41
- birjadan tashqari valyuta bozorida so`m mablag`larini
konvertatsiya
qilish uchun xo`jalik yurituvchi sub`ektlar tomonidan vakolatli banklarga taqdim
etiladigan hujjatlar ruyxati keskin qisqartirildi;
- korxonalarning so`mdagi mablag`larini chet el valyutasiga konvertatsiya
qilish tartibini soddalashtirish bilan bir qatorda ularning so`mdagi mablag`larini
konvertatsiya qilish uchun buyurtmalarni ko`rib chiqish muddati bir haftadan 3
kungacha qisqartirildi;
- ichki valyuta bozorida ayirboshlash kurslarini birxillashtirish to`liq
yakunlavdi va hozirgi paytda barcha operatsiyalar banklararo savdo sessiyalarida
belgilanadigan kurs asosida amalga oshirilmoqda.
Naqd valyuta bozoridagi operatsiyalar bo`yicha:
-vakolatli banklarning ayirboshlash shoxobchalari
orqali jismoniy
shaxslarga naqd chet el valyutasi hamda yo`l cheklarini sotish muddati va miqdori
yuzasidan o`rnatilgan cheklovlar bekor qilindi;
Tashqi savdo operatsiyalari bo`yicha hisob kitoblarni amalga oshirish
borasida:
- import shartnomalari bo`yicha oldindan to`lovni amalga oshirishga doir
cheklovlar, shuningdek, chet el banki kafolatnomasini talab qilish va avans to`lovi
summasiga teng miqdordagi mablag`ni milliy valyutada band qilib qo`yish
haqidagi talablar;
- ko`rsatilgan xizmatlar uchun offshor xududlarga avans to`lovlari yoki
to`lovlarni amalga oshirishga oid cheklovlar;
- import shartnomalari bo`yicha uchunchi shaxs – norezidentlar foydasiga
to`lovlarni amalga oshirishni taqiqlovchi cheklovlar hamda chet el kreditlarini jalb
qilish munosabati bilan foiz va boshqa to`lovlar miqdori bo`yicha cheklovlar;
- nosavdo to`lov va o`tkazmalarni amalga oshirish bilan bog`liq
cheklovlar;
- MDH davlatlari xo`jalik sub`ektlari bilan hisob
kitoblarni faqat kliring
asosida yoki erkin ayirboshlanadigan valyutada amalga oshirish haqidagi talablar
bekor qilindi.
42
Bundan tashqari, import shartnomalarini
Tashqi iqtisodiy aloqalar
agentligida oldindan ruyxatga olish tartibi bekor qilindi va o`ning o`rniga import
shartnomalarining bojxona monitoringi tizimi joriy etildi.
Valyuta bozorini erkinlashtirish borasidagi amalga oshirilayotgan chora
tadbirlar doirasida ikkinchi chaqiriq O`zbekiston Respublikasi
Oliy Majlisining
2008 yil 11 dekabrdagi o`n uchunchi sessiyasida yangi tahrirdagi «Valyutani
tartibga solish to`g`risida» gi Qonun qabul qilindi.
O`zbekiston Respublikasi bilan Xalqaro Valyuta Fondi o`rtasidagi samarali
hamkorlik xarakat rejasida ko`zda tutilgan barcha chora tadbirlarnin muddatidan
oldin bajarilishiga olib keldi. Valyutani tartibga solish tizimini o`zgartirish
borasida ko`rilgan chora tadbirlar O`zbekiston Respublikasiga 2011 yil 15
oktyabrdan boshlab, Xalqaro Valyuta Fondi Bitimi Moddalari VIII moddasining 2
(a), 3 va 4 bo`limlarida ko`zda
tutilgan majburiyatlar, ya`ni milliy valyutaning
joriy xalqaro operatsiyalar bo`yicha erkin