49
2012 yilda O`zR MB tomonidan respublikada qat`iy pul-kredit siyosatining
amalga oshirilishi natijasida iste`mol sohasida narxlarning umumiy o`sish sur`ati
0,5% ni tashkil qildi.
Umumiy inflyatsiya darajasiga pullik xizmatlar narxlari (20,5% dan 15,5%
ga) va nooziq-ovqat tovarlari narxlari (6,3% dan 3,6% ga) o`sish sur`atlarining
pasayishi ma`lum darajada ta`sir ko`rsatdi. Oziq-ovqat mahsulotlariga narxlarning
pasayishi tendentsiyasi saqlanib qoldi.
O`zbekiston Respublikasi iqtisodiyotidagi inflyatsiya jarayonlarining omilli
tahlili 2012 yilda inflyatsiya darajasiga xarajatlar inflyatsiyaning (2,1% daraja) va
uy-joy kommunal xizmatlari tarifining (4,5% daraja) oshganligi ta`sir qilganini
ko`rsatdi. 2012 yilda talab inflyatsiyasidan taklif inflyatsiyasining oshib ketishi
qayd etildi: sanoat mahsuloti ishlab chiqaruvchilarning ulgurji baholari o`rtacha
oylik hisobida 1,8% ga, iste`mol baholari esa 0,03% ga o`sdi.
Sanoat mahsuloti ishlab chiqaruvchilarning ulgurji baholari omillarining
tahlili ko`rsatishicha, 2012 yilda real sektorda inflyatsiya
darajasiga energiya
manbalari baholarining (43,3%), ish haqining (20,3%) va transport xarajatlarining
(14,0%) oshishi ta`sir qilgan.
Bugungi kunda sanoat tarmog`ida YaIMning 17% ga yaqini ishlab
chiqarilmoqda. Bozor iqtisodiyoti sharoitida iqtisodiyotning asosiy tarmoqlaridan
sanalgan sanoat tarmog`ini iqtisodiy rivojlantirish uchun sanoat markazlari va
hududiy joylashtirishni yanada takomillashtirish muhim ahamiyatga ega. Buning
uchun quyidagi yo`nalishlarga e`tiborni kuchaytirish zarur:
kelgusida
sanoat
tarmoqlarini
ijtimoiy–iqtisodiy
rivojlantirish
imkoniyatlarini belgilash;
respublika viloyatlarining tabiiy va ijtimoiy-iqtisodiy
ixtisoslashuvi
xususiyatlarini hisobga olgan holda sanoatda ishlab chiqarish majmuini
rivojlantirish;
sanoat uzellari va markazlarini tumanlarda, tuman markazlarida, kichik
shaharlarda ishlab chiqarishning xududiy majmuini
tashkil etish va uning
rivojlanishini doimo ta`minlash va hokazolar.
50
Milliy valyuta kursining kelib chiqishi mamlakat iqtisodiy faoliyati muhim va
ajralmas tarkibiy qismi bo`lgan savdoni rivojlantirish bilan bog`liq.
Milliy valyuta kursi xalqaro savdoni rivojlanishiga ta`sir ko`rsatishi bilan
ichki iqtisodiyotga ham ta`sir ko`rsatadi. Bunga sabab, milliy valyuta kursining
xolati bilan mamlakat iqtisodiyotining barcha soxalarining holati o`rtasidagi o`zaro
bog`liqligidir. Milliy valyutaning xarid qilish quvvatini pasayishiga va kursining
pasayishi an`anasiga ega bo`lishiga sabab bo`ladi.
Milliy valyuta kursi dinamikasini inflyatsiya darajasi bilan o`zaro bog`liqligi
import baholari orasida kursni hisoblashda namoyon bo`ladi. Jahon bozori narxlari
o`zida baynalminal qiymatining puldagi ifodasini aks ettiradi.
Import baholari xam milliy valyuta kursini o`zgarishi bilan bog`liq.
Ichki
savdoda va eksportda ulgurji sotish xajmi yuqori bo`lgan mamlakatda, shu
jumladan sanoati rivojlangan mamlakatlarda ulgurji baholar indeksi qabul qilingan
va qo`llaniladi. Boshqa mamlakatlarda esa, bu indeksga ko`pgina eksport
qilinadigan tovarlar kamayadi.
Inflyatsiyaning holatiga ta`sir etuvchi muhim indikatorlardan biri – bu
muomaladagi pul massasi (money supply) hisoblanadi. Inflyatsiya nafaqat milliy
valyuta kursiga, balki aholi bandligiga ham o`z ta`sirini o`tkazadi.
Misol uchun,
1958 yilda angliyalik iqtisodchi A.Fillips talab inflyatsiyasining grafik modelini
taqdim etdi, va quyidagi xulosaga keldi: (Fillips egri chizig`i). Aholi ish xaqi va
nobandligi darajalari stavkalarining o`zgarishi, xususan, butun aholidan
(Angliyada) 2,5-3 % ishsiz qolishi narxlarning va ish xaqining o`sishini
sekinlashtiradi. A. Fillips nazariyasiga tayangan holda, R.
Lipsi quyidagi fikrni
oldinga surdi: «Inflyatsiya darajasi qanchalik yuqori bo`lsa, ishsizlik darajasi
shunchalik past bo`ladi».
Hozirgi kunda xam, bir qator rivojlangan mamlakatlarda xukumat tomonidan
ishsizlik darajasi yuqori deb baholansa, ushbu ko`rsatkichni tushirish uchun talabni
rag`batlantiruvchi byudjet va pul-kredit bo`yicha barcha chora-tadbirlar amalga
oshiriladi. Bu esa, o`z navbatida ishlab chiqarishning kengayishiga va yangi ish
o`rinlarini barpo etilishiga sabab bo`ladi. Mazkur davrda ishsizlik normasi tushadi,
51
ammo, bunga parallel ravishda inflyatsiyaning o`sish sur`atlari tezlashadi. Bunday
manipulyatsiyaning o`sish sur`atlari tezlashadi. Buday manipulyatsiyaviy chora-
tadbirlar mamlakat iqtisodiyotiga tushadigan og`irliklarni
kuchaytirib, krizis
holatdiga olib kelishi tabiydir. Mabodo, ushbu iqtisodiy nuqsonlarga yo`l qo`yilgan
takdirda, xukumat tomonidan kreditga cheklovlar qo`yiladi, mamlakat byudjetidagi
xarajatlar qisqartiriladi va hokazo. Ushbu xolda, narxlar tushib, ishsizlik darajasi
ko`tariladi.
Shuning uchun xam, ko`pgina davlatlar iqtisodiyotni boshqaruv
instrumenti bo`lmish pul-kredit siyosatini, uning effektivligini «protektsionizm»
siyosatini qo`llagan xolda ish yuritadilar.
Do'stlaringiz bilan baham: