D. A. Nurkeldiyeva



Download 117,33 Kb.
bet4/12
Sana13.07.2022
Hajmi117,33 Kb.
#784480
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Документ (1)

1. Oliy nerv faoliyati kasalliklari .
2. Anatomik nutq apparatida patologik o'zgarishlar .
3. Bolalikdan tarbiyaning yetishmaganligi .
4. Organizmning umumiy nevropatik holati .
M. Ye . Xvatsev ilk bor nutq buzilishlari sabablarini ichki va tas omillarga ajratdi . Shu bilan birga u organik ( anatomo - fiziolos morfologik ) , funksional ( psixogen ) , ijtimoiy - psixologik va psixo - nevrole sabablarni ajratib ko'rsatdi . Organik sabablarga homiladorlik davrida , tug'ruq paytida tug'ruqdan so'ng bosh miyaning yaxshi rivojlanmasligi va jarohatlan shuningdek , nutq periferik organlaridagi turli xil organik buzilis kiritilgan . Organik buzilishlar markaziy ( miyaning jarohatlanishi periferik sabablarga ( eshituv organi jarohatlanishi , tanglay yoriqlig artikulatsion apparatning boshqa morfologik o'zgarishlari ) ajratilga Funksional sabablarni M. Ye . Xvatsev , I.P. Pavlovning ta'limoti o tushuntiradi . Bu ta'limot markaziy nerv sistemasida qoʻzgʻalis tormozlanish jarayonlarining o'zaro munosabatini buzilishi haqida be M.Ye. Xvatsev bu orqali organik va funksional , markaziy va peri sabablarning o'zaro munosabati mavjudligini ta'kidlaydi . Psixonevrologik sabablarga u aqli zaiflikni , xotira , diqqat buzili va boshqa psixik jarayonlar buzilishini kiritgan . M. Ye . Xvatsev ijtimoiy - psixologik sabablarga ham katta e'tib qaratgan va buning ostida atrof - muhitdagi turli xil yomon ta's yotganini tushuntiradi . Biologiya , embriologiya , nazariy tibbiyot sohalarida so'nggi 10 yil qo'lga kiritilgan katta yutuqlar , tibbiy genetika , immunologiya va bo fanlarning erishgan yutuqlari nutq buzilishlari etiologiyasi h a chuqurroq tasavvurga ega bo'lish imkonini berdi va ularning chiqishida ekzogen ( tashqi ) va endogen ( ichki ) zararlarning ahamiy ko'rsatdi . Nutq buzilishlarining faqat organik ( markaziy va perif sabablarini ajratmasdan , balki funksional sabablarni ham ajratish , buzilishi mexanizmini bola organizmiga ko'rsatadigan ta'sirini tushuntrish ham kerak . Bu nutq buzilishlarini korreksiyalash uchun to'g'ri yo'l va metodlar tanlash , ularni oldindan aytib berish va oldini olish uchun ham muhimdir . organizmga tashqi yoki ichki Nutq buzilishlari sababi deganda zararli omilning ta'sir etishi yoki ularning o'zaro aloqasini tushunish mumkin , qaysiki bu , nutq buzilishi xususiyatini aniqlaydi . Etiologiyada tashqi va ichki omillarning roli masalasi umumiy sababiyat muammosining bir bo'limi hisoblanadi . Nutq kamchiligining kelib chiqishi va uning klinik ko'rinishi shakllanishida bu ikki omil orasida bevosita , o'zaro aloqadorlik o'rnatilgan . Nutq buzilishlarining kelib chiqishida maxsus sharoitlar katta rol o'ynaydi , ya'ni nutq kamchiliklarining kelib chiqishiga yordam beruvchi yoki to'sqinlik qiluvchi omillar . Masalan , psixik travma ta'siri ostida bolada duduqlanish yuzaga kelsa , u tashqi sabab sifatida ko'riladi . Quyidagilar esa duduqlanishning kelib chiqishi uchun qulay sharoit bo'lib xizmat qiladi : bolaning somatik zaifligi , uning nevropatik organizmi ( nerv psixik qo'zg'aluvchanlikning oshganligi ) , markaziy nerv sistemasining erta organik jarohatlanishi asorati va h.k. Evolutsion - dinamik yondashuv va psixikaning shakllanishi jarayonida biologik va ijtimoiy dialektik birlik tamoyili , nutq buzilish etiologiyasini o'rganish uchun asos bo'ladi . Bu aspektda bola nutqiy faoliyatining rivojlanishi uning markaziy nerv sistemasi ( MNS ) ning yetuklik darajasiga qarab belgilanadi va ma'lum darajada bolaning tashqi olam bilan o'zaro munosabati xususiyatlariga ham bog'liqdir . L.S. Vigotskiy ishlab chiqqan psixik rivojlanishining konsepsiyasi , bolalik davrida nutq rivojlanishi buzilishining sababini o'rganishda metodologik asos bo'lib xizmat qiladi . Psixika rivojlanishining atrof muhit ta'siri bilan bog'liqligini tushuntira turib , u " rivojlanishning ijtimoiy vaziyati " tushunchasini kiritdi . Bu o'z navbatida rivojlanishning ichki jarayonlari va tashqi sharoitlarni o'zida namoyon etadi . Funksional nutqiy tizimning yetilishi asosida afferentatsiya yotadi , ya'ni turli analizatorlar orqali tashqi olamdan signal olish . Birinchi navbatda eshituv analizatori turli xil signallarni va eng avvalo , nutqiy signallarni qabul qiladi . Eshituv afferentatsiyasining manbayi boʻlib , bola bilan muloqot qiluvchi katta odam hisoblanadi . Shunga bog'liq ravishda nutqiy muhit va nutqiy muloqotning roli juda kattadir va ularning yetishmovchiligi nutq shakllanishini buzuvchi asosiy sabablardan biri bo'lishi mumkin . Demak , nutq kamchiligiga ega kishilar orasida yoki nutqiy chegaralangan muhitda tarbiyalanuvchi ilk yoshdagi bolalar nutqi rivojlanishidan orqada qoladi ( kar - soqov ota - onalar yoki yaqqol nutq kamchiligiga ega ota - onalar , uzoq muddat kasalxonada yotish , turli xil og'ir kasalliklar tufayli ijtimoiy kontaktga kirishishning chegaralanganligi ) .Bola nutqining normal rivojlanishi uchun muloqot ma'lum ahamiyatga ega bo'lishi , ijobiy – emotsional tusda kechishi kerak . Unga tovushlarni shundaygina eshitish kamlik qiladi ( radiomagnitofon , televizor ) . Dastlab ma'lum yosh davri uchun xarakterli asosda kattalar bilan muloqot qilish lozim . Bolani kattalar bilan muloqoti shaklining o'zgarishi nutq rivojlanishiga turtki bo'ladi . Demak , hayotining birinchi yili uchun xarakterli bo'lgan emotsional muloqotni 2-3 yoshlarda predmetli harakatga almashtirishi uning nutqi rivojlanishiga yaxshigina turtki bo'lib xizmat qiladi . Agarki , bunday o'zgarish yuz bermasa , u holda nutq rivojlanishida orqada qolish yuzaga keladi . Bolada predmetli – o'yin faoliyati jarayonida to'plangan taassurotlar nutq rivojlanishiga dastlabki zamin bo'lib xizmat qiladi . Bola nutqining rivojlanishi tashqi noqulay sharoitlar natijasida kechikadi va buziladi : ijobiy emotsional muhitning yo'qligi , haddan tashqari shovqin – suronli muhit . Nutq taqlid asosida rivojlanadi . Shu sababli ayrim nutqiy kamchiliklar ( talaffuzning aniq emasligi , duduqlanish , nutq tempining buzilishi va boshqalar ) asosida taqlid yotadi . Nutq kamchiliklari ko'pincha turli xil psixik travmalardan yuzaga keladi ( qo'rquv , yaqin odamini yo'qotganda hayajonlanish , oiladagi uzoq davom etayotgan psixik travmalovchi vaziyat va h.k. ) . Bu nutq rivojlanishini kechiktiradi , ayniqsa , kuchli psixik travmalarda bolalarda psixogen nutqiy buzilishlarni keltirib chiqaradi : mutizm , nevrotik duduqlanish . Bu nutqiy buzilishlar M. Ye . Xvatsev tasnifi bo'yicha shartli ravishda funksional buzilishga kiritiladi .. Shuningdek , nutqning funksional buzilishlariga quyidagilarni ham kiritish mumkin : 1. Bola organizmiga zararli ta'sir ko'rsatishi bilan bog'liq buzilishlar .. 2. Umumiy , jismoniy zaiflik , chala tug'ilish yoki to'la shakllanmagan homilalik bilan shartlangan yetishmaganlik . 3. Ichki organlarning turli kasalliklari , raxit , moddalar almashinuvining buzilishi . Bolalardagi nutq buzilishlarini baholashda keskin davrlarni hisobga olish shartdir , qaysiki bunda nutq tizimining u yoki bu tarkibiy qismini birmuncha jadal rivojlanishi qachon sodir bo'ladi , nutqiy faoliyatning , nerv mexanizmi jarohatlanishining yuqori darajadagi xavfi nima bilandir bog'liq ravishda paydo bo'lishini o'rganish osonroq kechadi . Nutq funksiyasining rivojlanishida 3 ta keskin davr ajratiladi : Birinchi davr ( hayotining 1-2 – yili ) . Bu davrda nutqning dastlabki urinishi shakllanadi va nutqiy rivojlanish boshlanadi , aloqaga kirishishga asos solinadi va uning harakatlanuvchi kuchi bilan muloqotga ehtiyoj paydo bo'ladi . Bu yoshda po'stloq nutq zonalarining birmuncha jadal rivojlanishi sodir bo'ladi , xususan Broka zonasi . Uning rivojlanishida bola hayotining 14-18 oylari keskin davr hisoblanadi . Bu davrda hattoki sezilarsiz tuyulgan noqulay omillar bola nutqining rivojlanishida o'z aksini ko'rsatishi mumkin . Ikkinchi davr ( 3 yosh ) bog'langan nutq jadal rivojlanadi . Vaziyatli nutqdan kontekstli nutqqa o'tiladi . Bu markaziy nerv sistemasi ( MNS ) ishida katta muvofiqlikni talab etadi ( nutq - harakat mexanizmini , diqqatni , xotirani va h.k. ) . MNS ishida vujudga keluvchi ayrim nomuvofiqlik xulqdagi o'zgarishlarni keltirib chiqaradi , qaysarlik , negativizm va h.k. lar kuzatiladi . Bularning hammasi nerv tizimining zararlanishiga bo'lgan xavfni belgilaydi . Duduqlanish , mutizm yuzaga kelishi mumkin , nutq rivojlanishining orqada qolishi kuzatiladi . Bola nutqiy muloqotga kirishishdan bosh tortadi , kattalar qo'ygan talablariga qarshi qat'iy norozilik bildiradi . Bu davrda yuzaga keluvchi duduqlanish nutq funksional tizimining va turli xil psixik funksiyalarning notekis shakllanishidan bo'lishi mumkin . Gohida adabiyotlarda bu holat " evolutiv " termini bilan yuritiladi , ya'ni yosh davrlari bilan bog'liq rivojlanish . Masalan : " evolutiv duduqlanish " . Uchinchi davr ( 6-7 yosh ) yozma nutq rivojlanishining boshlanishi . Bolaning markaziy nerv sistemasi ( MNS ) ga tushuvchi yuklama oshib boradi . Bolaga kattaroq talablar qo'yilganda duduqlanish hosil bo'lishi bilan nerv faoliyatida " portlash " yuz beradi . Bolada bor boʻlgan nutq funksiyasining har qanday buzilishi bu keskin davrlarda birmuncha kuchli namoyon bo'ladi . Bundan tashqari yangi nutq kamchiliklari ham paydo bo'lishi mumkin . Logoped bola nutqining rivojlanishida keskin davrlarni yaxshi bilishi va o'zining kundalik ishida shuni hisobga olishi kerak . Nutq rivojlanishida keskin davrlar moyillik vazifasini bajaradi . Bu davrlar mustaqil ahamiyatga ega bo'lgani singari boshqa zararli omillar bilan genetik , bolaning umumiy zaiflashuvi va hokazolar bilan uyg'unlashadi . Nutqning yoshga qarab rivojlanish dinamikasi hayotining birinchi yillarida organizm genotipiga va unga ta'sir qiluvchi atrof - muhitga bog'liq ravishda o'zgarib turadi : nutq funksional tizimining rivojlanishi uchun MNS ning normal yetukligi va ishlab turishi muhim . Nutq buzilishlarining kelib chiqishida ekzogen va organik omillar koʻproq rol o'ynaydi . Bu sabablar guruhi M. Ye . Xvatsev tasnifi bo'yicha jarohat joyiga qarab organik markaziy va organik periferik guruhlarga kiritiladi . Ekzogen - organik omillar deganda bola MNS ga va bola organizmiga yaxlit ta'sir etuvchi turli xil zararli ta'sirlarni tushunamiz . Bu omillarning ta'sir etish vaqtiga qarab quyidagilarga bo'linadi : ta'sirlar . 1. Homilalik , ya'ni ( perinatal ) bolaning ona qornidaligi vaqtidagi 2. Tug'ruq vaqtidagi jarohatlar ( natal ) . 3. Turli xil zararli omillarning tug'ruqdan keyingi davrda taʼsiri ( post natal ) . Ko'pincha homilalik patologiyasi tug'ruq paytida bola nerv tizimining jarohatlanishi bilan qo'shilib yuzaga keladi . Bunday uyg'unlashuv zamonaviy tibbiy adabiyotlarda " perinatal patologiya " termini bilan belgilanadi . Nerv tizimining bunday jarohatlanishi turli xil patologik holatlarni , homiladorlik davrida turli xil zararli omillarning homilaga ta'sir etishi , tug'ruq paytida va tug'ruqdan so'ng dastlabki davrlarda zararli omillarning ta'sir etishini birlashtiradi . Perinatal patologiya onaning homiladorlik vaqtidagi kasalliklari , infeksiyalar , intoksikatsiyalar , homiladorlik toksikozlari , shuningdek , turli ko'rinishdagi akusherlik patologiyalari ( tos suyagining torligi , cho'zilgan yoki tezlashgan tug'ruq , muddatdan ilgari suv ketishi , kindikka o'ralish , homilaning noto'g'ri yotishi va h.k. ) asosida yuzaga keladi .. Nerv tizimining perinatal patologiyasida dastlabki o'rinlarni asfiksiya va tug'ruq travmasi egallaydi . Homiladorlik davrida homila rivojlanishidagi buzilishlar tug'ruq travmasi va asfiksiyani ( tug'ruq paytida homilaga kislorod yetishmasligi ) keltirib chiqaradi . Bu esa homilaning himoya va adaptatsiya mexanizmini pasaytiradi . Tug'ruq travmasi va asfiksiya homila miyasining noto'g'ri rivojlanishini kuchaytiradi . Tug'ruq travmasi kalla suyagi ichiga qon quyilishi va nerv hujayralarining o'lishiga olib keladi . Kalla suyagi ichiga qon quyilishi bosh miya po'stlog'ining nutq zonalariga ham o'z ta'sirini o'tkazishi mumkin . Buning oqibatida bosh miya po'stlog'i taraqqiyoti jarayonida turli xil nutq buzilishlari kelib chiqadi ( alaliya ) . Chala tug'ilgan bolalarda kalla suyagi ichiga qon quyilishi xavfi ko'proq bo'ladi . Bunga ularning tomir devorlarining zaifligi sabab bo'ladi . Nutq harakat mexanizmini ta'minlovchi miyaning ma'lum bir sohasidagi jarohat o'chog'i natijasida asosan nutqning tovush talaffuz tomonida buzilishlar vujudga keladi - dizartriya . Nutq buzilishlari etiologiyasida ona va homila qonining immunologik jihatdan mos kelmasligi ham muhim rol o'ynaydi ( rezus - omil , eritrotsit antigenlari bo'yicha ) . Rezus yoki antitelo guruhlari yo'ldosh orqali o'tib homila eritrotsitlarining bo'linishini keltirib chiqaradi . Buning natijasida eritrotsitlardan MNS uchun zaharli bo'lgan moda - bilirubin ajraladi . Uning ta'siri ostida miyaning po'stloq osti bo'limlari , eshituv yadrolari jarohatlanadi . Bu esa eshituvning buzilishi bilan birgalikda nutqning tovush talaffuz tomonining buzilishiga olib keladi . Ona qornidaligida miyaning jarohatlanishi natijasida birmuncha og'ir nutq buzilishlari vujudga keladi . Bu nutq buzilishlari qoidaga ko'ra boshqa polimorf nuqsonlar bilan qo'shilib keladi ( eshituv , ko'ruv , tayanch harakat apparati , intellekt ) . Bular homilador ayolning qizilcha , toksoplazmoz va boshqa yuqumli kasalliklar bilan kasallanganida kuzatiladi . Bu holda nutq buzilishlari va boshqa nuqsonlarning og'irlik darajasi homilaning ona qornidaligi davrida ko'proq miyaning jarohatlanishi vaqtiga bog'liq bo'ladi . Homiladorlikning dastlabki uchinchi oyida , shuningdek , embriogenez davrida , ya'ni 4 haftalikdan 4 oylikkacha birmuncha og'ir jarohatlanishlar kuzatiladi . Homiladorlikning kech stadiyalaridagi patologik ta'sirlar , odatda og'ir nuqsonlarni keltirib chiqarmasa ham , nerv tizimining shakllanishini kechikishiga , uning strukturasi mielinizatsiyasining buzilishiga olib keladi . Miya rivojlanishida anomaliyalari bor bolalarda ko'pgina dizembriogenetik stigmlar tez - tez kuzatiladi ; kalla suyagi assimetriyasi , tanglay anomaliyalari , yuqoridagi jag ' rivojlanishidagi kamchiliklar , pastki jag ' aploziyasi ; miekrognatiya , prognatiya va boshqalar . Homilaga ta'sir etuvchi zararli omillar ta'siri ostida vujudga keluvchi nutq buzilishlariga ochiq rinolaliyani misol qilish mumkin . Homiladorlik davrida onaning yuqumli va somatik kasalliklari , bachadon - yo'ldosh qon aylanishining buzilishiga , homila oziqlanishining buzilishi va kislorod yetishmasligiga olib kelishi mumkin . Agar homilaga surunkali kislorod yetishmasligi o'tkir kechmasa , u hech qanday buzilishni keltirib chiqarmasligi mumkin , biroq homila shakllanish tempini birmuncha sekinlashtiradi . Buning natijasida homila muddatiga yetib tug'ilishiga qaramay bola to'la shakllanmagan , nerv tizimi zaif tug'iladi . Nerv tizimining mielinizatsiya jarayoni sekinlashadi , nerv hujayrasi va uning aksonlari differensatsiyasi izdan chiqadi , miyaning neyronlararo aloqasining shakllanishi qiyinlashadi . Bu omillar o'z navbatida nutq faoliyatining shakllanishiga salbiy ta'sir ko'rsatadi . Ona qornida homila rivojlanishining buzilishi embriopatiyalar - yuqumli kasalliklar , dori - darmonlar ichish , ionlashgan radiatsiya vibratsiya , homiladorlik vaqtida ichish va chekish bilan bog'liq hollarda vujudga keladi . Alkogol va nikotinning naslga zararli ta'siri ancha yil ilgari aniqlangan . Ayni vaqtda nutq buzilishlari bilan uyg'unlashgan alkogolli embriopatik genezli oligofreniyaning klinik ko'rinishi o'rganildi . Turli xil nutq nuqsonlarining kelib chiqishiga surunkali alkogolizmning ta'siri ko'rsatildi , jismoniy , nutqiy va aqliy rivojlanishning orqada qolishini o'z ichiga olgan alkogolli - embriopatik sindrom ta'riflab berildi . Alkogolli embriopatik sindromda bola nutqining rivojlanishiga noqulay ta'sir etuvchi yaqqol ifodalanmagan eshituvning buzilishi holati aniqlangan . Alkogolizmga chalingan ota - onalarda homila o'limining xavfi ona qornidaligi va perinatal davrlarda juda yuqoridir . Bundan tashqari , chala tug'ilishi , homilalik va intranatal asfiksiya , shuningdek , kasalliklarga darajadaligi ham alkogolizmga bog'liqdir . moyillik va bola hayotining birinchi yilida o'lim holatining yuqori Bu bolalar maktabgacha va maktab yoshida o'zining jismoniy zaifligi , nutqning toʻliq rivojlanmaganligi bilan uyg'unlashgan psixik rivojlanishning orqada qolganligi , harakatchanlikning tormozlanganligi , faol diqqati , ko'ruv va eshituv idroki funksiyalarining buzilganligi bilan ajralib turadi . Ular diqqatining tarqoqligi bilish faoliyatining kamligi , ta'lim jarayonidagi qiyinchiliklar bilan uyg'unlashadi . Ayni vaqtda koʻpgina ishlar chekishning ayol sog'lig'i , homiladorlik va tug'ruqning kechishiga yomon ta'sir etishiga bag'ishlangan . Bolaning chala tug'ilishi , psixik va jismoniy rivojlanishdan orqada qolishi bilan chekishning aloqasi borligi isbotlandi . Ma'lumotlarga ko'ra ota yoki onaning surunkali chekishi irsiy moddaning patologik o'zgarishiga - mutatsiyalarga olib kelishi mumkin . Homilaga bir qator zararli omillarning birgalikda ta'sir etishi , ayniqsa , xavfliroqdir ( alkogolizm va chekishning homiladorlik toksikozlari bilan birga kelishi va hokazolar ) . Homiladorlik toksikozlariga chala tug'ilish , tug'ruqdagi qisqa muddatli asfiksiya , yengil ko'rinishdagi miyaning minimal organik jarohatlanishini keltirib chiqaradi ( minimal miya disfunksiyasi ( MMD ) MMD ga ega bolalar uchun diqqatning tarqoqligi , xotira pastligi , motor buzilishlar , tormozlanganlik , turli xil nutq buzilishlari xarakterlidir . Ayni vaqtda yengil miya yetishmovchiligida psixik dizontogenezning alohida bir ko'rinishi ajratilgan . Bu ko'rinish asosida alohida oliy po'stloq funksiyalarining yoshga oid vaqtinchalik yetishmaganligi yotadi . Bu nutq rivojlanishida o'ziga xos orqada qolish va psixik rivojlanishning notekisligini keltirib chiqaradi . Minimal miya disfunksiyasida miya funksional tizimi rivojlanishi tempining sekinlashuvi alohida o'ringa ega . Nutq buzilishlarining kelib chiqishi bo'yicha moyilligi bor bolalar guruhini MMD ga ega bolalar tashkil qiladi . Nutq buzilishlarini o'z vaqtida aniqlash va psixik rivojlanishni barvaqt rag'batlantirish , bu toifa bo lalar nutqiy va aqliy rivojlanishining kechikishini ma'lum darajada yaxshilashi mumkin . Logoped va pedagog - defektolog MMD sindromining dastlabki belgilarini bilishi muhim . Hayotining birinchi yilida bu sindromning asosiy belgilari " kichik nevrologik belgilar " nomi bilan yuzaga keladi : emadigan bolalarda , odatda , faol harakatlarga xalaqit bermaydigan , biroq turg'unligi bilan farqlanuvchi mushak tonusining yengil buzilishi , tremor ko'rinishidagi yaqqol ifodalanmagan ixtiyorsiz harakatlar , umumiy titroq sensomotor rivojlanishning kechikishi ( ayniqsa , ko'ruv - motor koordinatsiyasi ) , mayda qo'l motorikasi differensiyalashgan harakatlarining rivojlanishining orqada qolishi , predmet - manipulyativ faoliyat shakllanishining sekinlashuvi . Yuqoridagi barcha belgilar yengil nevrologik simptomatikada ko'rish mumkin . Nutq buzilishlari , ko'pincha erkak jinsiga mansub shaxslarda yuzaga keladi . So'nggi yillar tadqiqotlarida odam jinsiga qarab o'ng va chap ( nutqiy ) gemisferalar ( yarimsharlar ) rivojlanishida farq borligi ko'rsatib berildi . Chap yarimshar asosan nutqiy funksiyani amalga oshiradi , o'ng yarimshar esa ko'ruv - fazoviy gnozisni amalga oshiradi . O'g'il bolalarda qizlarga nisbatan o'ng yarimshar tezroq shakllanadi . Qiz bolalarda esa , aksincha , chap yarimsharlar tezroq shakllanadi va shunga bog'liq birmuncha erta muddatlarda ularda nutq rivojlanishi aniqlanadi . Bundan tashqari qiz bolalarda birmuncha yaqqol ifodalangan yarimsharlararo o'zaro ta'sir erta shakllanadi . Bu ularda miya jarohatlanishini kompensatsiyalashda yaxshi yordam beradi . Bundan tashqari o'g'il bolalarda nutq buzilishlarining ko'p uchrashiga xromosoma tuzilishidagi o'ziga xos o'zgarishlarga bog'liq ravishda intellektual va nutq buzilishlari sabab bo'lishi mumkin . Bolalarda nutq buzilishlarining kelib chiqishida miyaning erta organik jarohatlanishlari katta rol o'ynaydi . Emotsional - deprivatsiya katta ahamiyatga egadir ( kattalar bilan emotsional ijobiy aloqaning yetishmasligi ) .. Hayotining birinchi yillarida bola va onaning o'zaro aloqasi buzilishiga alohida e'tibor qaratiladi . Ma'lumki , nutq funksiyasi shakllanishi uchun hayotning birinchi yilida normal rivojlanish muhim ahamiyatga ega . Bu esa bolaning ona bilan yoki o'ziga yaqin bo'lgan boshqa kishilar bilan to'g'ri o'zaro munosabat bo'lishini talab etadi . Nutq buzilishlari turli xil noqulay omillarning bola miyasiga va uning keyingi rivojlanishiga ta'sir etishi natijasida ham kelib chiqadi . Bunday nutq buzilishlarining tuzilishi zararli omilning ta'sir etish vaqti va miya jarohatlanishi o'chog'iga bog'liq ravishda farqlanadi . Miya jarohatlanishida lokalizatsiya jarohatlanish darajasi va nutq buzilishlari aspekti bo'yicha va keyingi asoratlari orasida to'la bir - biriga bog'liqlik bo'lmaydi . Bolalardagi chap gemisferalarning tug'ma yoki erta orttirilgan jarohati ko'pincha nutq buzilishlariga olib kelmaydi ( jarohatlanish nutqqacha bo'lgan davrda hosil bo'ladimi yoki shakllanib boʻlgan nutq davridami , bundan qat'iy nazar ) . Bu fikr 100 yil avval ko'rsatilgan va so'ng tadqiqotlarda tasdiqlangan . Kattalarda shunga o'xshash jarohatlar ma'lum o'ringa ega bo'ladi . Ma'lumki , yaxshi rivojlangan nutqqa ega bolaning kalla suyagi travmasi kattalarga qaraganda afaziyani ancha kam keltirib chiqaradi . Miya plastikligi ma'lum darajada miya tuzilishining yetilmaganligi bilan belgilanadi . Bu bilan bola miyasining jarohatlanish o'chog'i va og'irligi orasida va nutq buzilishlarining kelib chiqish chastotasi orasida aniq bir biriga bog'liqlikning yo'qligi tushuntiriladi . Adabiyotlarda shunday nazariya keltirilgan , erta yoshlarda bolaning chap gemisferalarining , hatto butunlay olib tashlaganda ham maxsus nutq buzilishlari kelib chiqmasligi mumkin . Bu holat bola miyasining plastikligi bilan , qolaversa , bolaning yetilmagan miyasida biroz bir – biriga aralashganroq nutq zonalarining borligi bilan izohlanadi . Nerv tizimi plastikligi va nevronlar mielinizatsiyalanishi darajasi orasida teskari kam yetilsa plastikligi shuncha oshadi . bog'liqlik mavjud : mielinizatsiya qancha kam bo'lsa , ya'ni ular qancha Bu shunda namoyon bo'ladiki , o'zining jarohatlangan tomonida sinapsni ( nerv hujayralari orasidagi aloqani amalga oshiruvchi ) shakllantira olmaydigan nerv hujayrasining aksoni , uni sog'lom yarimsharda shakllantirishi mumkin . Biroq bu faqat bir holatda amalga oshadi , agar miya po'stloq bo'limlari mielinizatsiyasi hali tugamagan bo'lsa va sog'lom yarimsharda barcha sinaptik hosilalar shakllanib bo'lmagan bo'lsa . Erta yoshlarda bola bosh miyasi po'stlog'ining bir tomonlama jarohatlanishi kattalarga qaraganda o'zgacha sifatli buzilishlarni keltirib chiqaradi . Agar kattalarda afaziya , odatda , dominant chap yarimshar jarohatlanishi natijasida yuzaga kelsa , bolalarda ular ko'pincha ikkala yarimshar jarohatlanishi natijasida yuzaga keladi . Bundan tashqari , hatto o'ng yarimsharlarning ( odatda , subdominant ) jarohatlanishi nutq rivojlanishida ma'lum miqdordagi buzilishlarni keltirib chiqarishi mumkin . Bu holda , maktabgacha yoshda nutq buzilishlarini keltirib chiqaruvchi ekzogen - organik omillarning rolini baholashda quyidagilarni hisobga olish muhim : vaqt , jarohat xarakteri va lokalizatsiyasi , bola nerv tizimining plastik xususiyati , shuningdek , miya jarohatlanish vaqtida nutq funksiyasining shakllanganlik darajasi . Nutq buzilishlari etiologiyasida nasliy omillar ham ma'lum ahamiyatga ega . Ko'pincha , ular , hatto ahamiyatsiz omillar ta'siri ostida nutq patologiyalarini yuzaga keltiruvchi " moyillik " vazifasini bajaradilar . Ayrim holatlarda nasliy omillar boshlovchi sabab sifatida ishtirok etadi . Masalan , adabiyotlarda shunday ma'lumotlar keltiriladi : tanglay yoriqligi bilan shartlangan rinolaliya 10 % - 30 % hollarda nasliy omillar bilan bog'liq bo'lishi mumkin . ( P.G. Svetlov , 1962 - yillar A.Ya. Piskunov , 1960 va boshqalar ) . A.E. Gutsman ( 1980 ) ma'lumotiga ko'ra rinolaliyaning nisbiy shakllari chastotasi bor - yo'g'i 1,31 % ni tashkil etar ekan . S.A. Gridnev ( 1976 ) ma'lumotiga ko'ra , duduqlanuvchilar orasida nasliy og'irlik 17,5 % ni tashkil qiladi . Yozma nutq buzilishlarining kelib chiqishida ( disgrafiya , disleksiya ) nasliy omillarning roli aniqlangan . Nutq buzilishlarini kelib chiqishida nasliy omillar , odatda , ekzogen - organik va ijtimoiy omillar bilan birgalikda keladi . Shuningdek , ular ayrim nutq buzilishlarning keltirib chiqarishda boshlovchi omil bo'lib xizmat qiladilar . Bularga xromosoma sindromi va nerv tizimining nasliy - degenerativ kasalliklarida kuzatiluvchi nutq buzilishlari nomi bilan alohida guruhni tashkil qiladi . Ularning xususiyati kasallikning o'zidan kelib chiqadi . Xromosoma sindromlari ( yoki xromosoma kasalligi ) tug'ma hisoblanadi va odatda , progridient oqimga ega bo'lmaydi . Deyarli barcha xromosoma sindromlarida bolaning jismoniy , nerv - psixik rivojlanishida orqada qolish kuzatiladi , shuningdek , u yoki bu darajada nutq rivojlanishi ham buziladi . Xromosoma sindromi ikki guruhga bo'linadi : Birinchi guruh - autosoma strukturasi yoki sonining o'zgarishi bilan bog'liq sindromlar . Ikkinchi guruh jinsiy xromosomalarning o'zgarishi bilan bog'liq sindromlar . Birmuncha yaqqolroq ifodalangan nutq rivojlanishidagi buzilishlar va nutq kamchiliklari birinchi guruh sindromlarida kuzatiladi . Ular , odatda , intellekt yetishmovchiligi aniq nuqsonlar va rivojlanish anomaliyalari bilan birga qo'shilib keladi . Bunga Daun kasalligidagi nutq buzilishi misol bo'la oladi . Bu sindromda nutq buzilishlari polimorfdir : nutqning to'liq rivojlanmaganligi , dizartriya , gohida duduqlanish. Perseveratsiyalar bilan birga qo'shilib keluvchi nutq tempining tezlashuvi , shuningdek , harakatning tormozlanganligi , affektiv buzilishlar bu sindromga xarakterlidir. Nerv tizimining nasliy - degenerativ kasalliklari genetik ma'lumotning o'zgarishi bilan namoyon bo'ladi . Ularning asosida gen mutatsiyalari yotadi . Bu gen mutatsiyalari ayrim oqsil strukturalari yoki fermentlar sintezini izdan chiqaradi. Bu turli xil buzilishlarni keltirib chiqaradi . O'ziga xos nutq buzilishlari fenilketonuriyada ham kuzatiladi . Fenilketonuriya nasliy kasallik bo'lib , fenilalanin moddasi almashinuvi buzilishidan kelib chiqadi . Bu nutq buzilishlarining barchasi nerv tizimi nasliy almashinuv kasalliklari strukturasidagi sindromlar sifatida qabul qilingan . Erta boshlangan davolov ishlari ma'lum darajada kasallikning og'ir kechishini, intellektning keyinchalik pasayishini va nutqning to'la rivojlanmaganligini oldinroq ogohlantirish mumkin Demak , nutq buzilishlarini keltirib chiqaruvchi etiologik omillar murakkab va polimorfdir . Nasliy moyillik , noqulay muhit va jarohatlar qo'shilib kelishi birmuncha ko'proqdir . yoki turli xil noqulay omillar ta'siri ostida miya shakllanishining buzilishi Nutq buzilishlari etiologiyasining muhim muammolari quyidagilardir : 1. Miya jarohatlanishi vaqti , xarakteri va o'chog'ini hisobga olgan o'rganish . holda po'stloq genezi ( alaliya , afaziya ) sistemali nutq buzilishlari sababini 2. Turli xil ko'rinishdagi nutq buzilishlarining kelib chiqishida nasliy omillar rolini aniqlash . 3. Duduqlanishning turli xil shakllarini keltirib chiqarishga moyil sharoitlar va sabablarni batafsil o'rganish . 4. Nutq buzilishlarining tarqalganligi va uning sabablari haqida statistik ma'lumotlarni o'rganish .



Download 117,33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish