Çolpan’in köŞe yazilari (İnceleme-metiN)


partiyalari va mumtoz xalq qo‘shiqlari ijrochisi



Download 4,95 Mb.
Pdf ko'rish
bet212/229
Sana13.07.2022
Hajmi4,95 Mb.
#791179
1   ...   208   209   210   211   212   213   214   215   ...   229
Bog'liq
yokAcikBilim 10166144


partiyalari va mumtoz xalq qo‘shiqlari ijrochisi. 
«Bokudagi… texnikumga kiradi…» – 1925 yili bir guruh talantli o‘zbek yoshlari: 
H.Nosirova, S.Olimov, X.Xo‘jayeva, N.Aliyeva va boshqalar Bokudagi M.F.Oxundov 
nomli teatr texnikumiga o‘qishga yuborilgan. H.Nosirova texnikumni 1927 yili 


450 
tamomlab, drama teatri artisti sifatida ish boshlagan. 1939 yildan O‘zbek davlat opera va 
balet teatri solisti. 
«Gulsara» – Komil Yashin asari. 1934 – 1935 yillarda yozilgan. Muallifning 
«O‘rtoqlar» (1930), «Yondiramiz», «Ichkarida» (1932) pesalarining qayta ishlangan 
nusxasi. 
«Ikki kommunist» – K.Yashin pesasi. 1928 yilda yozilgan. 1934 yilda qayta 
ishlangan nusxasi «Tor-mor» deb atalgan. 
Tixonovich V. – 20 – 30-yillarda Hamza nomidagi teatrda bir necha asarlarni 
sahnalashtirgan rejissyor. 
To‘ychi aka Toshmuhamedov (1868 – 1943) – mashhur hofiz. Mehnat qahramoni 
(1927). 1900 yilda Eron, Turkiya, Misr, Italiya va Hindiston bo‘ylab ijodiy safar qilib, 
shu mamlakat xalqlarini o‘zbek qo‘shiqchilik san’ati durdonalari bilan tanishtirgan. 
Hoji Abdulaziz Abdurasulov (1852 – 1936) – mashhur hofiz, Samarqand xalq 
ashulachilik maktabining yirik namoyandasi. O‘zbekiston xalq artisti (1932). 
Domla Halim Ibodov (1978 – 1940) – O‘zbekiston xalq hofizi (1931). 19 yoshidan 
boshlab keng diapazonli, kamyob lirik ovozi va ijrochilik mahorati bilan dong qozongan, 
ko‘plab maqomchi xonandalarga ta’lim bergan. 
3.2.65.
 
Sahna Sirlariga Oshno San’atkor (1935) 
(Xizmat ko‘rsatgan artist Lutfulla Narzullayev) 
O‘zi o‘rta bo‘ylik, o‘rta jussalik, kulgan vaqtida kulgisini butun yuziga yoyib 
yuborib – keng-keng kuladi; birovga qarab kulganida ko‘prak ko‘zlari, ayniqsa, 
ko‘zlarining ikki chekkasi harakat qiladi. Yuzida eski turmush beparvoligining izlari 
qolg‘an: bilinar-bilinmas chechak dog‘i… 
Sahnaning yuz o‘zgartirish (grim) degan narsasi bu yosh odamning yuzlarini 
boshqa har bir akto‘r kabi halitdan qarita tushgan, yuzida yuqoridan quyig‘a tomon bir 
necha ajin cho‘zuladi. Lutfulla* yoyilib kulganda u ajinlar boy kamalakday yaqqol 
gavdalanadilar. Ovoz, odatda, uncha erkakcha emas, ingichkarak. Lutfullaning qudrati 
ham shundaki, o‘sha ingichka ovozini o‘z joyida yanada ham ingichkalashtirmak bilan 
(«Hujum»da* Eshon) tomoshachiga unutilmas zavqlar beradi. 


451 
1926 yillarda bo‘lsa kerak, Lutfulla Maskov dram istudiyasining talabasi edi. Uni 
o‘shanda birinchi martaba butun dunyoga dong chiqarg‘an fransuz adibi Mo‘lyerning 
mashhur «Xasis» degan asarida ko‘rdim. U vaqtda Lutfulla, agar yanglishmasam, oddiy 
bir xizmatchi ro‘lini o‘ynardi. Nihoyat darajada yengil va sho‘x o‘ynagani uchun 
istudiyalilardan uning kimligini so‘radim, «Buxorodan kelgan yosh kuchlardan biri», – 
dedilar. Shu uchun bo‘lsa kerak, uning va u bilan kelgan yoshlarning tillarida 
o‘zbekchaning g‘aliz bir so‘zlanishi bo‘lardi. Keyincha Lutfulla, Sa’dixon*, Isomov* va 
Sharif o‘rtoqlar* u g‘alizliqni yenga oldilar. Sahnada biz hozir hech bir til g‘alizlig‘i 
sezmaymiz. 
Lutfulla Buxoro shahar o‘zbekchasining o‘sha g‘alizlig‘idan ham, yuqorida 
aytganimdek, juda yaxshi foydalana bildi. «Hujum»dagi Eshon ro‘lining Lutfullaga 
«quyulib tushganini» hamma biladi, shu «quyulib tushush» sabablaridan biri, shubhasiz, 
haligi g‘alizliqdir. Negakim uni bizning Lutfulla juda ustalik bilan yog‘day silliq qilib 
o‘tkazadi va biz sezmay qolamiz! 
«Hujum» naqadar g‘ayrijiddiy va yengiltak narsa bo‘lsa ham, o‘zbek sovet 
sahnasida bir necha yil guldek umr ko‘rdi. Uni jiddiy ishdan so‘ng chinakam dam olmoq 
istagan tomoshachi hamma vaqt ko‘nguldan olqishladi. Buning bosh sababi, albatta, 
sahnamizning original kulgi asarlarga bo‘lgan ehtiyoji edi. Sovet dram yozuvchilarining, 
umuman, qalam ahlining yuzini qizartib bo‘lsa ham shu yerda aytish kerakki, yaxshi kulgi 
asarlarga bo‘lgan ehtiyojimiz hali hech bir qoniqtirilg‘ani yo‘q. Biz tarjuma yo‘li bilan 
G‘arb va rus klassiqlarini yana ko‘p ko‘rsatishimiz kerak. Faqat original kulgi asardan 
maydonda hech narsa yo‘q! Bu esa, hech shubhasiz, g‘ayritabiiy bir hol. 
«Hujum» piyesasi sahnaga chiqqan holatida faqat uch muhim omilning qo‘lida 
bo‘ladi va shular uning g‘alabasini ta’min etadilar: 1. Tursun O‘roz o‘g‘li (Qalandar 
bola). 2. Eshon. 3. Tabib. Shu uch omilning cholg‘u tiyotrida barbod qilinishi butun 
asarning ham sahnada nest va nobud qilinishig‘a sabab bo‘ldi. Muzaffar otaning 
«Hujum»i Lutfullasiz, Sa’dixonsiz va Sorasiz «Hujum» – sog‘lom kulgi beraturg‘an 
tomosha emas*, tomoshachining g‘azabini keltiraturg‘an bir onglashilmaslik edi. Usta 
aktrisa Lutfixonimning* u qadar yengil sakrashlari ham haligi kamlikni to‘ldira olmadi. 
«Hujum» yana sahna yuzini ko‘raturg‘an bo‘lsa, ishchi tomoshabin, o‘zining eski 
qadrdonlarig‘a yana qovushmog‘i lozim. 


452 
Har qanday ijodiy asarni ham ishlab pishitadilar. Shoirning she’ri, nasrchining 
ro‘mon yo hikoyasi, bastakorning cholg‘u asari, cholg‘uchining bajarmasi, hatto 
zargarning chiroyliq baldoq yo shokildasi, yo‘nmachi ustaning nafis ishlangan yo‘nmakor 
asari… bular hammasi ishlanish orqasida pishadi, yetiladi, qimmatli asar holiga keladi. 
Bu narsa, ayniqsa, tiyotrda ko‘p seziladi. Tiyotrda yaxshi akto‘r ro‘lni ishlab 
pishitaturg‘an akto‘rdir. Lutfulla bu xususda ko‘plarga o‘rnak bo‘la biladi. Biz 
Lutfullaning o‘yinlarida bir narsani doim ochiq ko‘rib va sezib turamiz, u ham bo‘lsa 
tabiiylik. Shu uchun emasmiki, «Qo‘zi buloq»da* qizning otasi ro‘lini o‘ynarkan, bir 
qancha 
replikalari 
bilan 
zalni 
shirin-shirin 
kulduradi. 
«Hamlet»da ham shunday. Undagi Poloniy eslik, ziyrak, bilimdon va mustaqil fikrli 
shahzoda Hamletga qarshi qo‘yilg‘an esi past, mahmadona, sayoz bilimli va qat’iyan o‘z 
fikri bo‘lmagan ahmoq bir choldir. Shekspir unga shu tavsifga yarasha so‘z bergan. Agar 
u so‘zlarni eplab, kelishtirib aytolmasa, cholning sahnada borligi quruq bir suratdan iborat 
bo‘lub qoladi. Hamletning so‘zlarini zalga yetkazish, meningcha, Poloniy so‘zini 
yetkazishdan og‘ir emas, chunki Hamlet juda aktiv odam, piyesada hamma imkon unga 
berilgan. Butun kurashni u olib boradi. U hislar, xayollar, o‘ylashlar, tushunishlar bilan 
to‘la. Uni o‘ynagan akto‘r istar-istamas uning so‘zlarini tomoshachiga yetkizishga 
majbur, aks holda, «Hamlet» degan bir asar sahna yuzida qolmaydi, qololmaydi. Holbuki, 
Poloniy tomoshachiga yetmasa, ko‘plar bunga qunt ham qilmaydilar. Hamletni ta’qib 
etish bilan ovora bo‘lub boshqalarg‘a ahamiyat bermaydilar. Yozuvchi uncha-muncha 
chakana odam bo‘lsaydi (Shekspir bo‘lmasaydi), Hamletdan boshini ko‘tarolmas, 
boshqalarni quruq bir surat qilib qo‘yardi. Faqat u dohiy yozuvchi bo‘lgani uchun 
binoning bosh bo‘lagini juda yaxshilab ishlamak barobarida yoni-beridagi kichkina 
(yordamchi) bo‘lakchalarni ham unutmagan, ularni ham boplab ishlagan, ishlab 
yetkizgan. Lutfullaning Poloniysini ko‘rganda qo‘yuvchig‘a haq berging keladi; 
qo‘yuvchi Poloniyning ahamiyatini tushungan, shunga ko‘ra, u ro‘lni Lutfullaga bergan. 
Lutfullaning Poloniysi tomoshachiga yetdi. Tomoshachi uning ko‘p so‘zlariga yozuvchi 
ko‘rsatgancha kuladi. 
Lutfulla – Poloniy ko‘p joyda zalni kuldura oladi. U parda orqasida behuda bir 
tasodif bilan o‘lib ketgach, unga achinganlar uning bu qadar ahmoq bo‘lushiga 
achinadilar. Achinib turib ham kulushdan o‘zlarini to‘xtata olmaydilar… 


453 
Lutfulla asosan kuldiruvchi akto‘r emas. Unda kuldiruchilik – qiziqliq vajhidan ijod 
quvvati yo‘q, ya’ni u, aytaylik, Hoji Siddiq marhum va Mirshohid kabi hozirjavob ham 
emas (bu ikkala qiziqning hozirjavoblik san’atini ham uncha yuqori qo‘ymayman; har 
holda, cho‘muchga chiqqunday bir narsa bor). U asarning o‘zida bo‘lgan kulgili replikani 
g‘oyat tabiiy, to‘g‘ri bera oladiki, ana shu narsa zalning kulgisini ta’min etadi. Turmushda 
kulunaturg‘an joylar bor; ammo u joylarni sahnada yasamalik bilan berilganda kulgi 
chiqmaydi, balki, aksincha, tabiiy, turmushdagiday qilib berilsa, kulgi chiqadi. Ana o‘sha 
tabiiy o‘ynash orqasidadirkim, Lutfulla sahnada vaqtida hech bir takalluf, ayniqsa, zo‘r 
berish degan narsani bilmaydi. Durust, sahnada kechirma (perejivaniye) bilan o‘ynash 
yo‘suni bor. Bizning ko‘pgina akto‘rlarimiz bu yo‘sunga o‘zlarini yaqin keltirmaslikka 
tirishib: «Yo‘q, men kechirma bilan o‘ynamayman!» – desalar-da, ularga uncha 
ishonolmayman. Yolg‘iz texnika bilan o‘ynash uchun juda zo‘r san’atkor bo‘lush kerak. 
Akto‘r o‘z ro‘liga qiziqib o‘ynasa, bir oz kechirmaga o‘tmay iloji yo‘q. Faqat hunar 
shundaki, oqil poyloqchisi hamma vaqt poylab tursun va akto‘rga uning sahnada ekanini, 
butun bu narsalar bir o‘yindan iborat ekanini, sahna chegaralaridan chiqish yaramaganini 
doim eslatib tursun. 
Marhum Siddiq hojiday mohir akto‘rlarimizning eng dardli joyi shu poyloqchidan, 
shu tengshovchidan mahrumligi emasmidi? Siddiq hoji sahna qonunlarig‘a ko‘pda 
unagan akto‘r emas… «Hujum»da shu narsa ravshan ko‘runadi: eshon bilan tabib – ikki 
mustaqil olam, balki biri-biriga qarshi qo‘yulg‘an olamlar. Ro‘lni pishitish xususidagi 
jiddi-jahdi, o‘zidagi qobilliq va iste’dodga hech bir gumonim bo‘lmagan Sa’dixon tabibni 
o‘ynarkan, shamolga tutulgan olovday bezovta bo‘lub, ortiqcha berilib o‘ynaydi; aksari 
sahna chegaralaridan ham chiqib ketadi. Lutfulla esa buning tamom aksi: u har bir 
harakatini no‘taga o‘ydurgan balet o‘yinchisi singari salmog‘liq va og‘irliq bilan harakat 
etadi. Shu bilan, shubhasiz, yutib chiqadi. Bu farq eshon bilan tabib tiplarining o‘zidan 
kelib chiqqan farq deguvchilar ham bor. Bu, meningcha, yanglish da’vo. Uyg‘ur u ikki 
tipning tub chiziqlarini olib turib umumiy suratda yo‘rgan-da, so‘ngra akto‘rning o‘z 
shaxsiy ijodiga keng yo‘l qo‘yg‘an. Rejisso‘r Uyg‘urning g‘alabasini ta’min etgan 
sabablardan biri, meningcha, shu edi. Shu keng yo‘lda Lutfulla ishladi va ro‘lni suvday 
silliq va yumshoq qilib chiqardi. 
Lutfullaning sahnadagi muvaffaqiyati ko‘prak uning tabiiy talantidan keladi. Shu 
talantni o‘zi ham ishlab, tarashlab, silliqlab borsa qanday yaxshi bo‘lardi. Bu narsa, 


454 
meningcha, Lutfullada bor bo‘lsa ham, yetarlik emas. (Bu da’voni ko‘b akto‘rlarimizga 
yoyish mumkin.) So‘zlash boyligini yetarlik darajada kengaytirib uni navlash xususida 
Lutfulla hali hozirgacha kam, juda kam ishlagan. Poloniydek cholning yurushlariga ham 
qariliq alomatlari bera bilgan (qaltirab yurishlar) Lutfulla nima uchun uning ovoziga 
qariliq berishga urunmaydi? Lutfulla Poloniysining ovozida riyokorlik – ikki yuzlilik, 
mudohana* xususiyatlari bor. Ammo qariliq asari ochiq emas. Ishlash bilan buni ham 
qilish mumkin. Buni Lutfulla bilmaydi emas. 
Yana bir tanbeh: Poloniyning bekorchi gaplarni ko‘p gapiraturg‘an chiroyli va 
pardozli so‘z sotaturg‘an mahmadona bir ablah ekanini Shekspir juda yaxshi ko‘rsatadi. 
(Qirol va qiro‘licha oldida Hamletning Ofeliyaga yozgan xatini o‘qumasdan burun aytgan 
so‘zlari.) Qo‘yuvchi Poloniyning sergapligini ko‘rsataturg‘an u ajoyib monologni 
qo‘yilish talabiga qarab ancha kamaytirgan. Lekin akto‘r o‘sha asl nusxaning o‘zini qat-
qat o‘qub, o‘ylab, umuman, mahmadona, sergap va so‘z pardoziga berilgan odamlar bilan 
ko‘prak tanishib, o‘sha xil tiplarning ichiga kirishi kerak edi. Lutfulla o‘sha joyni 
o‘ynaganda biz shunday chuqur tekshirishlar bo‘lganini anglayolmaymiz. Holbuki, 
turmushda ham shunday odamlar ko‘p! 
Lutfulla – oldingi akto‘rlarimizdan. Ishonamanki, u borgan sari yuksalajak, ro‘lni 
ishlab pishitishga avvalgidan ham ko‘prak zo‘r berib davom etajak. Faqat sahna san’ati – 
ayniqsa, akto‘rniki – juda nozik san’at. Uni yosh boladay doim parvarish qilib turush 
kerak. Sahnada talantdan tashqari madaniyat ham kerak. Buning yo‘li ma’lum: o‘rganish! 
Akto‘r eng avval turmushning o‘zidan (tiplar, so‘zlar va hokazo), kitob mutolaalaridan, 
leksiya va darslardan, boshqa tiyotr va akto‘rlardan, o‘z ustozlaridan o‘rganadi. 
Shularning birginasi kamlik qilg‘anda ham, akto‘rning turgan joyida depsangani bilinib 
qoladi. Sahna san’atining sirlariga muncha oshno bo‘lg‘an Lutfulladan bizning 
kutganimiz doim oldinga qarab intilishdir. 
«Guliston» jurnalining 1935 yil 8 – 9-qo‘shma sonida «Cho‘lpon» imzosi bilan 
bosilgan. «Adabiyot nadir» to‘plamida qayta nashr etilgan. 
«Guliston» jurnali asosida nashrga tayyorlandi. 
Lutfulla Nazrullayev (1903 – 1962) – o‘zbek aktyori. O‘zbekiston xalq artisti 
(1945). Buxoro teatrida (1920 – 1924) ish faoliyatini boshlagan. Moskva dramstudiyasini 
tugatgach (1924 – 1927), umrining oxirigacha Hamza teatrida ishlagan ijodkor. 


455 
«Hujum» – 1926 yili O‘rta Osiyo xotin-qizlar kengashida e’lon qilinib, 1927 yil 8 
martdan boshlangan xotin-qizlarni ozodlikka chiqarish maqsadida boshlangan siyosiy 
kampaniya. 
Sa’dixon Tabibullayev (1906 – 1992) – O‘zbekiston xalq artisti (1949). Buxoro 
pedagogika bilim yurti (1922 – 1924), Moskvadagi O‘zbek drama studiyasi (1924 – 
1927)da o‘qigan. 1927 – 1992 yillar Hamza teatrining aktyori. 
Isomov G‘ulom – Hamza teatri artisti. 
Sharif G‘aniyevich Qayumov (1905 – 1973) – aktyor va rejissyor. O‘zbekiston xalq 
artisti (1952). Moskvadagi O‘zbek drama studiyasini tugatgan (1927). Faoliyatini Buxoro 
muallimlar tayyorlash bilim yurtida o‘qib yurgan paytidan drama to‘garagida 
qatnashishdan boshlagan va Hoji Muin Shukrulloning «Mazluma xotin» pesasida 
Tansiqoy ro‘lini o‘ynagan. Keyin Buxoro teatriga ishga o‘tgan (1923), 1927 – 1973 
yillarda Hamza nomidagi teatr artisti. 
«Muzaffar otaning «Hujum»i Lutfullasiz, Sa’dixonsiz va Sorasiz «Hujum» – 
sog‘lom kulgi beraturg‘an tomosha emas…» – Cho‘lponning fikricha, «Hujum» 
spektaklining tomoshabinlarga manzur bo‘lishida M. Muhamedovning postanovkasi, 
L.Narzullayev (Eshon), S.Tabibullayev (Tabib) va S.Eshonto‘rayeva (Tursun)ning 
ijrochilik mahorati muhim omil bo‘lgan. Ammo Cho‘lpon fikr bildirayotgan spektaklda 
sozandalarning no‘noqligi spektaklning baland saviyada o‘tishiga monelik qilgan. 
Lutfixonim Sarimsoqova (1896 – 1989) – mashhur teatr va kino artisti, SSSR xalq 
artisti. 
«Qo‘zibuloq» – ispan dramaturgi Lope de Vega (1562 – 1635) asari. 1931 yilda 
Cho‘lpon tarjimasida sahnaga qo‘yilgan. 
Mudohana (arbob) – xushomadgo‘ylik, ikkiyuzlamachilik. 

Download 4,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   208   209   210   211   212   213   214   215   ...   229




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish