Dalvarzintepa arxeologik ob’ekti haqida reja: Kirish Asosiy qism


Dalvarzintepa arxeologik ob’ektini milliy turizm rivojidagi o’rni



Download 35,42 Kb.
bet3/4
Sana09.06.2022
Hajmi35,42 Kb.
#646386
1   2   3   4
Bog'liq
DALVARZINTEPA ARXEOLOGIK OB’EKTI HAQIDA

3. Dalvarzintepa arxeologik ob’ektini milliy turizm rivojidagi o’rni
Dalvarzintepa juda katta xududni o’z ichiga oluvchi arxeologik ob’ektdir. Shu boisdan ham haligacha bu hudud to’liq o’rganilmagan. Dalvarzintepada arxeologik ob’ektni ko’rib tomosha qilish uchun, shuningdek turizmni rivojlantirish uchun hech qanday sharoit mavjud emas. Jumladan dastlab, Surhondaryo viloyatiga olib boriladigan yo’llarga diqqat qaratadigan bo’lsak yo’llar juda achinarli ahvolda bo’lib, yengil avtomobilda kelmoqchi bo’lgan sayyohlar 7-8 soatlik yo’l noqulayligidan juda charchab qoladi. Bu ochiq ko’rinib turgan masalalardan biridir. Ishni yo’llarnitekis va ravon qilib ta’mirlash dastlabki masalalardan biridir. Shunindek turistlarni tashishda temir yo’llar xizmatlaridan foydalanishni kengaytirish ham o’rinli. Bugungi kunda mamlakatda turistlar eng kam foydalanadigan transport poezdlar hisoblanadi. O’zbekiston janubiy-sharqiy qismida joylashgan Surhon vohasi Respublika mintaqalari ichida eng olisda joylashgan bo’lib manzilga yetib borguncha bo’lgan 13-14 soatlik yo’l turistlarni holdan toydiradi. Ammo 2011 yilda yo’lga qo’yilgan Toshkent-Samarqand tezyurar poezdlari Toshkent-Surhondaryo yo’nalishi bo’yicha ham tizim yo’lga qo’yilsa mahalliy va xalqaro turizmning rivojlanishiga asos bo’ladi. Shuningdek, mintaqa tarkibidagi turistik markazlarida yengil avtomobillarni ijaraga beruvchi shahobchalar tashkil qilish lozim. Shu orqali yakka tartibda sayr qiluvchi turistlar sonining o’sishini qo’llab-quvvatlash mumkin. Bunday shaxobchalar nafaqat xorijlik turistlar uchun, balki mamlakatning sayru sayohatga chiqqan fuqorolari uchun
ham qulaylik yaratadi. Avtotransportlarni ijaraga berish shaxobchalarini Surhondaryo aeroporti va temir yo’l stansiyalarida bunyod qilish maqsadga muvofiqdir.
Respublikaning janubiy-sharqiy qismida joylashgan Surhondaryoning quruq iqlimi arxeologik ob’ektning birinchi inqiroziga olib keluvchi omil hisoblanadi. Shuning uchun, arxeologik ob’ektning saqlanib qolgan qismlarini muhofazalash muhim vazifalardan sanaladi. Dalvarzintepaning virtual ko’rinishda rekonstruksiya holatini tarixchilar, arxeologlar va rassomlar ishtirokida yaratgan holda, film ko’rinishida ishlash zarur. Filmda ob’ektning barcha qirralari ko’rsatilishi shart. Chunki bu yerning shaharsozligi, mudofaasi, madaniyati, turmushning o’ziga xosligi e’tiborga arziydi. Arxeologik ob’ekt atrofida maxsus film ko’radigan pavilion yaratilib, unda turistlarga hujjatli filmni qo’yib berish ko’zda tutiladi. Aynan shu zalning o’zida Dalvarzintepa arxeologik ob’ektida olib borilgan ekspeditsiyaga bag’ishlangan foto ko’rgazma o’tkazish ham maqsadga muvofiqdir. Film tomoshasidan keyin ob’ekt bo’yicha ekskursiya tashkil etish. Aynan shu ketma-ketlik asosida turistlarga ob’ekt to’g’risida to’liq tasavvurga ega bo’lishga imkoniyat yaratadi. Arxeologik ob’ekt atrofida turistlar uchun barcha qulayliklarni yaratish ham muhim vazifalardan sanaladi. Masalan, tashrif buyuruvchilar dam olishi uchun qulay, arzon va shinam mehmonxonalar, ovqatlanishi uchun mazali, chiroyli restoranlar, internet uchun qulay va tez WiFi tarmog’i. Shuningdek, Dalvarzintepadan topilgan buyumlardan nusxa olinib, shular asosida turli taqinchoq va suvunerlar ishlab maxsus shu yerda qurilgan kichik qo’shma savdo shaxobchalarida sotish mumkin. Yuqorida qayd etilgan Dalvarzintepadagi yetita ob’ekt turli tabaqa va hunarmandlarga oid uylar bo’lib, ularni qayta rekonstruksiya qilish zamirida muzey tashkil qilish zarur. Bu bir tomondan o’sha davr muhitini ko’rsatib berishga yordam bersa ikkinchi tomondan turistlar oqimini kengaytirishga ko’maklashadi. Ob’ektlarni qayta tiklayotganda xuddi – Ming o’rik arxeologik ob’ekti kabi o’sha davr xususiyatini ko’rsatib berish zarur. Shu bilan bir qatorda restavratsiya qilinayotgan ob’ektlarning yon atrofi devor bilan o’rab olinishi kerak. Har bir uyni eksponatlar bilan jihozlash jarayonida aynan shu hududdan topilgan buyumlarda foydalanish lozim. Jumladan temirchining uyida Dalvarzintepadan topilgan og’irligi 36 kilogramga teng oltindan yasalgan 115 dona ayollar taqinchog’i va zebuziynatlarni, shuningdek katta kichik hajmdagi 45 dona mis tangalarni va yaqindagina topilgan Vima Kadfiz tasviri tushurilgan muxrlarni ekspozitsiyaga joylashtirish mumkin. Ushbu topilma Dalvarzintepa - Kushonlar imperiyasining dastlabki poytaxti bo’lgani haqida nazariyani yana bir bor tasdiqladi. Bu noyob topilma O’zbekiston janubida joylashgan Surxon vohasi Kushonlar imperiyasi davrida ancha muhim ahamiyatga ega bo’lgani, ma’muriy-siyosiy markazga aylantirilganini isbotlaydi. Hindistonlik professor Mukerji 1968 yilda Hindistonda buyuk Kushon imperiyasi hukmdori Kanishkaning muhri topilganini ma’lum qilgan edi. Kanishka esa Dalvarzintepada muhri topilgan imperator Vima Kadfizning o’g’li ekanligi tarixiy manbalarda qayd etilgan. Bu esa buyuk Kushon imperiyasining rivojlanishida Dalvarzintepa o’ziga xos o’rin tutganligidan dalolat beradi. Hunarmand uyini rekonstruksiya qilingandan so’ng Dalvarzintepadan topilgan ayollar tasviridagi ikkita terakota, juda nafis ishlangan 56 ta yengil shisha idishlar ekspozitsiyaga joylashtiriladi. Shuningdek dehqon uyi ham o’sha davr muhitiga mos qilib qayta tiklangandan so’ng Dalvarzintepaga olib borilgan qazishma ishlari natijasida topilgan katta hajmdagi 15 ta xum o’rnatiladi. Ob’ektni muzeylashtirish muzey eksponatlari mavzusiga doir asosda shakllanadi. Ketme-ket joylashtirilgan xonalarning eng oxirida o’sha davr muhiti ko’rsatib berilgan ibodatxona joylashgan bo’ladi. Ibodatxonaning kiraverish qismida hajmi yarim metrdan uch metrgacha keladigan, loy va ganchdan tayyorlangan budda haykallari o’rnatiladi. Ichki qismida Dalvarzintepada olib borilgan qazishma ishlari natijasida topilgan 40 dan ziyod budda haykallari joylashtiriladi. Ibodatxonaga kirgan inson aynan Dalvarzintepada o’sha davrda ibodatxonalar qanday bo’lganligini ko’rishi va bu haqda tushunchaga ega bo’lishi kerak. Shu bilan bir qatorda marosim idishlari ham ibodatxona ekspozitsiyasidan joy oladi. Surhondaryoni ko’rib tomosha qilish uchun bir qator sabablar bor. Birinchidan tabiatining go’zalligi, havosining sofligi. Ikkinchidan arxeologik ob’ektlarning ko’pligi. Uchinchida buddizmning markazi bo’lganligi. Sababi Surxandaryodan topilgan budda davriga oid eksponatlar ko’plab Yaponiya, Xitoy, Tayland, Shirilanka va Indoneziya davlatlaridan kelgan sayyohlarni qiziqtiradi. Chunki bu davlatlarning o’zi buddizm diniga e’tiqod qilganlar. Arxeologik yodgorliklarni o’rganish - bu murakkab ijodiy jarayon bo’lib, maxsus bilim, tajriba va katta ma’suliyatni talab etadi, shu sababli arxitektor-restavrator birinchi navbatda hukumat tomonidan o’rnatiluvchi qator ko’rsatmalar bilan tanishib chiqishi zarur. Qazish ishlarini, avvalo, yodgorlik turgan hududlarda tashkillashtirish va amalga oshirish lozim. Puxta tayyorgarlik ishlari va to’g’ri rejalashtirishlar orqali kelgusi tadqiqot natijalariga ahamiyatli tasir ko’rsatadi. Dalvarzintepa arxeologik ob’ektini muzeylashtirish va milliy turizmda foydalanish jarayonlari muallif tomonidan olib borilgan ilmiy ekspeditsiyalar asosida tadqiq etiladi va fikr mulohazalar, takliflar asoslab berildi. O’zbekiston hududida arxeologik obektlarni turizm infrastrukturasida rivojlantirish masalalarini o’rganish borasida bevosita jahondagi yetakchi arxeologik obektlarning muzeylashtirish va milliy turizmda foydalanish tajribalari ham o’rganib chiqildi.
Xulosa
Tarixiy jarayonlarda qayd etilgan uzoq ajdodlar yaratgan madaniyat va san’at durdonalari qatoridan Surhon vohasidagi Dalvarzintepa arxeologik ob’ektidan topilgan topilmalar hozirgi kungacha XXI asr kishilarini hayratga solmoqda. Madaniy meros ob’ektlarini saqlash jamiyat oldida turgan muhim masalalardan biri hisoblanadi. Turli ekspeditsiya va qazishma ishlari olib borilganiga qaramasdan azaliy qadimiylik bugungi kungacha yetib kelgan arxeologik yodgorliklarni o‘z ichiga oluvchi boy moddiy madaniy meros xarobalari tuproq va yer qatlamining ostida etiborsiz qolib ketmoqda. Qazishma ishlaridan tashqari Dalvarzintepani muzeylashtirish ishlari xam rejalashtirilmoqda. Tabiiyki har bir muzeylashtirilgan ob’ektni turizm infrastrukturasida foydalanilganda davlatga katta daromad olib keladi. Bundan tashqari tabiiy landshaft uslubida saqlangan ob’ekt kelajak avlod uchun ijobiy ta’sir ko‘rsatishi aniq. Arxeologik obidalarini qo‘riqlash, muzeylashtirish ularni jonsiz ko‘rgazma sifatida saqlab qolishdangina iborat emas, balki tariximizning ilg‘or an’analarini davom ettirib, obidalarning inson uchun yaratilganligini unutmaslik va ularni yangi hayotga qaytarish dolzarb vazifalardan sanaladi.
O‘zbekistonda arxeologik ob’ektlarni muzeylashtirishni takomillashtirish uchun muzeyshunoslar arxeologiya xaritagrafiyasi tushunchasi, tarixiy xaritagrafiyaning maxsus tarmog‘i sifatidagi o‘rni, arxeologiya ma’lumotlari asosida turli xildagi tarixiy voqea va xodisalarni grafika asosida xaritaga tushirish jarayonlarni mukammal o‘rgangan holda ish olib borishlari kerak. Ular arxeologlar bilan hamkorlikda arxeologik madaniyatlarning joylashuvini ko‘rsatish, arxeologik madaniyatlar va etnik guruhlarning o‘zaro aloqasini ko‘rsatgan holda muzey rassomlari bilan ko‘rgazmali jarayonlarning tayyorlanishi ham ijobiy holatlardan sanaladi.
Bugungi kunda turistlarga istalgan xizmat turini ko‘rsatish imkoniyati mavjud. O‘zbekiston turistik imkoniyatining 33% ini arxitektura yodgorliklari tashkil qiladi Ushbu bitiruv malakaviy ishida Surhon vohasida turizm rivojlantirish jarayonida arxeologik obektlarning o‘rni ham keng tadqiq etildi. Shuningdek, Dalvarzintepa arxeologik obektini muzeylashtirish va milliy turizmda foydalanish jarayonlari muallif tomonidan olib borilgan ilmiy ekspeditsiyalar asosida tadqiq etiladi hamda fikr mulohazalar, takliflar asoslab berildi. O‘zbekiston hududida arxeologik ob’ektlarni turizm infrastrukturasida rivojlantirish masalalarini o‘rganish borasida bevosita jahondagi yetakchi arxeologik ob’ektlarning muzeylashtirish va milliy turizmda foydalanish tajribalari ham o‘rganib chiqildi.


Download 35,42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish