D. A. Mamatqulov bolalar anatomiyasi va fiziologiyasi asoslari


-rasm. O‗pkaning tuzilishi



Download 3,07 Mb.
Pdf ko'rish
bet111/187
Sana29.12.2021
Hajmi3,07 Mb.
#82154
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   187
Bog'liq
Bolalar anatomiyasi

 
30-rasm. O‗pkaning tuzilishi

 
 
To‗qimalarda  doimiy  suratda  oksidlanish  jarayonlari  bo‗lib  turadi,  bu 
jarayonlar  vaqtida  kislorod  sarf  bo‗ladi.    Buning  natijasida,  to‗qimalarda  erkin 
kislorod    bo‗lmaydi.  To‗qimalardan  oqib  o‗tadigan  qonda  esa  kislorod  ko‗p 
bo‗ladi.  Gemoglobin  bilan  birikkan  kislorod  undan  ajralib  chiqadi  va  diffuziya  
yo‗li bilan to‗qima suyuqligiga, undan esa hujayralarga o‗tadi. 
        Tanada  oksidlanish  jarayonlari  hamma  vaqt  sodir  bo‗lib  turganligidan 
to‗qimalarda  ham  karbonat  angidrid  ko‗p  bo‗ladi.  To‗qimalarga  oqib  keladigan 
arteriya  qonida  karbonat  angidrid  ancha  kam  bo‗ladi.  Shuning  uchun,  karbonat 
angidrid  hujayralardan  ular  atrofidagi  to‗qima  suyuqligiga,  to‗qima  suyuqligidan 


101 
 
esa qonga o‗tadi. Arteriya qoni to‗qimalarning kapillyarlaridan o‗tib, kislorodning 
bir qismini yo‗qotadi, karbonat angidridga boyiydi va vena qoniga aylanadi. Vena 
qoni  katta  qon  aylanish  doirasining  venalari  orqali  yurakning  chap  qismiga, 
shundan  keyin  o‗pka  arteriyalari  orqali  o‗pkaga  boradi,  bu  yerda  arteriya  qonga 
aylanadi.  
        Nafas  harakatlari.  Gazlar  normal  ravishda  almashinib  turishi  uchun 
o‗pkadagi havo hamma vaqt almashinib turishi kerak. O‗pkadagi havo nafas olish 
va  nafas  chikarish  vaqtida  almashinib  turadi.  Muskullarning  qisqarishi  natijasida 
ko‗krak  bo‗shlig‗ining  kengayishi  nafas  olinishiga  sabab  bo‗ladi.  Qovurg‗alararo 
tashqi muskullar qisqarganda ko‗tariladi. Buning natijasida, ko‗krak bo‗shlig‗ining 
hajmi  old,orqa  va  yon  tomonga  qarab  kengayadi.  Diafragmaning  qisqarishi 
natijasida  uning  yuqori  tomonga  qaragan  gumbazi  yassilanadi.  Buning  natijasida, 
ko‗krak  bushlig‗i  vertikal  yo‗nalishda  kengayadi.  Ko‗krak  bo‗shlig‗i  hajmining 
ortishi  bilan  bir  vaqtda  o‗pka  ham  kengayadi.  O‗pka  kengaygan  sari  undagi 
havoning bosimi pasayadi. Buning natijasida o‗pka ichiga tashqaridan  havo kiradi, 
ya‘ni  nafas  olinadi.  Nafas  olinganda  qisqargan  muskullarning  bo‗shashuvi 
natijasida  ko‗krak  bo‗shlig‗ining  kichrayishi  nafas  chiqarilishiga  sabab  bo‗ladi. 
Qovurg‗alararo tashqi muskullarning bo‗shashuvi natijasida qovurg‗alar pasaydi va 
ko‗krak  bo‗shlig‗ining  hajmi  oldi,  orqa  va  yon  yo‗nalishida  torayadi.  Diafragma 
bo‗shashganda  unga  past  tomondan  ta‘sir  ko‗rsatuvchi  qorin  organlari  diafragma 
gumbazini  bo‗rttiradi,  oqibatda,  ko‗krak  bo‗shlig‗i  vertikal  yo‗nalishda  torayadi. 
Ko‗krak bo‗shlig‗ining torayishi o‗pka hajmining kichrayishiga va o‗pka ichidagi 
havo  bosimining  ortishiga  sabab  bo‗ladi.  Buning  natijasida  esa  havo  o‗pkadan 
tashqariga  chiqarib  yuboriladi.  Nafas  olinganda  kiradigan  havo  bilan  o‗pkadan 
chiqadigan  havoning  hajmini  spirometr  yordami  bilan  o‗lchash  mumkin.  Katta 
yoshdagi  odam  nafas  olganda  o‗pkasiga  500  kub  sm  havo  kirib,  nafas 
chiqarganda o‗pkadan huddi shuncha havo chiqaradi. Chuqur nafas olingan vaqtda 
ko‗krak  bo‗shlig‗i  nafas  olingandagiga  qaraganda  ko‗proq  kengayadi.  Buning 


102 
 
sababi  shuki,  chuqur  nafas  olinganda  qovurg‗alararo  tashqi  muskullar  bilan 
diafragma bilan bir qator boshqa muskullar ham qisqaradi. 
       Katta  yoshdagi  kishilarda  o‗pkaning  tiriklik  sig‗imi  2000  kub.  sm  dan  6000 
kub.  sm  gacha,  15  yoshli  o‗smirlarda  esa  o‗rta  hisob  bilan  2600  kub.  sm 
chamasida  bo‗ladi.  O‗pka  tiriklik
 
sig‗imining
 
katta-kichikligi  odamning  jismoniy 
jihatdan qanchalik rivojlanganligini ko‗rsatuvchi eng muhim omillardan biridir. 
 
Tinch  holatda  nafas  olinishi  va  nafas  chiqarilishi  vaqtida  bo‗ladigan  nafas 
olish harakatlarining soni odamning  yoshiga bog‗liq. Chaqaloq  bola  minutiga 30-
45 marta, 14-15 yoshdagi o‗smir 20 marta, katta yoshdagi odam 16-18 marta nafas 
olib, nafas chiqaradi. 
 
Har  qanday  ish,  ayniqsa  jismoniy  ish  bajarilganda  organizm  sarf  qiladigan 
energiya  ortadi.  Buning  natijasida  oksidlanish  jarayonlari  kuchayadi  va  kislorod 
ortiq  sarf  bo‗ladi.  Nafas  olish  muskullari  yaxshi  rivojlanmagan  odamda 
organizmning kislorodga bo‗lgan ehtiyoji ortgan vaqtida bu ehtiyoj nafas olish va 
nafas  chiqarish  sonining  oshirilishi  hisobiga  qondiriladi.  Buning  natijasida  nafas 
qisiladi  va  ishni  to‗xtatish  zarur  bo‗lib  qoladi.  Nafas  olish  muskullari  yaxshi  ri-
vojlangan  va  o‗pkasining  tiriklik  sig‗imi  katta  bo‗lgan  odamda  organizmning 
kislorod  bilan ta‘minlanishi, asosan, chuqur nafas olish yo‗li bilan kuchaytiriladi. 
Nafas olish muskullarini chiniqtirish va o‗pkaning tiriklik sig‗imini oshirish uchun 
jismoniy  mehnat  qilishni,  ertalabki  badan  tarbiya  bilan  shug‗ullanishni  nafas 
olishda  va  nafas  chiqarishda  ishtirok  etadigan  muskullarni  rivojlantiruvchi 
mashg‗ulot bilan shug‗ullanish kerak. 

Download 3,07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   187




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish