D. A. Mamatqulov bolalar anatomiyasi va fiziologiyasi asoslari


Nafas  harakatlarining  boshqarilishi



Download 3,07 Mb.
Pdf ko'rish
bet112/187
Sana29.12.2021
Hajmi3,07 Mb.
#82154
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   187
Bog'liq
Bolalar anatomiyasi

        Nafas  harakatlarining  boshqarilishi.  Nafas  olgandan  keyin  nima  uchun 
nafas  chiqarilishi,  nafas  chiqargandan  keyin  esa  nima  uchun  nafas  olinishi  
to‗g‗risida  kamdan-kam  odam  o‗ylaydi.Vaholanki,  yurakning  faoliyati  bilan 
organizmning oziq moddalariga bo‗lgan ehtiyoji orasida uyg‗unlik bor. 
        Nafas  chiqarilganda  o‗pka  hajmining  kichrayishi  o‗pka  pufakchalari 
devoridagi retseptorlarni siqadi va mexanik suratda ta‘sirlaydi. Retseptorlarda hosil 
bo‗lgan  qo‗zg‗alish  markazga  intiluvchi  nervlar  orqali  nafas  olish  markaziga 


103 
 
boradi. Nafas olish markazi neyronlar gruppasidan iborat bo‗lib, bu neyronlar bosh 
miya sopida yotadi. Qo‗zgalish bu yerdan orqa miyaga beriladi, orqa miyadan esa 
qovurg‗alararo  tashqi  muskullarning  va  diafragmaning  markazdan  qochuvchi 
nervlariga  o‗tadi.  Ko‗zg‗alish  muskullarga  borib  yetgach,  ularni  qisqartiradi. 
Buning  natijasida  nafas  olinadi.  Demak,  nafas  olish  nafas  chiqarish  orasida  hosil 
bo‗lgan ta‘sirlanishga bo‗lgan refleksdir. 
       Nafas  olish  vaqtida  o‗pka  kengayishi  bilan  o‗pka  pufakchalarining  boshqa 
retseptorlari o‗z-o‗zidan ta‘sirlanadi. Retseptorlarda hosil bo‗lgan qo‗zg‗alish nafas 
olish markaziga borib, uning faoliyatini tormozlaydi. Buning natijasida nafas olish 
markazi  nafas  olish  muskullariga  qo‗zg‗alish  yubormaydi.  Muskullar  bo‗shashadi 
va  bunda  nafas  chiqariladi,  nafas  chiqarish  nafas  olish  sababli  vujudga  kelgan 
ta‘sirlanishga bo‗lgan refleksdir. Shunday qilib, har safar nafas chiqarilishi, albatta 
nafas  olishga  sabab  bo‗ladi  va  har  safar  nafas  olgandan  keyin  nafas  chiqarish 
zarurdir.  Nafas olish harakatlarining qanchalik tez va chuqurligi  tashqi  muhitning 
xilma-xil ta‘sirlovchilariga ham bog‗liq bo‗lishi mumkin. 
        Ba‘zan,  tashqi  muhitning  ta‘sirlovchilari  nafas  olish  harakatlarining  juda 
o‗zgarib  ketishiga  sabab  bo‗ladi,  bu  harakatlar  himoya  reflekslaridir.  Masalan, 
nafas  olinganda  kirgan  havoda  qattiq  zarrachalar  bo‗lsa,  burun  bo‗shlig‗i  bilan 
hiqildoq  retseptorlari  ta‘sirlanadi.  Retseptorlarda  hosil  bo‗ladigan  qo‗zg‗alish 
markazga  intiluvchi  nervlar  orqali  nafas  olish  markaziga  borib,  odamning  aksa 
urishiga  yoki  yo‗talishiga  sabab  bo‗ladi.  Bu  o‗ziga  xos  bir  tarzda  o‗zgargan  juda 
tez  nafas  chiqarish  bo‗lib,  nafas  yo‗llariga  kirib  qolgan  begona  zarrachalarning 
tashqariga chiqarib yuborilishiga sabab bo‗ladi. 
        Gumoral  ta‟sirlar.  Nafas  olish  markazi  orqali  oqib  o‗tadigan  qondagi 
karbonat  angidridni  bu  markaz  juda  tez  sezadi.  Muskullar  holatining  har  qanday 
kuchayishida  qonda  karbonat  angidrid  miqdori  ortadi.  Buning  oqibatida,  nafas 
olish markazining  qo‗zg‗alishi kuchayadi. Bu esa ancha tez va chuqur nafas olish 
harakatlarining  vujudga  kelishiga  sabab  bo‗ladi.  Muskullar  ishi  to‗xtagandan 
keyin,  qon  karbonat  angidridning  ortiqcha  qismidan  juda  tez  xalos  bo‗ladi.  Nafas 


104 
 
olish  markazining  qo‗zg‗alishi  susayadi,  odam  esa  nafas  ola  boshlaydi.  Jismoniy 
mehnat  organizmning  kislorod  bilan  ta‘minlanishini  avtomatik  suratda 
kuchaytiradi.  
       Bola  tug‗ilganda  birinchi  marta  nafas  olishining  sababi ham  nerv  sistemasiga 
bo‗lgan  gumoral  ta‘sirdir.  Ona  organizmidan  ajralib  chiqqan  chaqaloq  qonida 
karbonat  angidrid  to‗planadi.  Bu  esa  nafas  olish  markazini  qo‗zgatadi.  Hosil 
bo‗lgan  qo‗zgalish  markazdan  qochuvchi  nervlar  orqali  muskullarga  o‗tkaziladi, 
muskullarning  qisqarishi  natijasida  bola  nafas  oladi.  Nafas  olish  reflektor  holda 
nafas chiqarilishiga sabab bo‗ladi va muntazam nafas olish harakatlari boshlanadi. 

Download 3,07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   187




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish