Qurilish bosh rejasi
Qurilish bosh rejasi deb bino yoki inshootlar uchun ajratilgan maydon rejasida bor bulgan va loyixalanayotgan doimiy binolar, inshootlar va kommunikatsiyalardan tashkari Qurilishni olib borish uchun kerak buladigan vaktincha bino va inshootlar, mexanizatsiya uskunalar, materiallar, yarim fabrikantlar va Qurilish detallari uchun omborxonalar, vaktinchalik suv va kanalizatsiya tarmoklari, elektr tarmoklari bug va sikilgan xavo komunikatsiyalari, ichki Yo’llar bilan loyixalangan rejaga aytiladi.
Qurilish bosh rejasini loyixalash kuyidagi ishlarni uz ichiga oladi;
1.Vaqtinchalik bino inshootlarni tanlash va xisoblash;
2.Turar joy va madaniy-maishiy binolarni xisoblash;
3.Omborxona yuzalarini xisoblash;
4.Vaktinchalik suv, elektr energiya, issiklik, sikilgan xavo sarfini xisoblash va loyixalash;
5.Aloka va dispetcherlikni loyixalash;
6.Qurilish maydonining ichidagi transportni loyixalash.
Qurilish bo rejasini loyixalash uchun kerakli ma’lumotlar bulib kuyidagilar xizmat kiladi;
1.Qurilish maydonining bosh rejasi (genplan).
2.Qurilishning kalendar rejasi yoki tursimon grafik.
3.Qurilish idorasida bor bulgan vaktinchalik bino va inshootlar xakida ma’lumotlar.
4.Elektr energiyasi, suv va bug‘ bilan ta’minlash manbalari xakida ma’lumot.
5.Yo’llar xolati xakida ma’lumot.
Qurilish bosh rejasini loyixalashda montaj kranlarini va kutargichlarni joylashtirish tanlangan mexanizm bilan montaj kilish kulayliklarini va xavfsiz ish bajarish sharoitlarini tanlashdan iborat.
Yilning xar kanday davrida va xar kanday ob-xavo sharoitida materiallarni keltirish, mashina va kurilmalarni uzluksiz xarakatlanishini ta’minlash maksadida Qurilish maydoni kulay kirishlar va ichki Yo’llar bilan ta’minlaydi.
Yo’llar doimiy va vaktinchalik buladi.
Qurilish bosh rejasi tarikibidagi avtoYo’llarni loyixalash kuyidagi masalalarni uz ichiga oladi, transport xarakat sxemasini va rejada Yo’llarni joylashishini ishlab chikish Yo’llarni parametrlarini aniklash, xavfli zonalarni urnatish, kushimcha sharoitlarni aniklash, Yo’l konstruksiyalarini kullanilishi, ishlar xajmini va zarur resurslarni xisoblash.
Yo’llarni eni bir tomonlama bulsa –3,5 m, ikki tomonlama bulsa – 6m buladi. Yo’llarni minimal radiusi 12 m. Agar Yo’lni eni 3,5 bulib, avtomobillarni burilishi kiyin bulsa Yo’lning eni 5 m gacha kengaytiriladi.
Yo’l bilan omborxona maydoni orasidagi masofa 0,5-1,0m buladi.
Yo’l bilan kran osti Yo’lgacha bulgan masofa 6,5-12,5 m
Yo’l bilan chorbog orasida kamida 1,5 m buladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |