoshabinlarga yoqayotgan boʻlsa, nima uchun
konsert tekin boʻlishi kerak?
Tashkiliy ishlarga, chipta, afishalar tayyorlashga pul ti-
kish kerak. Oyimning oldilariga keldim. Ular: «Adangdan
soʻrab koʻr», — dedilar. Ammo men otamdan choʻchirdim,
67 / SHAKAR, VANNA, PRESS, BAKLAJKA
ayniqsa, bu pulni nimaga ishlatmoqchi ekanimni aytishga
qoʻrqdim. Onam menga har doim ishonganlar. Yigʻib-ter-
gan oʻn ming soʻmlarini qoʻlimga berdilar.
Chipta sotib oʻtirishni oʻrtoqlarimga topshirdim. Hech
qaysisi pul soʻrab ota-onasini bezovta qilmadi. Bu tash-
kilotchining, yaʼni mening bosh ogʻrigʻim edi. Ota-onam
meni qoʻllab-quvvatladi.
Homiylar bilan ham oʻzim kelishdim. «Aylin» turk pe-
chenyesi maktabimiz hisob raqamiga 25 ming oʻtkazdi.
Maktab direktori shundan bir yarim ming soʻmni ovoz
kuchaytirgich — usilitelga deb berdi. Qolgan pulni koʻr-
madim. Direktor bizni chuv tushirdi.
Yana bir hamkorimiz «Radio-peydj»19 boʻldi. Konser-
timiz haqida tekinga eʼlon berishdi. «Nestle» kompani-
yasi esa oʻzini zontlarini oʻrnatib, stakanda kofe tarqatdi.
Yana uch-toʻrtta homiyni koʻndirish uchun tijorat taklifi
bilan butun shaharni aylanib chiqdim. Boshqa hech kim
rozi boʻlmadi.
Ravshan Sobirov, Guli Tolipovaning menejerlariga,
boshqa artistlarga ham qoʻngʻiroq qilib, konsertda chiqib
berishlarini soʻradim. «Tomsuvoq»qa koʻndirdim.
Tabiiyki, mingta chipta sotolmadik, ikki yuztasi ketdi,
xolos. Homiylarning oldida sharmanda boʻlmaslik uchun
boʻsh joylarni mehmonlar bilan toʻldirdik. Mehribonlik
68 / SHAKAR, VANNA, PRESS, BAKLAJKA
uyi direktoriga iltimos qilib, tarbiyalanuvchilarini opkel-
tirdim.
Hamma yigʻildi. Ammo... birorta artist yoʻq. Qoʻngʻi-
roq qilaman, hech qaysisi javob bermaydi. Odamlar qar-
sak chala boshladi, oradan bir soat oʻtdi, bittasiyam kela
qolmaydi.
Bir balo qilib, endigina tanilayotgan Davron Ergashev-
ni topdik, konsertni shu boshlab berdi. Omadim chopib,
tadbirni olib borishga professional boshlovchi ham chiqib
qoldi. Keyin Otabek Madrahimovga oʻxshab ketadigan bir
yigitni koʻrsatishdi. Chiroqlar oʻchirildi, maxsus effektlar
yoqildi, yigitchani sahnaga chiqarib yubordik, fonogram-
ma ostida «kuyladi».
Viktorina oʻtkazildi, «Nestle» kofelari tarqatildi. Xul-
las, prodyuser degan nomimni oqladim.
Faqat kimdir «Nestle» zontigini oʻmarib ketibdi. Oyim-
ga qoʻngʻiroq qilib, shuniyam yetkazishdi. Oʻrniga oʻzlari-
ning soyabonlarini koʻtarib kelibdilar. Yoʻqolgan zont ega-
lari matohlari qanchayam dollar turishini aytishdi. Onam
dollarda oldi-berdi qilib yurgan boʻlsalar ham mayli ekan.
Men «Nestle» direktoridan qarzimizdan kechishini ya-
linib soʻradim. Oʻshanda nega bizni kechirganini bilmay-
man. Koʻziga judayam ayanchli va rostgoʻy koʻringan boʻl-
sam kerak-da. Konsertdan tushgan foydani oʻrtogʻim va
69 / SHAKAR, VANNA, PRESS, BAKLAJKA
sherigim Sardor bilan sovurib yubordik. Eng zoʻr koʻzoy-
nak, krossovkalar sotib olib, oʻzimizni xuddi ommaviy
tadbirlar direktorlaridek tuta boshladik. Oyimga boʻlsa
olgan oʻn mingimdan ming soʻmgina qaytardim, orttirga-
nim shu boʻldi.
Baribir konsert chiroyli oʻtdi. Shu sakkiz yuz kishilik
tadbirni oʻtkaza olganimiz ham bir omad, deb oʻylayman.
Yaratganning qoʻllagani bu. Agar qoʻshiqchilar kelmaga-
nida, bilmadim nima boʻlardi, sahnaga oʻzim chiqib ke-
tarmidim...
Bizning yoshligimizda biznes qilish bir avantyura, gʻirt
tavakkalchilik edi. Hozir boʻlajak tadbirkorlarga aniq, har
tomonlama puxta biznes-reja tuzishni, pul bilan imkoni-
yatlarni chamalashni, bozor va raqobatchilar ishini tah-
lil qilishni oʻrgatishadi. U paytda esa biz ishni oldi-orqa-
mizga qaramay boshlab yuborardik. Tayinli bir rejaning
oʻzi boʻlmasdi. Xuddi eshkaksiz qayiqqa oʻtirib olib, oqim
qaysi tomonga olib ketsa, manzilimiz shu ekan, deb keta-
yotgan sayohatchilarga oʻxshardik. Pul topish uchun nima
qilish kerakligini keyinroq tushuna boshladim. «Soliq-in-
fo» loyihasi ana shunday paydo boʻldi.
71 / SOLIQ-INFO
Karimov davrida hamma muharririni taniydigan, ismi-
ni biladigan yagona mustaqil sayt «Uzmetronom» edi. Biz
har kuni proksi serverlar orqali kirib, Sergey Yejkovning
«Tahririyatga xatlar» deb taqdim etadigan insayder yangi-
liklarini oʻqirdik. Ammo men oʻshandayoq bu maqolalar-
ning soʻz erkinligiga umuman aloqasi yoʻqligi, shunchaki
oʻch olish quroli ekanligini tushunganman.
Karimovning qabuliga kirmoqchi boʻlganlarga arzir-
li sabab kerak edi. Shuning uchun «Uzmetronom» xabar-
larini qogʻozga chiqarib, «Matbuotda mana nimalar be-
rilyapti...» degan bahona bilan kirishardi. «Matbuot» esa
kimga buyurtma tushsa, oʻshaning ustidan magʻzava agʻ-
darardi. Mening familiyam bu saytning doimiy «bezagi»
boʻlgan. Sergey Aleksandrovich qoʻygan har bir qadamim
haqida maʼlumot berardi va xabarni chiroyli badiiy toʻqi-
malar bilan qorishtirishni boplardi. Maqolalarini qoyil-
maqom qilib yozardi-yu, lekin faktlari ancha boʻsh boʻ-
lardi. Gapi ishonarli chiqishi uchun oz-moz haqiqat ham
aralashtirib qoʻyardi, albatta.
Soliq-info
— ◆ IV ◆ —
Meni «Parpiyevning jiyani»ga chiqargan va bor yutuq-
larimni (buni koʻproq muvaffaqiyatsizlik degan boʻlar-
dim) qarindosh-urugʻchilikka yoʻygan aynan shu odam
boʻladi.
U «Soliq-info »ga majburiy obuna uyushtirilganini
qoralab maqola yozgan va tagida shunday izoh qoldir-
gan edi: «Yurtimizda «Soliq va bojxona xabarlari » gazeta-
si bor-ku, yana bitta gazetaga nima hojat? » Muallif faqat
bir masalaga aniqlik kiritishni unutgandi. «SBX» — xu-
susiy nashr. Bu gazeta ham u paytga kelib, xoʻjalik hiso-
biga oʻtgan «Pravda Vostoka», «Xalq soʻzi», «Postda» va
boshqa barcha davlat nashrlari kabi majburiy obuna hi-
sobiga kun koʻrardi. Respublikaning deyarli 99% nash-
ri majburiy obuna orqali tarqatilardi. «Soliq-info» ular-
dan biri edi, xolos. Lekin hamma «olqishlar» faqat mening
boshimga yogʻildi. Vaholanki, men qonunni buzmagan-
dim. Qolgan nashrlarning egalari bir chekkada muloyim-
gina boʻlib turishdi. Oʻsha davrda holat bunday edi: sen-
zura kuchli, soʻz erkinligi yoʻq, gazetalar oʻqishli emas,
hech kim sotib olmaydi. Lekin barcha nashrlarning yo-
pilib ketishiga ham yoʻl qoʻyib boʻlmaydi. Shuning uchun
davlat oʻzi bosh-qosh boʻlib, deyarli barcha gazetalarga
obunani tashkil qilib berardi.
72 / SOLIQ-INFO
Shaxsan men buni notoʻgʻri deb hisoblayman. Admi-
nistratsiya rahbari oʻrinbosari qilib tayinlanishim bilan
majburiy obunaga chek qoʻyish haqida buyruq berdim.
Gazetalarga raqamli texnologiyalardan foydalanib, dijital
Do'stlaringiz bilan baham: |