Homiladorlik kechishida shaxsiy gigiyenaning ahamiyati Reja: Homiladorlik kechishida shaxsiy gigienaning ahamiyat Homilador ayolning mehnat va dam olish tartibi



Download 13.62 Kb.
Sana09.09.2017
Hajmi13.62 Kb.

Aim.uz

Homiladorlik kechishida shaxsiy gigiyenaning ahamiyati
Reja:

1. Homiladorlik kechishida shaxsiy gigienaning ahamiyat

2.Homilador ayolning mehnat va dam olish tartibi

3. Irsiy kasalliklar va ularni oldini olish

Tayanch iboralar:bandaj, turar joy gigiyenasi, tungi uyqu, homiladorning badantarbiyasi, irsiy kasalliklar.
1. Homiladorlik kechishida shaxsiy gigienaning ahamiyati. Homilador ayol uchun badanini toza tutish juda muhim. Teri kirlariganda uning himoyalash vazifasi pasayadi; ter va yog'lar chiqadigan teshiklar tiqilib yoqimsiz hid keladi" va terda mayda yiringli toshmalar toshishi mumkin. Erta bilan yuz, qo'l, bo'yinni yuvishdan tashqari badanni ho'l sochiq bilan ishqalab artish kerak. Uyqu oldidan ham yuz-qo'l, bo'yin va oyoqlarni yuvish lozim.

Haftada bir marta yaxshilab, sovunlab cho'milish, ichki kiyimlarni va choyshablarni tez-tez almashtirish lozim.

Tez-tez dushda cho'milib turish tavsiya etiladi. Homilador ayollarga issiq vannada cho'milish tavsiya etilmaydi, chunki u bo'shashtiradi va tez cbarchatadi, har-xil kasalliklarni keltirib chiqarishi mumkin. Oyoqlarni issiq suvga solib parlamaslik kerak, chunki bu vaqtdari ilgari tug'ib qo'yishga sabab bo'lishi mumkin. Наг bir ayol ayniqsa homilador ayol tashqi jinsi a'zolarini toza tutishi zarur, aks holda bu a'zolar salga ishib, yiring paydo bo'lishiga, yallig'lanish kasalliklarini keltirib chiqarishi mumkin.

Sut bezlarini tayyorlash. Sut bezlarini tayyorlash, bola tug'ilmasdan ancha erta boshlanadi. Bu bilan ayollar bola emizish jarayonida bo'ladigan ko'krak uchi kelishi va mastit kasalligini oldini oladilar ko'krak yassi yoki botiq bo'lsa uni kuniga 2-3 marta 3-4 minut mashqlar qilishi lozim, buning uchun ko'krak uchiga vazelin yoki boshqa biron moy surtib bosh va ko'rsatkich barmoqlari bilan sirtga qarab ehtiyot bilan cho'zib turiladi. Kiyim kechak siqmasligi lozim, qalin chitdan tikilgan siynaband taqilishi kerak. Homiladorlik normal o'tayotgan bo'lsa, odatdagi turmush tarzini o'zgartirish kerak emas ayol o'z yumushlarini dam olib dam olib, bajaraverishi mumkin. Faqat og'ir narsa ko'tarmaslik, qaltis, keskin harakatlar qilmasligi kerak. Tiniqib kamida sakkiz soat uxlash homilador ayollar uchun muhim ahamiyatga ega.

Tishlarning holati va og'iz. Tishlarni holati va og'iz bo'shlig'iga alohida e'tibor qilish lozim, chunki chirigan tishlar infeksiya manbai bo'lib u tug'riqdan keyin turli kasalliklarga olib kelishi mumkin.

Ko'pincha homilador ayollar tishlari og'riydi, milklari yumshab qon oqadigan bo'lib qoladi, shuning uchun tez-tez tish doktoriga uchrab turishi kerak. Og'iz bo'shlig'ini toza tutish va kechqurun yotish oldidan tishlarni tozalab yuvish har safar ovqatdan keyin og'izni chayqash kerak.



Turar joy gigienasi. Turar-joy gigienasi xona +0 18-20 S° atrofida bo'lishi va kunda bir necha marta shamollatib turilishi kerak uy ichidagi chariglarni ho'l latta bilan artish kerak. Kunlar iliq paytida doim oynakni ochib qo'yish kerak.

Kiyim va poyabzal. Kiyim va poyabzal: homilador ayollar kiyimi qulay, keng bo'lishi, harakatga halal bermasligi, ko'krak qafasi va qornini qisib qo'ymasligi, yil fasliga mos bo'lishi lozim. Qorinni kattaligini sezdirmaydigan qulay kiyimlar kiyish va bu kiyimlar yaxshi yuviladigan matodan tikilishi lozim. Oyoqqa paypoqni ushlab turadigan aylana rezina paypoq taqish yaramaydi, bu qon aylanishini qiyinlashtirib oyoqning kerikishiga oyoq vena qon tomirlarining varikoz kengayishiga sabab bo'lishi mumkin.

Oyoq venalarining varikoz kengayishida maxsus jasting paypoq kiyish kerak. Qechqurun esa oyoqni ko'tarib yotish kerak.



Homilador ayolning poyabzali qulay, qismaydigan, past poshnali bo'lishi lozim. Agar baland poshnali poyabzal kiysa umurtqaning bel qismi qayishib orqa muskullari zo'riqadi va chanoqda homilani boshi noto'g'ri joylashishiga sabab bo'ladi, qadam tashlayotganda ham behosdan qoqinib ketishiga va vaqtidan avval tug'ib qo'yishga olib keladi.

Bandaj. Homila kattalashgan sari bachadon og'irligi qorin old devorlariga zo'r kelib muskullarning nihoyatda cho'zilib ketishiga, terida taram-taram dog'lar vujudga kelishiga, qorinni osilib, homilani bachadonda noto'g'ri o'rnashib qolishiga sabab bo'lishi mumkin. Bu kabi asoratlarni oldini olish uchun homiladorlikni ikkinchi yarmida qorin devori uchun maxsus babdaj taqiladi, u qorinni qismay, uni ko'tarib turadigan bo'lishi kerak. Uni homiladorlikning 28-30 haftasidan taqilgani ma'qul.

2.Mehnat va dam olish tartibi. O'zbekiston Respublikasida ishlab chiqarishda va muassasalarda, homilador ayollar mehnati qonun bilan himoya qilinadi, ularga ish joyida bir qancha imkoniyatlar, huquq va imtiyozlar berib qo'yilgan. Uy sharoitida o’zini ortiqcha toliqtirmasligi, uy yumushlarini osoyishta bajarishi lozim. Shu bilan birga ko'p o'tirish va yotish zararlidir bunda ayol, semirib ketishi, ich qotishi va ayniqsa muskullari bo'shashib, tug'ishga qiynalishi mumkin. Keskin harakat qilish va og'ir narsa ko'tarish, oyoq mashinkada tikish, velosiped va otda yurish kabi sport turlari bilan shug'ullanish mumkin emas.

Tungi uyqu. Kech soat-10 dan ertalabki soat 6 gacha bo’lgani ma'qul. Sayr 8-9 soatdan kam bo'lmasligi kerak -yozda ertalabki 8-10 gacha, qishda esa 10-13 gacha bo’lgani ma'qul, chunki bu paytda sochma ul'trabinafsha nurlari ko'p bo'ladi. Homiladorlik davrida transportda uzoq yurish mumkin emas, dard tutib qolishi mumkin, bundan tashqari bemor kishilardan uzoqroq yurish kerak, biror kasallik yuqsa homiladorlik kechishi murakkablashadi.

Ovqatlanish. Uni to'g'ri tashkil qilish alohida ahamiyatga ega. Bu vaqtda organizmdagi barcha jarayonlar tezlashadi: Bachadon rivojlanadi, homila o'sadi, moddalar almashinuvi kuchayadi. Yangi yaxshi tayyorlangan taom organizmni doimo kerakli bo’lgan kuch-quvvat bilan ta'minlab turadi. Homiladorlikda vaznining 8-12 kilogramm ortishi me'yor hisoblanadi. Me'yordan ko'p ovqatlanish natijasida vazni og'ir, muskullari "bo'sh", yaxshi rivojlanmagan "xom semiz" chaqaloq tug'iladi. Yetarli ovqatlanmaslik esa bola tashlashga, chaqaloqning yashash qobiliyati kamayib ketishiga, uning o'lik tug'ilishiga, onalar va bolalar o'limiga olib kelishi aniqlangan. homilador ayol spirtli ichimliklar ichmasligi, tamaki chekmasligi kerak va ayniqsa homiladorlikning birinchi oylarida shifokorning ruxsatisiz dori ichmasligi kerak, shuningdek achchiq va sirka quyilgan ovqatlardan o’zini tiyishi lozim. Ko'proq qaynatilgan, parda pishgan ovqatlar, sut, tvorog, pishloq, salatlar yeyish kerak.

Homiladorlar badantarbiyasi: homiladorlar badantarbiyasi - muhim o'rin egallaydi, u shifokor ruxsati bilan amalga oshiriladi. Davolovchi badantarbiya bilan muntazam shug'ullanish homilador organizmining umumiy holatini yaxshilaydi, yurak-qon tomir, asab sistemalari, ovqat hazmini yaxshilaydi. Ona va bola yetarli miqdorda kislorod bilan ta'minlanadi. Mana shu davrda homilador to'g'ri nafas olishga o'rganadi, ko'krak-qorin, tos suyagi osti va oyoqlardagi harakatsizlik yo'qoladi, badantarbiya bilan shug'ullangan ayollarda tug'ruq tez va engil o'tadi.

Agar yuqondagi tavsiyalarga og'ishmay amal qilinsa homiladorlik yaxshi kechib, sog'lom bola tug'iladi. Ammo shunday hollar ham bo'ladiki, bu davrda turli asoratlar vujudga kelishi mumkin.



3. Irsiy kasalliklar va ularni oldini olish. Irsiy kasalliklar kelib chiqish sabablari ko'p, lekin yaqin qarindoshlar nikohidan tug'ilgan bolalarda bu ko'rsatkich yuqon bo'ladi. Sababi yaqin qarindoshlardagi nuqsonlar chatishish natijasida tezda namoyon bo'lishiga sharoit tug'iladi, agar bolalar sog'lom tug'ilsa ham ulardan keyingi avlodda bu nuqsonlar yuzaga chiqishi mumkin.

Masalan: Dominantlikka xos irsiyatni tekshirishda bolaga kasallik ota-onaning bittasida bo'lsa ham o'tishi mumkin.

Retsessiv o'tishda esa kasal bola sog'lom ota-onadan tug'iladi bunda bu kasalliklarni qarindoshlar ichidan topish mumkin (Amaki, akalari, opalari, tog'alari, xolasi). Har bir ota-onaning yarim jinsiy hujayrasi mutant gen tashiydi. Bu kasalliklar ko'pincha ona tomonidagi qarindoshlarda namoyon bo'ladi. Kasal bo'lib ko'proq o'g'il bolalar tug'iladi, Qizlar esa gen tashuvchilar bo'ladi.


Nazorat uchun savollar:

1. Shaxsiy gigiena deganda nimani tushunasiz?

2. Shaxsiy gigiena qoidalariga rioya qilishning homilaga aloqasi.

3. Tishlar holati, karies nima?

4. Homilador ayollar qanday kiyinishlari kerak va o'zingizning shaxsiy fikringiz.

5. Mehnat va dam olish rejimi deganda nimani tu­shunasiz?



6. Homiladorlik toksikozi nima? Kelib chiqish sabablari va oldini olish choralari.


Aim.uz



Do'stlaringiz bilan baham:


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2017
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa