Adolf Faller. “Michael Schuenke –The Human Body-“An Introduction to Structure and
Function”Thieme Stuttgard” New York http:
www.bestmedbook.com
2004. 338-bet
98
paylari tarang tortiladi nafas olinganda kirgan havo bu paylarni tebranma harakatga
keltiradi bu vaqtda ovoz chiqadi. Hiqildoq nafas yo‗lining bir qismi bo‗libgina
qolmay, balki ovoz chiqarish a‘zosidir.
Kekirdak va bronxlar. Havo hiqildoqdan o‗tib, kekirdakka keladi. Kekirdak
- uzunligi 10-12 sm keladigan naydir. Kekirdak skeleti 15-20 dona ustma-ust
joylashgan yarim xalqasimon tog‗aylardan iborat. Tog‗aylar orasida, shuningdek
ularning orqa tomonga qaragan tutashmagan uchlari orasida biriktiruvchi to‗qima
pardasi bor, bu pardada silliq muskul tolalari bo‗ladi. Tog‗aylar kekirdakni old va
yon tomonlardan o‗rab turadi. Tog‗ay xalqalar uchining kekirdak orqa tomonida
bir-biri bilan tutashmaganligi shu kekirdak orqasida joylashgan qizilo‗ngachdan
ovqatning bemalol o‗tshini ta‘minlaydi. Kekirdakning pastki uchi ikkita bronxga
bo‗linadi. Bu bronxlardan biri o‗ng o‗pkaga, ikkinchisi chap o‗pkaga kirib
tarmoqlanadi, bu tarmoqlar ko‗p marta bukilib, bronxial tarmoqlar hosil qiladi.
Yirik bronxlar devorida tog‗ay xalqalar bor, mayda bronxlar devorida esa bunday
xalqalar bo‗lmaydi, ular muskul xalqa qavati bilan o‗ralgan. Juda mayda bronxlar
o‗pka pufakchalari bilan tamomlanadi, ularning yupqa devorlarida qon
kapillyarlaridan iborat qalin to‗r bilan qoplangan bo‗rtmalar - katakchalar bo‗ladi.
Kekirdak bilan bronxlarning ichki tomoni parda bilan o‗ralgan, bu pardada
shilimshiq bezlar bo‗lib, parda tukli epiteliy bilan qoplangan. Epiteliy tuklarining
harakatlanib turishi chang va mayda begona zarrachalarning o‗pkaga kirishiga
to‗sqinlik qiladi.
O„pka ko‗krak bo‗shlig‗ida joylashgan konussimon g‗ovak a‘zo bo‗lib
to‗qimasida elastik tolalar ko‗p bo‗ladi. Bu to‗qima o‗pkani elastikligini
taminlaydi. O‗pka tashqi tomondan biriktiruvchi to‗qima plevra pardasi bilan
qoplangan. Plevra pardasi ikki qavatdan iborat bo‗lib, bu pardalarni biri o‗pkani
o‗rab turadi, ikkinchisi ko‗krak bo‗shlg‗ini qoplagan bo‗ladi. Ikkala parda orasida
plevra bo‗shlig‗i bo‗lib, bu bo‗shliqda past bosimli havo bo‗ladi. Buning natijasida
o‗pka nafas olish vaqtida bemalol kengayib-torayadi.
99
.
29-rasm. Traxeya va bronxlarning tuzilishi
.
Odam nafas olganda kiradigan havoning 79.3% ga yaqin azot, 20.94% ga
yaqin kislorod, 0,03% karbonat angidrid va boshqa gazlar xisoblanadi. O‗pkadan
chiqadigan havoda 16% kislorod, 4 % karbonat angidrid bo‗ladi; unda azot va
boshqa gazlarning miqdori o‗zgarmaydi, bundan tashqari, o‗pkadan chiqadigan
havo suv bug‗iga to‗yingan bo‗ladi. O‗pkada alveolalaridan kislorod diffuziya
yo‗li bilan qonga, karbonat angidrid gazi qondan o‗pkaga o‗tadi. Diffuziya
qonuniga muvofiq, kislorod o‗pka pufakchalari va kapillyarlar devori orqali qonga
o‗tadi. Bu yerda kislorod qizil qon tanachalari gemoglobini bilan birikadi. Buning
natijasida, o‗pkadagi kislorod bosimi bilan qondagi kislorod bosimi orasidagi
ayirma kislorodning qonga to‗xtovsiz suratda o‗tishini ta‘minlaydigan darajada
bo‗lib turadi. O‗pka xavosidagi karbonat angidridning miqdori va uning bosimi
ham o‗pka pufakchalaridagi kapillyarlar orqali oqib o‗tadigan vena qonidagi
bosimidan ancha past bo‗ladi. Shuning uchun karbonat angidrid qondan o‗pkaga
o‗tadi, u yerdan tashqariga chiqarib yuboriladi.
O‗pka nafas olish va ayiruv organlaridan biri hamdir. Parchalanish
maxsulotlari: karbonat angidrid va suv organizmdan o‗pka orqali chiqarib
yuboriladi. O‗pkaning tuzilishi bilan funksiyalari orasida o‗zaro bog‗lanish bor.
100
Odam o‗pkasi pufakchalarining yuzi 100-120 kv.m ga teng. O‗pka
pufakchalarining va kapillyar yupqa bo‗ladi. O‗pka pufakchalari va kapillyarlari
tuzilishining bu xususiyatlari gazlar almashinuvining juda shiddat bilan borishini
ta‘minlaydi. Venadagi qon ortiqcha karbonat angidridni o‗pkaga o‗tkazadi va
kislorodga boyib, arteriya qoniga aylanadi. Arteriya qoni o‗pka venalari orqali
yurakning chap qismiga, shundan keyin esa katta qon aylanish doirasi
arteriyalariga o‗tib, gavdaning barcha organlariga tarqaladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |