Inflyatsiya ko`rsatkichlari.
Inflyatsiyada nafakat chakana baho, balki ulgurji
baho ham oshib boradi. G`arb mamlakatlarida inflyatsiyaning asosiy kursatkichi
kilib chakana baholarning uzgarishi (oshishi) kabul kilingan. Agar ma`lum davrda
baholar ikki marta oshsa, pul ham ikki marta kadrsizlangan deb hisoblanadi.
Chakana baholar usishini h isoblash maxsus davlat organlari tomonidan
aniklanadigan baxolar indeksiga asoslanadi. Baxolar indeksini hisoblashning
boshlangich nuktasi kilib (yuz foiz deb) bazis yili olinadi va joriy yilda baholar
uzgarishi, urtacha yillik usishi sur`ati hisoblanishi mumkin.
Baholar indeksi bu joriy yildagi tovarlar va xizmatlar bahosi yigindisi, ya`ni,
tovarlar bozor savati baxosining shu tovar va xizmatlarning bazis yildagi umumiy
bahosi, ya`ni bozor savati bahosiga nisbati sifatida aniklanishi mumkin.
Bahol ar indeksini hisoblashda iste`mol tovarlar bahosining indeksi katta
axamiyatga ega. Baholar indeksi turli usullarda baholar darajasini solishtirishga
imkon beradi. Joriy yildagi baholar indeksining bazis yildagi baholar indeksiga
nisbatan oshish i - inflyatsiya - ―Baholar darajasining oshishi‖ dan, baholar
indeksining kamayishi-deflyatsiya-―Baholar darajasining kamayishi dan dalolat
beradi.
Aytalik , bazis davr 1990 yil bulsin (Baholar darajasi 100% deb olamiz) va
1997 yilda baho darajasi 350. Demak 1990 - 1997 yillarda baholar 3,50 marta yoki
250% ga oshgan, yoki 1990 yilda biror tovar 100 sum turgan bulsa, 1997 yilda shu
toavar 350 sum turadi.
Iste`mol tovarlar bahosi indeksidan tashkari ba`zi guruh tovarlar va xizmatlar
masalan, kipim, oyok kiyimlar, transport, uy joy xizmatlari va bophalar buyicha
baholar indekslarini hisoblash mumkin.
34
Inflyatsiyaning usish sur`atlari tugrisida gapirganda, uning rivojlanishini
son jihatdan aniklanishning boshka yuli ham mavjud. Buning usul ―70 lar koidasi‖
deb ataladi. Agar har yili inflyatsiya darajasi ma`lum bulsa, baholar ikki karra
oshishi uchun necha yil kerak ekanligini aniklash mumkin. Buning uchun ―70‖ ni
har yilgi inflyatsiya darajasiga bulish kerak. Masalan, inflyatsiyaning har yillik
darajasi 5% bulsa, baholar darajasi 14 yildan keyin, ikki karra oshishi kerak. Agar
har yillik inflyatsiyasi darajasi 20% bulsa, baholar darajasi 3 yildan keyin ikki
karra oshishi kerak.Shuni ta`kidlash kerakki, bu usul hamma vakt ham, masalan,
inflyatsiyaning usishi sur`atlari yukori, (har kuni, oyda uzgarib boradigan) bulsa,
kulay hisoblanmaydi ―70 lar koidasi‖ aholi jamgarmalarining, real yoki milliy
maxsulot hajmining ikki marta oshishi uchun necha yil kerak ekanligini tutri
aniklab berishga imkon beradi.
«O`zbekiston Respublikasining Markaziy banki to`g`risida» gi Qonunning
3-moddasiga muvofiq Markaziy bankning bosh maqadi milliy valyutaning
barqarorligini ta`minlashdan iborat. Bunda milliy valyutaning ichki va tashqi
barqarorligini ta`minlash ko`zda tutiladi.
Milliy valyutaning ichki barqarorligi inflyatsiyaga qarshi siyosatni yuritish
orqali so`mning to`lov qobiliyatini doimiy darajada ushlab turish, ichki to`lovlar va
hisob-kitoblar tizimining talab darajada ishlashi hamda so`mning respublika
xududida yagona qonuniy to`lov vositasi sifatida muomalada bo`lishini
ta`minlashni ko`zda tutadi.
2011 yilda Markaziy bank monetar siyosatni inflyatsiya sur`atlari va
aholining inflyatsion kutishlari darajasini keskin kamaytirish vazifalaridan kelib
chiqqan holda amalga oshirdi.
Markaziy bank tomonidan amalga oshirilgan chora-tadbirlar narx-navo
o`sishini sezilarli darajada pasaytirish imkonini berdi. 2011 yilda iste`mol tovarlari
narxlari asosida hisoblangan inflyatsiya darajasi 2010 yildagi 21,6 foizdan 3,8
foizgacha pasaydi.
35
Shuningdek, inflyatsiyani pasaytirishga qaratilgan chora-tadbirlar monetar
agregatlar zaxira pullar va pul massasining maqsadli parametrlarini belgilash orqali
ham amalga oshirilmoqda.
2012 yilda ham Markaziy bank monetar siyosatining asosiy yo`nalishi
inflyatsiya darajasini yanada pasaytirish va uning past darajada ushlab turilishini
ta`minlash uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishdan iborat bo`lib qoladi.
Inflyatsiya darajasining bosqichma-bosqich pasayishi iqtsiodiyotning real sektoriga
ajratiladigan kreditlar hajmining oshishiga va shu asosda barqaror iqtisodiy o`sish
jarayonlarini qo`llab-quvvatlashga zamin yaratadi. Pul-kredit siyosatining 2012
yilga mo`ljallangan asosiy yo`nalishlari inflyatsiya darajasini yaqin yillar ichida
yiliga 5-6 foiz, shu jumladan 2012 yilda 6-8 foiz darajasidan oshirmaslikni ko`zda
tutadi.
Pul agreatlari va bank tizimi likvidligini yanada samaraliroq boshqarish
maqsadida, Markaziy bank zaxira pullar hajmini tartibga solish uchun
iqtsiodiyotning pulga bo`lgan real talabidan kelib chiqqan holda pul-kredit
siyosatining bozor mexanizmlarini keng qo`llashni davom ettiradi. Bu esa ortiqcha
likvidlik va ehtimoliy inflyatsiyaning oldini olishga qaratilgan qator aniq chora-
tadbirlar ko`rishni taqozo etadi.
Milliy valyutaning tashqi barqarorligini ta`minlashga doir chora-tadbirlar
valyuta bozorining faoliyat ko`rsatishi, ijobiy to`lov balansini ta`minlash va etarli
darajada oltin-valyuta zaxiralarini shakllantirish, barqaror va yagona almashuv
kursini saqlab turish uchun zarur shart-sharoitlar yaratishni o`z ichiga oladi.
2013 yilda milliy valyutaning erkin ayirboshlanishini ta`minlashga
qaratilgan chora-tadbirlarning amalga oshirilganligi barcha xo`jalik yurituvchi
sub`ektlar uchun talab va taklifdan kelib chiqqan holda yagona almashuv kursi
belgilanganidan ochiq valyuta bozorini shakllantirish imkonini berdi.
Valyuta bozorining erkinlashtirilganligi va eksportchilar uchun qulay
ayirboshlash kursining saqlab turilganligi noxom ashyo tovarlar eksportini keskin
oshirish hamda mamlakatimizda import o`rnini bosuvchi ishlab chiqarishni
kengeaytirish imkonini berdi. Bu esa xom ashyo turiga kiruvchi eksport
36
mahsulotlari bilan savdo qilish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish bilan bir
qatorda to`lov balansi qoldig`ining ijobiy bo`lishini va oltin-valyuta zaxiralarining
sezilarli darajada o`sishini ta`minladi.
Hozirgi paytdagi mavjud xalqaro zaxiralar darajasi va to`lov balansi holati
almashuv kursini barqaror saqlab turish va valyutaga bo`lgan talabni to`liq
qondirish imkonini beradi.
Markaziy bank 2013 yilda ham so`mning talab va taklif asosida
shakllanadigan o`zgaruvchan almashuv kursini qo`llab-quvvatlashni davom
ettiradi. Ayni paytda Markaziy bank ichki va tashqi narxlar dinamikasi, to`lov
balansi ko`rsatkichlarini hisobga olgan holda mamlakatimiz ishlab chiqaruvchilari
mahsulotlarining jahon bozorlaridagi raqobatbardoshligini qo`llab-quvvatlashga
doir tegishli chora-tadbirlarni amalga oshiradi.
Qat`iy pul kredit siyosatini amalga oshirish va iqtisodiyotning real
o`sishini qo`llab-quvvatlash vazifalaridan kelib chiqqan holda maqbul foiz
stavkalari siyosatini yuritish moliya tizimini rivojlantirish yo`nalishlaridan biri
bo`lib hisoblanadi.
2013 yilda inflyatsiya sur`atining sezilarli darajada pasaygani Markaziy
bankka qayta moliyalash stavkasini yiliga 30 foizdan 20 foizgacha bosqichma-
bosqich kamaytirish imkonini berdi. Qayta moliyalash stavkasining pasayishi
moliya tizimidagi foiz stavkalarining ham mos ravishda o`zgarishiga olib keldi.
Markaziy bank tijorat banklari depozitlari va kreditlari foiz stavkalari,
pulga (kredit resurslariga) bo`lgan talab va taklif ustidan doimiy monitoring
o`rnatgan holda banklararo bozorda kredit mablag`larini jalb qilish va joylashtirish
operatsiyalarini amalga oshirib bordi.
Shuningdek, bank tizimining samarali faoliyat yuritishi milliy valyuta
barqarorligini ta`minlashning eng muhim shartlaridan biri hisoblanadi. Markaziy
bankning ushbu yo`nalishdagi asosiy vazifasi iqtisodiyotda moliyaviy vositachilik
darajasini oshirish uchun zarur sharoitlarni, jamg`armalarni investitsiyalarga
yo`naltirishning samarali tizimini yaratishdan iboratdir.
37
2013 yilda bank tizimida iqtisodiyotnin real sektoridagi jarayonlarni aks
ettiruvchi sifat o`zgarishlari ruy berdi. Iqtisodiyotning barqarorlashuvi banklarda
omonatlarning keskin o`sishiga, tijorat banklari tomonidan aholiga kursatilayotgan
xizmatlar ko`lamining, shu jumladan iste`mol kreditlari hajmining ortishiga olib
keldi.
Xususiy sektorni rivojlantirish banklar tomonidan kredit liniyalari ajratish,
boshlang`ich kapitalni moliyalashtirish, tadbirkorlarga konsalting va boshqa
xizmatlarni ko`rsatish orqali qo`llab-quvvatlanmoqda. Bank ishida yangi
texnologiyalarni qo`llash tijorat banklarida hisob kitoblarni jadallashtirish, aktiv va
passivlani yanada samarali boshqarishga o`tish, naqd pulsiz to`lovlarning yangi
turlarini joriy etish imkonini berdi.
Ma`lumki, milliy valyutaga bo`lgan ishonchni yanada oshirish, bank tizimi
uchun mablag`larning barqaror manbaini shakllantirish maqsadida 2010 yilda
O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan «Fuqoralarning banklardagi
omonatlarini himoyalash kafolatlari to`g`risida» gi Qonun qabul qilingan va ushbu
qonunga muvofiq fuqoralarning banklardagi omonatlarini kafolatlash tizimi
yaratilgan. 2011 yilda esa bank sirining saqlanishini ta`minlash hamda bank
mijozlari haqidagi ma`lumotlarni oshkor qilishga yo`l qo`yiladigan shart-
sharoitlarni belgilab beruvchi «Bank siri to`grisida» gi Qonun qabul qilindi.
Shuningdek, bozor tamoyillariga asoslangan sog`lom va barqaror bank
tizimini shakllantirish maqsadida 2011 yilning aprelida Respublika Bank Kengashi
tomonidan xususiylashtirishni kengaytirish, naqd pulsiz hisob-kitoblar tizimi, shu
jumladan, plastik kartochkalar tizimini yanada rivojlantirish, bank nazorati tizimini
yanada takomillashtirish, banklarning chakana xizmatlari ko`lamini kengaytirish,
ularning moliyaviy barqarorligi va kapitallashtirilishini oshirishga doir keng
qamrovli chora-tadbirlarni amalga oshirishni nazarda tutuvchi «2011-2012 yillarda
Bank tizimini isloh qilishning navbatdagi bosqichi Dasturi» tasdiqlandi.
2013 yilda ham Markaziy bank tijorat banklari bilan birgalikda
iqtisodiyotdagi moliyaviy xizmat turlari va ularning sifatini oshirishga qaratilgan
ishlarni davom ettiradi. Xususan, real vaqt rejimidagi naqd pulsiz to`lovlar tizimiga
38
o`tish, tashqi savdo operatsiyalarini hisobga olishning yagona elektron tizimini
yaratish ishlari nihoyasiga etkaziladi, banklarni nazorat qilish va ularni soliqqa
tortish tizimini takomillashtirish yuzasidan tegishli chora-tadbirlar ko`riladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |