Çolpan’in köŞe yazilari (İnceleme-metiN)


Ko‘lagada qolg‘onlar to‘g‘risida



Download 4,95 Mb.
Pdf ko'rish
bet211/229
Sana13.07.2022
Hajmi4,95 Mb.
#791179
1   ...   207   208   209   210   211   212   213   214   ...   229
Bog'liq
yokAcikBilim 10166144

Ko‘lagada qolg‘onlar to‘g‘risida.
— «Qizil O‘zbekiston» gazetasining 1935 yil 
10 may soyaida bosilgan. 
Vitt
 
— V. Vitt 20-yillardan Hamza nomli teatrda rejissyorlik qilgan. Keyincha 
formalistikda ayblangan, uning postanovkalaridan g‘oyaviy kamchiliklar qidirib topilgan. 
Sanjar o‘rtoq
 
— Sanjar Siddiq (1902—1938), o‘zbek tarjimoni va jurnalisti, 
tarjimashunoslik muammolarini tadqiq qilgan olim. Lope de Vega, L. Tolstoy, N. Gogol, 
Ubayd Zokoniy kabi yozuvchilarning asarlarini o‘zbek tiliga o‘girgan. 
Hanri Barbyus
 
(1873—1935) — frantsuz adibi, qator she’riy to‘plamlar va 
romanlar muallifi. Maqolada tilga olingan mashhur «O‘t» romani 1916 yilda yozilgan. 
Buyuk o‘rtoq
 
— Buyuk Karimov (1906—1945) folklorshunos olim. 
Mirzakalon o‘rtoq
 
— taniqli o‘zbek yozuvchisi Mirzakalon Ismoiliy (1908—
1975). Cho‘lpon Mirzakalon Ismoiliy tarjimasida 1933 yilda chop etilgan Tolstoyning 


447 
«Tirilish» romanini nazarda tutmoqda. Bundan tashqari M. Ismoiliy «Anna Karenina» 
(L. Tolstoy), «So‘na» (E. Voynovich), «Choliqushi» (Rashod Nuri Guntekin), «Inson 
taqdiri» (M. Sholoxov) kabi qator durdona asarlarni o‘zbek kitobxoniga yetkazgan. 
3.2.64.
 
Ashulaga Ishqiboz (1935) 
Yaqindag‘ina Avstriyadan Galle degan bir yozuvchi xotin kelib, 
jumhuriyatimizning hol-ahvoli bilan tanishib ketgan edi. O‘zbekiston sovet yozuvchilari 
soyuzi uning sharafiga kichkina bir majlis qurdi. Chet eldan kelgan ayol mehmonni 
hurmatlashga, tabiiy, ko‘prak xotin-qizlar kelgan edilar. Shular orasida O‘zbek davlat 
muzika tiyotrining kollektivi bilan birga u tiyotrning sevimli artistkasi Halima Nosir qizi* 
ham bor edi. 
Majlis raisi o‘rtoq Javod Obidov boshqa o‘ktabr ayollari qatorida Halimaga ham 
so‘z berdi. 
O‘zining sho‘x ashulalari bilan xalq muhabbatini jalb etgan Halima majlisda, 
izdihom oldida yaxshi gapira olmasa, bunga nima deya olasiz? Hech nima! So‘zlash 
san’ati boshqa, kuylash san’ati boshqa! 
Halimaning soddagina qilib so‘zlagan bir necha og‘iz so‘zidan biz shuni angladikki, 
bizning boshqa hamma san’atkorlarimiz, ayniqsa, ayollardan chiqqan san’atkorlarimiz 
singari u ham tamoman buyuk o‘ktabrning bergan mevasi. Yana o‘sha qisqa so‘zlardan 
bilamizki, uning oilasi ham eskidan san’at sevguchi, san’atga oshno bir oila. Onasi 
yoshligidan cholg‘u chalib, ashula aytishni yaxshi ko‘rgan. Birinchi opasi cholg‘uni 
biladi. Ikkinchi opasi bir necha yil sahnada xizmat qilg‘an. Faqat, hech shubha yo‘qki, 
inqilobning fayzli qo‘llari tegmasa, Halima bukun ko‘rib turganimiz talantli, boshqa ko‘p 
noyob talantlarimiz singari to‘rt devor orasida qolib zabun bo‘lardi. 
Uning tarbiya yo‘li uncha uzun emas: Toshkentdagi xotinlar namuna maktabining 
6-sinfidan chiqib, Bokudagi Ozarbayjon tiyotr texnikumiga kiradi* va uch yildan so‘ng 
uni bitirib chiqadi. 
Birinchi o‘ynagan ro‘li «Talabalar o‘yini» nomlik komediyada Qamar xonim (bu 
asar tarjuma asarlardan, inqilobdan burun rus sahnalarida ko‘p o‘ynalardi), so‘nggi ro‘li 
«Gulsara»* tragediyasida Gulsara. Ammo bu «birinchi» bilan «so‘nginchi» orasidagi 


448 
masofa juda uzun. Bu san’atkorning hayoti qanday alvon va qiziq bo‘lganini ko‘rsatadi. 
Cholg‘u sahnasiga o‘tkuncha dram sahnasida ellikdan ortiq asarga aralashganini Halima 
o‘zi gapiradi. Dramda o‘zining eng sevgan ro‘llari ham bor: marhum Ja’far Jabborli 
(ozarbayjonli)ning to‘ng‘uch asari desa bo‘laturg‘an «Oydin»da Gultakin ro‘li. Bu ro‘lni 
juda yaxshi ko‘rgan. Dram sahnasida uning bir o‘ziga uch Qumrini o‘ynashga to‘g‘ri 
kelgan. 
Halimada san’atni ingichka tushunishlik bor. Uning Gultakin ro‘liga bo‘lgan 
muhabbatidan o‘sha tushunishning darajasini bilish mumkin, chunki mohir dram 
yozuvchi bo‘lgan Ja’far Jabborli «Oydin»ni faqat Oydinbek bilan Gultakin xonim uchun 
yozgan deyish mumkin. Butun voqea bir hovuch qilinib, nihoyat darajada siqib keltirilgan 
u san’atkorona asarda (Ja’farning so‘nggi asarlariga nisbatan emas, umuman, dram asari 
bo‘lush jihatidan ancha san’atkorona bo‘lgan «Oydin»da) har qanday talantli artistka 
uchun o‘z kuchini istaganicha ko‘rsata olish, bundan tashqari, butun qalbini asar 
qahramonining qalbig‘a quyib yuborib, shu bilan juda samimiy bir qahramon yaratish 
imkoni bor. Halima buni yaxshi ko‘ra bilgan. 
Dram tiyotrlarimiz (Akademik dram, Andijon davlat tiyotri)da turli-tuman ro‘llarni 
o‘ynab o‘zini iqtidorli artistka sifati bilan ko‘rsatgandan keyin Halima butunlay cholg‘u 
tiyotriga o‘tib ketadi. Ovozi juda baland, o‘zi ashulaga usta bo‘lganidan keyin bu 
o‘tishdan tabiiyroq nima bor? O‘zi ham: «Ashulani sevishim meni dramdan cholg‘ug‘a 
olib keldi», – deydi. 
Dramda o‘ynagan katta-katta ro‘llari bilan («Turondod»da Turondod, «Qarol»da 
Klariche (Nozlik kelin), «Hujum»da Hujumxon (Tursun O‘roz o‘g‘li), «Ikki 
kommunist»da* Dilbar). Biz unda bir necha yaxshi xislatlarni ko‘ramiz: mimika boyligi, 
sahnada o‘zini erkin tutushlik, balki bir daraja sho‘xlik, til ravonligi, so‘zlarni to‘g‘ri 
berish va o‘tkur ovoz vositasi bilan so‘zni tomoshachiga yetkizish. Kamchilik jihatini 
olganda – ro‘lni chuqur ishlamaslik, jiddiy qahramonlarning yengilligi va sho‘xligi 
bo‘rtdirilgani holda, ularning og‘ir va fojialik tomonlariga qunt qilmasliq… O‘zi: 
«Xarakter ro‘llar bilan sevguchi-sevilguchi ro‘llarni yaxshi ko‘raman», – deydi. 
Tixonovich* «Ikki boyg‘a bir qarol»ning komediya ekanini juda yaxshi bilardi; asarning 
bu jihatini u juda bo‘rtdirib berdi, ozgina bir fojialik va og‘ir joy bo‘lsa (Klariche ro‘lida 
shunday joylar bor), uni mumkun qadar chetlatishga yoki rangini suyuqlatishg‘a harakat 


449 
qildi. Agar shunday qilmasa, Halima Klaricheni o‘ynay olmas edi. Hatto «Halima»da 
ham (ayniqsa, «Gulsara»da!) Halimaning ezilib, xafa bo‘lub fojia o‘ynab yotganini 
ko‘rsam ko‘pda ishonolmayman. Ammo «Arshin mol olon»da Halima Uzairbek 
erkasining xuddi o‘zi (yana xafalikka berilmagan joylarda). 
Halima endi butunlay cholg‘uniki bo‘ldi. Cholg‘u tiyotrida ham «Gulsara» singari 
jiddiy tragediyalar qo‘yulib turar ekan, bizning boyag‘i fikrlarimiz o‘z kuchini saqlaydi. 
Cholg‘u tiyotrida, tabiiy, birinchi o‘runni ovoz oladi. Xuddi shu ovoz masalasi bizda 
yechilmagan bir muammo bo‘lub turadi. Eski ma’nidagi ovoz ustozlari, ovoz 
texnikasining katta ustalari (To‘ychi aka*, Hoji Abdulaziz*, Domla Halim* va hokazolar) 
o‘zlarida bo‘lgan butun texnikani bergan vaqtlarida ham bu kunning talabini tugal 
qondirarmidilar? To‘g‘ridan-to‘g‘ri aytmoq kerakki, yo‘q! Biz bukungina emas, ertani 
ham o‘ylashga majburmiz. Bizning ulug‘ mamlakatimiz va buyuk xalqimiz ertaga 
bukundan ham kuchlirak, hakimrak va baxtliroq bo‘ladi, demak, talabi ham shunga ko‘ra 
oshadi. Biz ovoz muammosini yechmasdan ilojimiz yo‘q. Halima o‘zi ham shuni 
tushungan. Kuzda Maskovga o‘qug‘ali ketadi. O‘zining bu kungi kuchli ovozining 
davrimiz talablariga to‘la javob berolmasligiga Halima iqror. Bir qancha G‘arb patefon 
lappaklarini to‘plab olib, shularni tinglaydi, tinglatadi va shular to‘g‘risida allanimalar 
demakchi bo‘ladi. Demak, u axtaradi, izlaydi, izlanadi. O‘z ustozlarimizning ovoz 
texnikasidan ham ko‘z yummasdan G‘arb texnikasini yaxshi o‘zlashtirish, madaniy va 
ishlangan ovozga ega bo‘lush har bir ovozli yigitimiz va qizimizning vazifasi bo‘lushi 
kerak. 
Maqola «Guliston» jurnalining 1935 yil 7-sonida «Cho‘lpon» imzosi bilan e’lon 
qilingan. Keyin «Adabiyot nadir» maqolalar to‘plamida qayta nashr etilgan. «Guliston» 
jurnali asosida nashrga tayyorlandi. 
Halima Nosir qizi (1914 – 2003) – mashhur o‘zbek opera xonandasi, Boku teatr 
texnikumi (1924 – 1927), Moskva o‘zbek opera studiyasi (1934 – 1937)da ta’lim olgan. 
SSSR xalq artisti. Aqjunus, Karmen, Layli, Majnun, Gulsara, Zaynab, Maysara 
Download 4,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   207   208   209   210   211   212   213   214   ...   229




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish