52
--- shiddatli inflyatsiya. Baholarning o`rtacha yillik o`sishi 10-100% (ba`zida
200% gacha) bo`lishi mumkin. Inflyatsiyaning bu turi rivojlanayotgan
mamlakatlarda ko`proq uchraydi;
--- giperinflyatsiya.Baholarning o`sish sur`atlari yiliga 200%dan oshib ketadi.
Bu inflyatsiya mamlakatlar iqtisodiy rivojlanishining inqirozli davriga mos keladi
va u iqtisodiyot tarkibiy qismlarini o`zgarishi bilan bog`liq.
Hozirgi kunlarda Xalqaro Valyuta Fondi har qanday rivojlanish fazasiga
ega bo`lgan mamlakatda baholar oyiga 50 % dan oshgan holatni giperinflyatsiya
deb qabul qilgan. Giperinflyatsiya davrida milliy valyuta kursi xarid pariteti tushib
ketadi, baholar kun sayin oshib boradi va baholar bilan ish xaqi o`rtasidagi farq
juda yuqori bo`ladi. Aholining
yashash sharoiti qiyinlashadi, korxonalar faoliyati
yomonlashadi. Xo`jalik faoliyati, bozor faoliyatida naturallashuv avj oladi.
Inflyatsiyaning kelib chiqish sabablariga qarab uning ikki toifasini ko`rastish
mumkin: talab inflyatsiyasi va ishlab chiqarish bilan bog`liq inflyatsiya (taklif
inflyatsiyasi).
Talab inflyatsiyasi
.
Inflyatsiyaning bu an`anaviy turi talab oshib ketganda
yuzaga keladi. Ishlab chiqarish soxasi aholining talabini to`liq
qondira olmaydi,
taklifga nisbatan talab oshib ketadi. Natijada tovarlar bahosi o`sadi. Kam
miqdordagi tovarlarga ko`p miqdorda pul massasi to`g`ri keladi.Talab
inflyatsiyaning vujudga kelishi sabablari quydagicha:
davlat qarzlarining o`sishi («defolt»ga olib kelish ehtimoli mavjud) va
byudjet defitsitining mavjudligi;
xarbiy texnika sotib olish va boshqa xarbiy xarajatlarni qoplash bilan bog`liq
bo`lgan jarayonlar;
chet el valyutasining mamlakatga kirib kelishi va uning
milliy valyutaga
almashinuvi natijasida, muomalada pul massasi ortib boradi, milliy valyutaga
nisbatan chet el valyutasining qadri oshadi;
xalq xo`jaligiga ortiqcha kreditlar berish natijasida muomalada kredit bilan
bog`liq muomala vositalari yuzaga keladi. Bular tovar va xizmatlarga bo`lgan
talabni oshiradi;
53
xalq xo`jaligining etakchi tarmoqlarini keragidan ortiqcha investitsiyalash
ham, qo`shimcha pul ekvivalentlarini chiqarishga olib keladi.
Taklif inflyatsiyasi. Mazkur inflyatsiya doimiy ravihda ishlab chiarish
infratuzilmasi bilan bog`liq bo`ladi. Bu inflyatsiyaning
sabablari quyidagilar
bo`lishi mumkin:
har xil jarayonlar va tarkibiy o`zgarishlar tufayli mehnat unumdorligining
pasayishi natijasida mahsulot ishlab chiqarishga ketgan xarajatlar oshishi;
har xil turdagi innovatsion xizmat turlari paydo bo`ladi va ishlab chiqarishga
nisbatan ham mehnat unumdorligida yuqori ish xaqi olishga imkoniyat tug`iladi.
Natijada, tovar va xizmatlarga bo`lgan baho oshib boradi;
aholini sotsial jihatdan himoyalash maqsadida ish xaqining oshishi.
Inflyatsiyaning o`sishi sur`atlari quyidagicha hisoblanadi:
Joriy yil baholar indeksi–iste`mol tovarlari
bazis davr baho indeksi
Inflyatsiya sur`ati = ----------------------------------------------------- x 100 %
Iste`mol tovarlari bazis davr baho indeksi
Yuqoridagi
formuladan
ko`rinib
turibdiki,
inflyatsiya
sur`atini
prognozlashtirish va uning foizi ekvivalenti darajasini bilish uchun joriy yil
baholar indeksidan iste`mol tovarlari bazis davr baho indeksini ayirib,
sunga
olingan natijani iste`mol tovarlari bazis davr baho indeksiga bo`lib, 100 % ga
ko`paytirgan taqdirimizdagana inflyatsiya sur`atining real natijasi kelib chiqadi.
Hosil bo`lgan yakuniy natijadan mamlakat milliy valyuta kursini himoyalash
borasida xukumatning ma`sul idoralari, xususan, Moliya Vazirligi,
Iqtisodiyot
Vazirligi, Markaziy Bank tomonidan bir qator protektsionistik loyihalar ishlab
chiqiladi.
Quyidagi jadvalda bozor iqtisodiyotiga o`tish sharoitida o`z faoliyatlarini
yuritayotgan mamlaktlarda inflyatsiya dinamikasi (bazis davrga nisbatan
mamlakatda iste`mol va chakana narxlarining o`sishi darajasi, foizlarda (%)).