Dan, Internet va korporativ tarmoqlarga joylash orqali tijorat maqsadida foyda



Download 24,24 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/58
Sana06.07.2022
Hajmi24,24 Mb.
#750789
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   58
Bog'liq
Komil Allamjonov - Allamjonov Aybdor

81 / GARVARD REJADA YOʻQ EDI 
Ha, bu rostdan ham xohlagan odam pulini toʻlab qoʻ-
yib, kirishi mumkin boʻlgan kurslar edi. Faqat bitta shart 
bilan — agar yaxshi oʻqimasang, koʻrsatgan natijalaring 
qoniqarsiz boʻlsa, oʻqishdan haydalasan, mamlakatdan 
chiqib ketasan, adashmasam, deport qilishadi. Puling 
ham qaytarilmaydi. 
Uy vazifalari juda murakkab. Bu siyosatshunoslik kurs-
lari boʻlgani uchun tinglovchilardan doim qiyosiy tahlil 
talab qilinardi. Maqsad shunchaki til oʻrgatish emas, ing-
liz tilida qiyin mavzularni oʻqitish edi. Oramizda ingliz 
tilida bemalol sayraydigan yigitlar bor, lekin vaqti kelsa, 
ular ham oqsardi.
Toshkentda ingliz tili oʻqitadigan oʻquv kurslarini 
ochib qoʻygandim. Ikki mamlakatning soatlari oʻrtasidagi 
tafovut menga juda qoʻl keldi. Uyga berilgan topshiriqlar-
2013-
yil


ni Toshkentga joʻnatardim. Bu yerda vazifalarimni bajara-
digan guruh tuzdik. Toʻrt kishi hafsala bilan ingliz tilida 
esse yozar, keyin gap nima haqida ekanini sal boʻlsayam 
tushunishim uchun, uning tarjimasini ham yuborishardi. 
Darsda beriladigan savollarga javoblarni ham tayyor yozib 
joʻnatishar, yaxshilab yodlab olsam boʻlgani. 
Hamma yotvolib oʻqirdi-yu, men kursning eng aʼlochi 
talabalari qatorida edim. Kamiga kursdoshlarimga steyk 
tayyorlab turardim. Yana ularni Niagara sharsharasiga 
borib kelishga koʻndirdim. Avtomobilda oʻn soatlik yoʻl 
ekan. Men mashina haydayman, sizlar yoʻl boʻyi dars tay-
yorlaysiz, — dedim. 
Manzilga yetib borganimizda oʻqiyverib koʻzlari tinib 
ketgan sheriklarim sharsharani birpas tomosha qilgan boʻ-
lishdi-yu yana kitobga shoʻngʻib ketishdi. Men esa bemalol 
sayr qilishim mumkin, oʻzimga shunday imkoniyat yara-
tib olgan edim. 
Oʻsha mening «Studentlik — oltin davrim» boʻlgan. 
Undan oldin atigi bir yil kunduzgi boʻlimda oʻqib, keyin 
oʻqishni Sanʼat instituti sirtqi boʻlimida davom ettirgan-
man. OʻzMUning iqtisodiyot fakultetida ham sirtdan 
oʻqiganman. Biz universitetning ishlab turib oʻqiydigan-
lar uchun ochilgan sirtqi boʻlimining oxirgi bitiruvchilari 
boʻlganmiz. Garvardga boribgina oʻzimni haqiqiy talaba-
dek his qildim. Kampuslar, beyjiklar, yorugʻ auditoriyalar, 
talabchan oʻqituvchilar... 
82 / GARVARD REJADA YOʻQ EDI



«
Ha endi-i...
»
 deb ichida ensasi qotganlarga aytib qoʻya 
qolay, men oʻn sakkiz yoshimdan tinimsiz ishlaganman.
Oʻzimni bagʻishlab, bor vaqtimni ishga berib, bir dunyo maj-
buriyat va ulkan masʼuliyatni boʻynimga olib, dam olish ni-
maligini bilmay mehnat qilganman. Arzimagan xatoga ham 
haqqim yoʻq edi. Bekorchilikni hech qanaqasiga oqlab boʻl-
maydigan rosmana harbiy intizom sharoitida shuncha yil 
yashab... Va nihoyat! Mana senga Amerika! Ana ozodlik! 
Jahonning eng qadimiy universitetlaridan biri, shahar ichi-
da shaharcha. Men baxtli edim...
Shtatma-shtat kezib, borgan joylarimni oʻzim uchun
belgilab qoʻyardim. «Bellajio» oteli — «Vegasdagi yigit 
bazmi» filmi suratga olingan xona — done 

, Nyu- 
Yorkdagi Ozodlik haykali tepasida vertolyotda uchish — 
done 

, Mayami — done 


83 / GARVARD REJADA YOʻQ EDI
Nyu-York. Ozodlik haykali tepasida parvoz qilish oldidan.


 Hatto oʻzimga hamrohlar «sotib oldim». Yaʼni, guruh-
doshlarim sherik boʻlish sharti bilan mening hisobimdan 
sayohat qilishardi. 
DSQda ishlagan vaqtim chet elga chiqish imkoni boʻl-
magan. Bu ummon ortiga birinchi safarim edi. Biz hafta-
siga 7 kun 24 soatdan ishlardik. Ozib-toʻzib ketgandim. 
Doimiy uyqusizlikdan koʻzlarimning tagi koʻkarib qolar-
di. Xuddi bosh chanogʻimning ichida koʻzim tinmay loʻqil-
lab ogʻriyotgandek tuyulaverardi. 
Soliq qoʻmitasi davrida hayotimda yuzaga kelgan boʻsh-
liqni toʻldirayotgandek, tahririyatning toʻrt devoridan 
chiqolmagan kunlarimning alamini olayotgandek edim. 
Vaqtni oʻn yil orqaga, oʻn sakkiz yoshligimga qaytar-
gim keldi. Shuncha ishlab topgan pulimning bir qismini
oʻzimga sarflashni xohladim. Bebosh talabalik davrini
oʻzimga oʻzim sotib oldim.
84 / GARVARD REJADA YOʻQ EDI

Download 24,24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   58




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish