Qurilishni Qurilish materiallari bilan kerakli sonini vaktida ta’minlash maksadida omboxona xujaligi tashkil kilinadi.
Omborxonalar ekspluatatsiya kilinishiga karab;
1.Bazis (markaziy) omborxona
2.Ob’ekt oldi omborxonalari
3.Xom-ashyo va tayyor maxsulotlar omborxonasi
4.Kayta yuklash omborxonalariga bulinadi.
Konstruktiv xossalari va materiallar saklanish usullariga karab kuyidagicha buladi:
1.Ochik
2.YArim yopik (naves)
3.Isitiladigan va isitilmaydigan yopik
4.Maxsus
Omborxonalardagi ishlab chikarish zapaslari kuyidagicha buladi:
1.Joriy
2.Tayyorgarlik
3.Garantiyali
4.Fasliy
Omboxonadagi material zapasi kuyidagicha aniklanadi:
Bu erda
Qun – rejalashtirilgan davrda berilgan Qurilish-montaj ishlari uchun ketadigan material, detal va konstruksiya sarfining soni (m,m dona)
n – omborxonadagi material zapasining normasi (jadvalga asosan olinadi)
k1 – materialning omborxonaga notekis kelishini xisobga oluvchi koeffitsient temir Yo’l va suv transporti uchun k=1,1-1,3
avtomobil uchun – k1 = 1,3-1,5
k2 – omborxonadagi materiallarning notekis ishlatishini xisobga oluvchi koeffitsient
k2 = 1,3-1,5
T – kurilayotgan material bilan bajarilayotgan Qurilish montaj ishlarining kalendar rejadagi davom kilishi.
Asosiy material va jixozlar uchun foydali yuzani kuyidagicha topamiz.
q – 1m2 yuzada joylashuvchi material normasi (jadvaldan olinadi)
YOpik omborxonalar krandan xarakat doirasiga yakin joyda joylashtiriladi, ochik omborxonalar Yo’l chetidan kamida 0,5 m masofada joylashishi kerak.
Beton va loy korishmasini kabul kilish uchun xam kran zonasida joylar koldiriladi. Qurilish-montaj ishlarini bajarilishini ta’minlash maksadida kurilgan yordamchi va xizmat kiluvchi ob’ektlarga vaktinchalik binolar deyiladi.
Vaktinchalik binolar fakat Qurilish davrida kuriladi.
Kullanilishiga karab vaktinchalik binolar ishlab chikarish, omborxona, ma’muriy, sanitar-maishiy, turar joy va jamoat binolariga bulinadi.
Ishlab chikarish binolariga ustaxonlar (mexanika, armatura, duradgor lik), mexanizatsiyalashgan uskunalar (BSU, asfalt), energetik xujaligi ob’ektlari (transformator podstansiyalari,kozonxonalar) transport xujaligi ob’ektlari (garaj,depo) kiradi.
Omborxona binolariga – issik va sovuk omborxonalar, kladovkalar va naveslar kiradi.
Administrativ (ma’muriy) binolarga –Qurilish boshkarmalari kotoralari, SMU, prorab,dispetcher kontoralari va utish joylari kiradi.
Sanitar-maishiy binolarga -garderob, kiyimlarni kuritish xonasi, dush, oshxona va bufetlar, soglomlashtirish punkti, kizil burchak va xakozalar kiradi.
Turar joy va jamoat binolariga-yotokxonalar,dukonlar, oshxonalar,xammom,klublar va boshka vaktinchalik binolar noinventar ya’ni bir marta foydalanish uchun kuriladigan va inventar ya’ni kup marta foydalanish mumkin bulgan binolar.
Do'stlaringiz bilan baham: |