D. A. Mamatqulov bolalar anatomiyasi va fiziologiyasi asoslari


Nafas a‟zolarining yoshga bog„liq xususiyatlari



Download 3,07 Mb.
Pdf ko'rish
bet113/187
Sana29.12.2021
Hajmi3,07 Mb.
#82154
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   187
Bog'liq
Bolalar anatomiyasi

 Nafas a‟zolarining yoshga bog„liq xususiyatlari. 
Bolalarning  yoshi  ortishi  bilan  o‗pkaning  og‗irligi  va  hajmi  ortib  boradi. 
Yangi tug‗ilgan bolalarda ikki o‗pkaning og‗irligi 50-57 g, 1-2 yoshda 225 g, 5-6 
yoshda 350 g, 9-10 yoshda 395 g, 15-16 yoshda 690-700 g, kattalarda esa 1000 g. 
bo‗ladi.  O‗pka  hajmi  yangi  to‗g‗ilgan  bolalarda  70  sm
3
,  1  yoshda  270  sm
3
,  8 
yoshda 640 sm3, 12 yoshda 680 sm
3
, katta odamda esa 1400 sm
3
 bo‗ladi. 
O‗pkaning  o‗sishi  asosan,  alviolla  hujayralarining  ortib  borishi  hisobiga 
bo‗ladi. Bu nafas va gaz almashinuviga ta‘sir qiladi. 
Alviollalar-devorlari  yupqa  bo‗lishi  va  ularning  qon  kapilyarlar  turi  bilan 
o‗ralib  turishi  qon  gazlari  bilan  o‗pka  gazlari  orasida  almashinuv  jarayonlari 
yuzaga chiqishida imqon beradi. 
Yangi to‗g‗ilgan bolalarda alviollalarning soni katta odamlarnikiga qaraganda 
3 marta kam bo‗ladi. Alviollalarning intensiv o‗sishi ayniqsa bolaning 12 yoshidan 
boshlanadi.  Bu  esa  o‗pkaning  yuzasini  ancha  ortishiga  sabab  bo‗ladi,  chunki 
bolalarda gaz almashinuvi intensiv kechib, bola tez o‗sib rivojlanadi. 
Yangi to‗g‗ilgan bolalarda alviollalarning hajmi 0,5mm, 3-4 yoshda 0,12 mm, 
15  yoshda  0,17  mm  keladi.  Yangi  to‗g‗ilgan  o‗g‗il  va  qiz  bolalarda  nafas  olish 
qorin tipida, ya‘ni asosan diofragma hisobiga bo‗ladi. Ko‗krakning yuqori qismlari  
harakati juda kam bo‗ladi. Bola 2 yoshdan tik yura boshlashi bilan ko‗krak qafasi 
vertikal  holatda  ko‗proq  bo‗lib,  bolada  ko‗krak  tipidagi  nafas  olish  taraqqiy  eta 


105 
 
boshlaydi.  Bolaning  3  yoshidan  boshlab  ko‗krak  tipidagi  nafas  olish  yaqqolroq 
vujudga  kela  boshlaydi.  Bolalarda  nafas  olish  kattalarga  nisbatan  tez  va  yuzaki 
bo‗ladi. Bolaning yoshi ortishi bilan o‗pkaning havo sig‗imi ortib boradi. Bolaning 
nafas olishi tez bo‗lgani uchun o‗pkaning ventilyatsiyasi yuqori bo‗ladi. 
Yosh bolalarda organizmning kislorodga bo‗lgan talabi juda yuqoridir, chunki 
bolalarda  energiya  va  moddalar  almashinuvi  juda  intensiv  ravishda  kechadi. 
Masalan:  1  kg.  bola  organizmi  kislorod  bilan  normal  ta‘minlanishi  uchun, 
o‗pkasidan  1  minutda  1400-1500  sm
3
  havo  o‗tishi  kerak.  Katta  odamning  1  kg. 
tirik  massasining  kislorodga  bo‗lgan  extiyojini  qondirish  uchun  esa  300-400sm
3
 
havo  o‗tishi  kerak.  Bolalar  tinch  holatida  va  jismoniy  ish  bajarganda    kattalarga 
nisbatan  tez-tez  nafas  oladi.  Agarda  bolalar  sistematik  ravishda  jismoniy  mashq 
bilan,  ayniqsa  qayiqda  suzish,  voleybol,  yengil  atletika,  suzish  sporti  bilan 
shug‗ullansa,  o‗pkaning  tiriklik  sig‗imi  ortadi.  Bunga  asosiy  sabab,  jismoniy 
mashqlanish  jarayonida  organizmni  kislorodga  bo‗lgan  extiyoji  ortadi,  natijada 
o‗pkaning nafasda ishtirok etadigan yuzasi ham asta-sekin kattalashib boradi. Shu 
bilan birga tomirlardan vaqt birligi ichida o‗pkaga oqib keladigan qon miqdori ham 
ko‗payib boradi, bu esa bolalarda gazlar uchun ancha qulay sharoitlarni yaratadi. 
O‗pka maxsus biriktiruvchi parda plevra bilan qoplangan bo‗ladi. Plevraning 
birinchi  qavati  ko‗krak  nafasi  bilan  diafragmaning  ichki  tomondan  qoplab  tursa, 
ikkinchi  qavati  o‗pkani  o‗rab  turadi.  Ikki  pardaning  oralig‗i  plevra  bo‗shlig‗i  deb 
ataladi va unda tashqi atmosfera bosmdan pastroq havo bo‗ladi. 

Download 3,07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   187




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish