III BOB Davlat moliyasini baquvvatlashtirishda inflyatsiyani kamayttirish
shakllari
3.1 O`zbekiston respublikasining moliya siyosatini takomillashtirishdagi
inflyatsiyaga qarshi istiqbollari
Bizning respublikada kredit va valyuta mablag`lari isrof qilib
borilayotgani yo`q. Balki, ishlab chiqarish salohiyatini rivojlantirishga
sarflanmoqda. Asosan, ishlab chiqarish ahamiyatiga molik bo`lgan ob`ektlar
qurilishi hajmi keskin kengayib borayotganligi fikrimizni tasdikdaydi.
Moliyaviy resurslar etishmayotgan sharoitda iqtisodiy o`sishni qisqa
muddatlarda ta`minlash oson vazifa emas. Bu vazifa moliyaviy, shu
jumladan, valyuta mablag`laridan foydalanishga okilona yondashishni talab
etadi. Buning uchun pulning iktisodiyot tarkibini yangilash jarayoniga
ta`sir kiladigan, binobarin, islohotlar muvaffakiyatini ta`minlaydigan ishlab
chiqarish sohalariga sarflamoq kerak. Bu o`rinda Markaziy bank mablag`lari bir
erga
jamlanib,
tijorat
banklari
tomonidan
ularning
eksportga
mo`ljallangan va importning o`rnini bosadigan tarmoqdarga, asosiy
fondlar va texnologiyalarni yangilashga sarflanishi uchun sharoit yaratishni
o`zining asosiy vazifasi, deb biladi.
Mustaqillikka erishilgan dastlabki yillarda bank kreditlarining anchagina
qismi sanoatdagi ustuvor bir qancha loyihalarni pul bilan ta`minlashga
sarflandi. Ular orasida «UzDEUavto» qo`shma korxonasi (1843,2 mln.
so`m), Buxoro neftni qayta ishlash zavodi (1210 mln. so`m), «Kvarts» AJ
xuzuridagi arxetektura oynasi ishlab chikaradigan liniya qurilishi (610,8
mln. so`m
)
va shu kabi yirik boshka ob`ektlar mavjud. Binobarin, iqtisodiy
usish vazifalarini hal etish uchun tijorat banklari tomonidan investitsiya
kreditlari ajratilishidan tashqari, valyuta mablag`laridan oqilona foydalanish
ham kerak bo`ladi. Shu sababli, davlatimiz o`zining valyuta siyosatida ham kredit
siyosati tamoyiliga amal qiladi. Ya`ni, yuksak texnologiyali ishlab chiqarish
salohiyatini shakllantirishga ustunlik beradi. O`zbekiston Respublikasi
44
iqtisodiyot uchun zarur bulgan valyuta tushumlarini paxta, oltin, tabiiy xom-
ashyo hisobiga olayotganligimiz hech kimga sir emas.
O`zbekiston Respublikasi Markaziy banki monetar siyosatining
ta`sirchanligini oshirish borasida bir qator muammolar mavjud. Bozor
iqtisodiyoti sharoitida ularni hal kilish dolzarb masalalardan biridir. Mazkur
muammolar to`liq hal qilinsa, monetar siyosatni takomillashtirish va Markaziy
bankning pul-kredit siyosati iqtisodiyotni yanada barqarorlashtirish uchun
ishlashiga zamin yaratadi.
Davlatimiz monetar siyosatini amalga oshirishda ham kredit siyosatidagi
tamoyillarga amal kilib, asosiy e`tiborni yuqori texnologiya ishlab chikarish
saloxiyatini shakllantirishga qaratmokda.
Shuni ta`kidlash lozimki, Respublika chetdan karzga olayotgan
mablag`larni birinchi navbatda ishlab chikarish sohasiga va muhim ijtimoiy
sohalarga yo`naltirmokda. Bozor munosabatlariga o`tish davri iqtisodiyotining
dastlabki yillarida konvertatsiyalashning butun og`irligi ushbu manbalar
zimmasiga yuklash maqsadga muvofiq emas, chunki hozirgi bozor
iqtisodiyotida katta valyuta tushumlari asosan yuqori texnologiyali eksportga
yo`naltirilgan ishlab chiqarishlar hisobiga ta`minlanadi. Shuning uchun,
hukumat va Markaziy bankning mustaqillik yillari va bugungi kundagi
siyosati aynan shunday eksport saloxiyatini rivojlantirishga yo`naltirilgan.
O`zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimov o`z nutqdaridan birida:
«Faqat iktisodiyotimizning asosiy va etakchi tarmoqlarida tarkibiy
o`zgarishlarni amalga oshirsakgina, mahsulotimiz eksporti o`sishiga erishishimiz,
to`lov balansining ijobiy sal`dosini t a` mi nl ash i mi z va shu b il an i qtis odi y
mustaqilligimizni kafolatlashimiz mumkin», deya ta`kidlagan edilar. Masala
shu tarzda qo`yilganda milliy valyutani konvertatsiyalashda yukori
texnologiyali ishlab chiqarishni amalga oshirayotgan va eksportdan olgan
daromadlarning bir qismini mamlakatimiz iktisodiyotiga qayta investitsiya
kilayotgan qo`shma korxonalarga ustunlik beriladi. Muhim xalq iste`moli
mollarini va eksportga mo`ljallangan mahsulotlarni ishlab chiqarayotgan,
45
respublika iktisodiyotining asosiy va etakchi tarmoqdarida ustuvor loyihalarni
amalga oshirishda ishtirok etayottan tovar ishlab chiqaruvchilarimiz ham bunday
huquqdan foydalanadilar. Boshqacha aytganda, valyuta resurslari birinchi
navbatda ishlab chiqarish va texnologiyalar bilan shug`ullanayotgan
korxonalarga berilmoqda.
O`zbekiston Respublikasi Markaziy bankining monetar siyosati o`ziga xos
xususiyatlarga ega bo`lmoqda. Birinchidan, majburiy rezervlar miqdorining
yukoriligi /20 foiz/ — tijorat banklarining resurslarini qisqarishiga sabab
bo`lmoqda. To`g`ri, majburiy rezervlar tijorat banklarining likvidliligini
ta`minlaydi. Biroq, u tijorat banklari resurslarining kamayishiga sabab
bo`ladi.
Ikkinchidan, ochiq bozor operatsiyalarini r iv o jl a n ti r is h l o z i m.
C h u nk i , O` z b e k is t o n Respublikasi Markaziy banki shu vosita orkali ham
muomaladagi pul-massasiga ta`sir o`tkaza olish imkoniyatiga ega bo`ladi. Bu
orqali Markaziy bankning pul-kredit siyosatini yuritishdagi ta`sirchanligini
oshirish mumkin bo`ladi.
Xalqaro valyuta fondining tavsiyalariga binoan, 1994 yildan boshlab,
hozirgi vaqtgacha pul-kredit siyosati juda qattiqqo`lliq bilan o`tkazilmoqda.
1996 yilda pul-massasi va inflyatsiyaning o`sish sur`atlari pasayishiga katta
ta`sir ko`rsatgan omil — pul-kreditni tartibga solishning ilg`or vositalari
joriy etilishi, byudjet operatsiyalari kamomadini davlat qisqa muddatli
obligatsiyalari bilan ta`minlash noinflyatsiya usulining qo`llanilishi bo`ldi. Shu
erdan ko`rinib turibdiki, O`zbekiston Respublikasi Markaziy bankining
monetar pul-kredit siyosati bir butunlikni tashkil etuvchi ikkita murakkab
vazifani xal etishi — iktisodiy o`sish jarayonlarini rivojlantirishga
ko`maklashishi va inflyatsiyani nazorat ostida tutib turishi kerak. Iqtisodiy
o`sish esa bosh vazifadir, albatta. Islohotlarni moliyaviy ta`minlash
muammolarini muhokama kilish davomida masalalarning ikki yirik bloki
ko`ndalang bo`lib turibdi.
46
O`zining islohot modeliga ega bo`lgan O`zbekiston iqtisodiy o`sish
sharoitlarini xam, inflyatsiya sur`atlarini keskin kamaytirish vazifasini ham
nisbatan osonroq, hal etishning uddasidan chiqmoqda, deb aytish uchun barcha
asoslar bor.
O`zbek so`mining hozirgi vaqtda cheklangan ichki konvertatsiyaga ega
ekanligi va respublika valyuta bozorining holati O`zbekiston Respublikasi
Markaziy b a nki mo n e ta r si yo sa tini ng ma q sa di va yo`nalishlarining
o`ziga xosligini yuzaga keltiradi. Bu o`ziga xoslik, eng avvalo, so`mning
AQSh dollariga nisbatan kursini barqarorlashtirish va ichki valyuta bozorini
rivojlantirish — monetar siyosatning birlamchi vazifalaridan ekanligi
namoyon bo`ladi.
Valyutani tartibga solish sohasidagi mavjud chora-tadbirlar ichki bozorni
jahon bozorlaridagi r a q o b a t g a
b a r d o s h
b e r a
o l ma g a n
x o r i ji y
mahsulotlarning endigina o`z ishlab chiqarishini qayta qurayotgan o`tish davri
iqtisodiyotiga ega bo`lgan mamlakatlarga oqib kelishidan himoya kilishga
karatilgan. Valyutani tartibga solish shartlari, shu jumladan, konvertatsiya tartib-
qoidasi ayni shunday mollarning ko`plab keltirilishiga to`sqinlik qiladi.
Keyingi yillarda ichki inflyatsiya darajasining pasayishi O`zbekiston
tovarlarining eksportini importga qaraganda ancha foydali qilib qo`yishi kerak
edi. Lekin aslida tamoyil shuning teskarisini ko`rsatadi. O`zbekistonda ishlab
chiqarilayottan tovar-larning jaxon bozoridagi jozibadorligiga ta`sir ko`rsatishi,
shu-ningdek, o`zbekistonlik ishlab chiqaruvchilarning mahsulotni eksport
qilishdan manfaatdorligini oshirishga ta`sir ko`rsatishi mumkin bo`lgan kuchli
vosita milliy valyutaning real kursini devalvatsiya qilishdan (devalvatsiya
sur`atlari inflyatsiya sur`atlaridan yuqori bo`lganida) iboratdir. Shu maqsadda
so`nggi yillarda O`zbekiston so`mining AQSh dollariga nisbatan silliq,
deval`vatsiyasi amalga oshirib kelinmoqda.
So`mni keskin devalvatsiya qilib, ayni vaktda uning ayirboshlash kursini bir
xillashtirish inflyatsiyaning o`sishiga olib kelishi mumkin. Shu bilan birga,
iste`mol bozoridagi ozmi-ko`pmi darajada ayirboshlash kursi bilan bogliq
47
bo`lgan bir qancha tovarlarning narxlarini taqqoslash qisqa muddatda narx-
navoning o`sishi unchalik katta bo`lmasligini va uzoq davom etmasligini
ko`rsatmokda. Dastlabki, sakrashdan keyin narxlar xatto pasayishi, so`ngra
esa etarli darajada izchil pul-kredit siyosati amalga oshirilsa, barqarorlashuvi
mumkin.
Inflyatsiya o`zi bilan birga katta iqtisodiy va ijtimoiy xarajatlarni olib
keladi. Natijada resurslar noto`g`ri joylashtiriladi va bu o`z navbatida, iqtisodiy
samaradorlikning pasayishiga olib keladi. Shuningdek, inflyatsiya iktisodiy
vakillarga o`z faoliyatini kelgusida rejalashtirishga xalaqit beradi, xamda
ularning olib borilayotgan iqtisodiy siyosatga bo`lgan ishonch darajasini
pasaytiradi. Bundan tashqari, u milliy daromadni aholining bir qismi
foydasiga va ikkinchi kismi zarariga qayta taqsimlaydi. Shu boisdan
inflyatsiyaga qarshi kurash butun dunyoda hukumatning asosiy vazifalaridan
biri xisoblanadi. O`tish davri iktisodiyotini boshidan kechiraetgan mamlakatlar
tajribasi shuni ko`rsatadiki, yuqori sur`atdagi inflyatsiya kuzatilgan hamma
joylarda u aholining turmush darajasiga yomon ta`sir ko`rsatgan. Bunday
mamlakatlarda barqarorlashtirishga doir barcha dasturlarning diqqat
markazida inflyatsiyaga qarshi kurash masalasi turishi bejiz emas.
Amaliyotda o`tish davri iktisodiyoti hukm surgan ko`pgina mamlakatlar
inflyatsiya darajasini bir yilda 20-40 foizga tushirdilar, lekin uni yanada
pasaytirish hamma vaqt ham kutilgan natijalarni beravermaydi. O`zbekistonda
eng katta inflyatsiya 1992-1994 yillarda kuzatildi. 2011 yilda inflyatsiyaning 7,2
foizni tashkil etdi. Inflyatsiyaning yuqori darajada bo`lishiga sharoit yaratgan
boshqa omil narxlarning dastavval past darajada bo`lganligidir . O`tish
davri iktisodiyotini boshidan kechiraetgan davlatlarda ishlab chiqarish va milliy
daromadning pasayishi natijasida to`lov qobiliyatining tushishi respublikalar
urtasida tovar aylanmasi sezilarli darajada kamayib ketganligining asosiy
sabablaridan biri bo`ldi. Bundan tashqari, sobiq Sovet Ittifokining boshqa
davlatlari bilan ilgarigi iqtisodiy aloqalar buzilganligi, ularning o`z valyutalarini
48
kiritganliklari, mustahkam to`lov tizimining yo`qligi O`zbekistonning chet
davlatlar bilan savdo qilishga o`tishiga ob`ektiv ta`sir ko`rsatdi.
Yuqorida qayd etilgan masalalar to`la hal qilinsa, O`zbekiston
Respublikasi Markaziy bankining monetar siyosatini yanada takomil-lashtirish,
d e m a k k i , n a t i j a d a b a n k t i z i m i n i y a n a d a rivojlantirish mumkin. Bu o`z
navbatida iqtisodiy o`sish sur`atlarini oshirishi va natijada aholining turmush
darajasini yanada oshirishi mumkin.
Umuman olganda, O`zbekiston Respublikasi Markaziy banki monetar
siyosati o`ziga xos xususiyatlardai kelib chiqmokda. Xulosa kilib aytganda,
Markaziy bankning monetar siyosati ta`sirchanligi qanchalik oshsa, shu
darajada iqtisodiyotimiz barqarorligi kafolatlanadi.
O`zbekiston Respublikasi Markaziy Banki pul-kredit siyosati makroiqtisodiy
barqarorlikni mustahkamlashga, inflyatsiya jarayonlarini ushlab turish, milliy
valyutamiz kursining barqarorligini ta`minlash, iqtisodiyotning real sektorini
rivojlantirishni rag`batlantirishga qaratilgan. Byudjet-soliq sohasida ham pul
muomalasini boshqarish bo`yicha chora-tadbirlar majmuini amalga oshirish 2012
yilning 9 oyi mobaynida iste`mol narxlari indeksini, tijorat banklarining foiz
stavkalarini pastlatish va mos ravishda iqtisodiyotning real sektorini kreditlash
hajmining sezilarli o`sishiga yordam beruvchi darajada barqarorlashtirishga imkon
berdi.
2-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |