Dalvarzintepa arxeologik ob’ekti haqida reja: Kirish Asosiy qism



Download 35,42 Kb.
bet1/4
Sana09.06.2022
Hajmi35,42 Kb.
#646386
  1   2   3   4
Bog'liq
DALVARZINTEPA ARXEOLOGIK OB’EKTI HAQIDA


DALVARZINTEPA ARXEOLOGIK OB’EKTI HAQIDA
Reja:


Kirish
Asosiy qism
1. Dalvarzintepa arxeologik ob’ektining tarixiy tavsifi
2. Dalvarzintepa arxeologik ob’ektini muzeylashtirish masalasi
3. Dalvarzintepa arxeologik ob’ektini milliy turizm rivojidagi o’rni
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati

KIRISH

Dalvarzintepa hududida ilk davlatchilikning shakllanishi va rivojlanish bosqichlari tarixi, madaniyatini o‘rganish va muzeylashtirish dolzarb masalalar qatoriga kiradi. Bu ob’ekt faoliyati va uning tarkibiy qismlari o‘rganilgan bo‘lsada, ammo yetarli darajada o‘rganilmagan, ya’ni to‘liq shaklda birlashgan holatda bayon etilmagan. Necha asrlardan buyon bu ob’ekt o‘z bag‘rida ko‘plab noyob, nodir va qadimiy san’at asarlarini saqlab kelmoqda. Bu borada qadimgi Dalvarzintepa faoliyati tarixini ilmiy asosda o‘rganib chiqish, chuqur tahlil etish va arxeologik ob’ektni mavjud holatida saqlab qolish rejasini o‘rgangan holda muzeylashtirish bosqichlarini ishlab chiqish tadqiqot ishining muhim jarayonlaridan hisoblanadi.
Dalvarzintepa arxeologik ob’ektidan topilgan juda noyob va ko‘plab
topilmalar bor, ammo bu eksponatlarni saqlash, sayyohlarga taqdim etish
uchun ob’ekt yaqinida muzey yo‘q. Ayni paytda muzeylashtirilgan ob’ekt
bilan bir qatorda Dalvarzintepadan topilgan ashyolar ekspozitsiyalarini
tashkil etish, har bir topilmani alohida o‘rganib, ularni avaylab asrash,
kelgusi avlodlar uchun saqlab qolish, mahalliy va xorijiy sayyohlarga yanada
kengroq targ‘ib qilish imkoniyati O‘zbekistonda madaniy turizm
salohiyatining oshishiga xizmat qiladi.

  1. Dalvarzintepa arxeologik ob’ektining tarixiy tavsifi

Kushon davri shaxarlarining kelib chiqishi va shakllanish jarayonini Dalvarzintepa nisbatan yaxshi aks ettiradi. Uning dastlabki asosi miloddan avvalgi III asrda ko’xna shaxarning janubi-sharqiy qismida, ikki tomondan qadimgi irmoq o’tib turgan baland tepalikda paydo bo’ladi. Bu irmoqlardan xandaq sifatida foydalanilgan. Keyinroq, grek-baqtriya davrida bu bo’lak 2 metrdan oshiq qalinlikdagi paxsa devor bilan o’rab olinadi va maydoni 3 gektardan ziyod qal’aga aylanadi. Uning shimolida esa tarqoq rejaga ega mustaxkamlanmagan manzilgox paydo bo’ladi. Aftidan, miloddan avvalgi I asrning ikkinchi yarmi yoki milodiy I asr boshlarida dastlabki markaz o’rnida qalinligi 7 metrli devor va xandaq bilan o’rab olingan mustaxkam qal’a shakllanadi. Mustaxkamlanmagan manzilgox shaxarga aylanadi. Bu shaxar aniq to’g’ri burchakli rejasi va shu reja asosidagi devorlari bilan ajralib turadi. Uning ichida jadallik bilan qurilishlar olib boriladi. Shu davrdan boshlab Dalvarzintepa tarixida yangi davr - shaxar davri boshlanadi. Dalvarzintepaning keyingi rivojlanishi Kushon davriga to’gri keladi. Ya’ni, xashamatli turar-joy inshootlari, ibodatxonalar, ishlab chiqarish maxallari barpo etilib, devorlar mustaxkamlanadi. Shuningdek, bir tomonida diniy va dafn marosimlariga oid inshootlar, ikkinchi tomoniga qishloq xo’jaligi bilan bogliq mulklar markazlashgan kattagina shaxar oldi qismi shakllanadi. Dalvarzintepa umumiy xududining 34 foizini mudofaa inshootlari, 41 foizini asosiy istiqomat qismi, 7 foizini maydonlar va kuchalar, 18 foizini boshqa binolar egallagan deb taxmin qilinadi. Bu yerdan ibodatxonalar, shaxar axolisining uylari, ishlab chikarish ustaxonalari, shaxar maydonlari va xovuzlar, suv tarmoklari tizimi, kucha tarmoklari kazib ochilgan va urganilgan. Shaxristonlarning shakli to’gri burchakli, ayrim xollarda turtburchak yoki kupburchaklidir. Kushon davrida paydo bulgan yoki kayta kurilgan shaxarlarning shaxristonlari qatiy geometrik reja asosda kurilgan. Chunki, ular joylardagi tabiiy sharoit xisobga olingan xolda oldindan rejalashtirilib bunyod etilgan. Ularning qal’alarga nisbatan joylashuvida xam turli: geografik, xarbiy va iqtisodiy omillar xisobga olingan1.
Kushon davrida shaxristonlar asosan qal’adan shimol va shimoli-sharq tomonda, ayrim xollarda janubi-sharq tomonda joylashib, chuqur va keng xandaqlar va minorali mustaxkam devorlar bilan o’rab olingan. Dalvarzintepa shaxristonini misol tariqasida keltiradigan bo’lsak, ko’xna shaxar markazi keng ko’cha bilan ikki asosiy qismga bo’lingan. Bu kucha shaxar darvozasidan boshlanib, unchalik katta bo’lmagan maydonga chiqqan. Maydon esa boy va xashamatli binolar bilan qurshalgan. Markaziy ko’chadan ikki tomonga ko’cha va tor ko’chalar o’tgan. Ammo, ularning tuzilishida muntazamlik yo’q. Dalvarzintepa maxallalari tabaqachilik asosida bunyod etilgan bulishi mumkin. Ammo, ular nechta uylardan iborat bo’lganligi noma’lum.
Surxondaryo viloyatining Sho‘rchi tumanida joylashgan Dalvarzintepa yodgorligi 50 yildan buyon arxeologlar tomonidan tadqiq etilmoqda. Bu tadqiqotlar va o‘rganishlar davomida topilgan ashyolar tariximiz naqadar boy ekanidan dalolat beradi. Tarixiy eksponatlar orasida ham moddiy, ham madaniy jihatdan qimmatlisi Dalvarzintepa xazinasidir. Ho’sh xazina qanday topilgan?
- Sho‘rchi tumanidagi Dalvarzintepa Kushonlar davri madaniyatining mashhur yodgorligi sanaladi. Tepalikda o‘tgan asrning 60-yillaridan keyin qazilma ishlari boshlangan, - deydi Termiz davlat universiteti Tarix fakultetining magistratura yo‘nalishi ikkinchi bosqich talabasi Saidvali Sultonov. - 1972 yildagi qazishma ishlarida akademik Edvard Rtveladze boshchiligidagi bir guruh arxeologlar og‘irligi 36 kg. bo‘lgan oltin buyumlarni topadi. Kichik ko‘zadagi xazina qadimiy shahar uylardan birining poli tagiga ko‘mib qo‘yilgan ekan. Ko‘zada oltindan tayyorlangan sirg‘alar, bilakuzuklar, kamarbandlar, uzuklardan iborat 115 ta buyum bo‘lgan.
Ularning har biri, avvalo, san'at asari sifatida bebaho ahamiyatga ega. Chunki oltin bezaklar zo‘r mahorat bilan tayyorlangan. Ular go‘zalligi, nafisligi, jimjimadorligi va nozik ishlanganligi bilan kishini lol qoldiradi. Xazina orasidagi kamarbandlarda afsonaviy hayvonlar tasvirlangan. Bu topildiq Kushonlar davrida Baqtriyada zargarlik san'atining yuqori darajada taraqqiy etganidan dalolat beradi.
Shu o’rinda bizda Dalvarzintepa xazinasi qayerda saqlanadi degan savol paydo bo’ladi.
Yaqin o‘tmishimizdan ma'lumki, o‘tgan asrda istilochilar yurtimiz boyliklarini turli yo‘llar bilan o‘z vataniga olib ketgan. Ular ba'zan qimmatbaho topilmalarni oddiy odamlardan arzon-garovga sotib olgan bo‘lsa, gohida shunchaki o‘ziga tegishli buyumdek cho‘ntagiga urishgan. Ne ajabki, o‘sha zamonda topilgan Dalvarzintepa xazinasi yurtimizda saqlab qolinadi.
- Tarixda yaxshi bilasizki, o‘tgan asrning 70-80-yillarida yurtimiz siyosiy hayotini Sharof Rashidovsiz tasavvur qilib bo‘lmaydi, - deydi S.Sultonov. - Nazarimda, Dalvarzintepa xazinasini saqlab qolishda Sharof Rashidovning xizmati bor. Chunki oddiy sopol idishni ham yurtimizda qoldirishni istamaganlar bunday katta xazinadan osongina kechib ketmagani aniq. Ehtimol, xazina boshqa insonlar sabab saqlab qolingandir. Nima bo‘lganda ham mana shu tarixni o‘rganishning o‘ziyoq biz, yoshlarga ulkan saboq bo‘lishiga ishonaman. Kushonlarning ilk poytaxti Dalvarzintepadan Budda ibodatxonasining qoldiqlari, gipsdan ishlangan ajoyib haykallar, Buddaning boshi, qimmatbaho fil suyagidan tayyorlangan shaxmatning ikki donasi ham topilgan. Topilmalar orasida Kushonlar imperatori Vima Kadfiz tasviri tushirilgan muhr katta ahamiyatga ega. U Dalvarzintepa Kushonlar davlatining ilk poytaxti bo‘lganidan dalolat beradi.
Mazkur muhr mashhur yapon arxeologi, marhum Kato Kyudzo hamda taniqli olim Bahodir Turg‘unov ishtirokidagi qazishmalari vaqtida tangalar, g‘alati shaklga ega bo‘lgan tutqichli tangasimon buyum qatorida topilgan. Bu noyob topilma Surxon vohasi Kushonlar imperiyasi davrida ancha muhim ahamiyatga ega bo‘lgani, ma'muriy-siyosiy markazga aylantirilganini isbotlaydi2.



Download 35,42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish