Çolpan’in köŞe yazilari (İnceleme-metiN)



Download 4,95 Mb.
Pdf ko'rish
bet208/229
Sana13.07.2022
Hajmi4,95 Mb.
#791179
1   ...   204   205   206   207   208   209   210   211   ...   229
Bog'liq
yokAcikBilim 10166144

3.2.61.
 
Epizodik Ro‘llar Ustasi (1934) 
(Artist G‘ulom Isomov) 
Yong‘oq singari chanog‘idan bo‘rtib chiqib turgan ko‘zini menga tikib yonimda 
o‘lturadi. Juda kam kuladi bu yigit. O‘ltirgan joyida bir tizzasini balandrak ko‘taradi-da, 
uni ikki qo‘li orasig‘a olib, ikki qo‘lining barmoqlarini biri-biriga kirgizish bilan tizzasini 
bir nav’ kishan orasiga oladi. Sahnada ko‘p yillik xizmati bor emasmi? Omonsiz «grim» 
o‘z ishini qilg‘an: yuzida yuqoridan quyig‘a tomon zo‘r-zo‘r uzun-kalta ajinlar… 
Yuzining o‘zi ham grimga qobil: keng, tekis, uchlik va keng burni Qafqasiya 
odamlarinikiga o‘xshaydi. O‘ziga juda kelishib tushgan… Tiyotr ishlaridan va o‘z 
ro‘llaridan to‘xtab-to‘xtab menga gapiradi va gapirganda o‘ng qo‘lining bosh barmog‘ini 
qur-qur ko‘tarib qo‘yadi. Sirk san’atkorlarining suyaksiz gavdasi kabi juda egiluvchi 
barmoqlari bor. Mayin ipakday gapiradi. Yengil xirgoyilarini aytmaysizmi. Ayniqsa, 
Qafqasiya xalqlarining kuylari tamoman deyarlik aksentsiz chiqadi. Suhbatbobligi 
ma’lum. 
Men uning ro‘l tanlab rejisso‘rlardan xafa bo‘lganini eslayolmayman. Bu yigit 
«katta-kichik ro‘l yo‘q, yaxshi-yomon akto‘r bor» degan hikmatli gapni yaxshi 
bilaturg‘ang‘a o‘xshaydi. Rejisso‘rlar ham sahnada uning kim ekanini yaxshi biladilar, 
uning sahnaviy «maska»si ravshan. Shu uchun ro‘llar, aksari, o‘ziga bob chiqadi. Agar 
bob bo‘lmaganda ham, u o‘zi ishlab boblaydi. «Mushtumzo‘r»* piyesasida juda epizodik 
bir ro‘l berdilar, yozuvchi u ro‘lni mensimagan, ya’ni unga hech narsa bermagan. 
Nihoyati bir qishloq muallimi yoniga kirib bir ariza yozdiradi, tamom. So‘z juda kam. 
G‘ulom Isomov ro‘lni ishlaydi, usta bir san’atkor kabi unga eng yaxshi bo‘yoqlarni 
beradi. Bir-ikki cho‘tka urish bilan bir qishloq choli yaratiladiki, u ko‘rganning esidan 


440 
sira chiqmaydi. Chol juda qarig‘anidan miyasi aynib, aljirab qolg‘an. Uning shu 
xususiyatini Isomov taqlid qilib bo‘lmaslik darajada to‘la go‘zal va to‘g‘ri beradi. 
Past rutbali Buxoro amaldorlaridan oqsoqol tipini bizning sahnamiz to‘la ma’nosi 
bilan Isomov orqali ko‘rgan bo‘lsa kerak. («Arslon» piyesasida.) Isomovning u 
oqsoqolini inqilobdan burung‘i hamma oqsoqollarning tipik bir namoyondasi qilib 
olganimizda ham yutqizmaymiz. Haqiqatda biz «Arslon»da to‘la bir oqsoqol tipini 
ko‘ramiz. 
«Na’rangni tort, Xitoy»da qayiqchi cholni o‘ynaydi. Men u asarni ustoz 
Meyerxo‘ld tiyotrida ham ko‘rganman. Shuncha ko‘b massali ko‘rinishlarda Isomovning 
qayiqchisi o‘zini ajratib ko‘rsata oladi. 
Xullas, sahnamizda epizodik va xarakter ro‘llar yetarlik darajada ko‘p, G‘ulom 
Isomov shu uchun mijoziga bob kelgan ro‘llarga boy (usta Marayim – «Rustam»da*; 
Marayim tajang – «Yondiramiz»da*; Markiz de Furlen Popoli – «Musofirxona 
bekasi»da*; Pochta boshlig‘i – «Tergovchi»da; Kozimbek – «Tarix»da*, Mister Gavker 
– «Shodlik ko‘chasi»da*). 
Yaxshi tiyotrlar yolg‘iz «katta» ro‘llarda o‘ynovchi akto‘rlar bilangina yashamaydi, 
ayniqsa, bizning buyuk elimizda!.. G‘arbda san’atkor taqdir etilmak uchun mutlaqo 
«yulduz» bo‘lishi kerak yo go‘zal xotin… Bizda esa har kimning quvvati va qudrati, 
iste’dod va hunariga yarasha joy va hurmat ta’min etilgan. U hurmatga sazovorlar orasida 
Isomov va uning qatoridag‘i san’atkorlar ham yaxshi va qiziqarli o‘run olganlar. 
Epizodik deb atalgan ro‘llarda sahnaga bir nafas chiqib ko‘rinib, yana qaytish bilan 
butun piyesaga jon berib yuboradurg‘an ustalarni biz taqdim etamiz. 
Maqola «Mash’ala» jurnalining 1934 yil 4-sonida «Cho‘lpon» imzosi bilan 
bosilgan. Keyin «Adabiyot nadir» maqolalar to‘plamida qayta nashr etilgan. 
«Mash’ala» jurnali asosida nashrga tayyorlandi. 
«Mushtumzo‘r» – Cho‘lpon pesasi. 1928 yili sahna yuzini ko‘rgan. 
«Rustam» – U.Ismoilov asari. 1926 yili sahna yuzini ko‘rgan. Aniq bo‘lmagan 
ma’lumotlarga qaraganda, Cho‘lpon «Rustam» dramasining maydonga kelishida faol 
ishtirok etgan. 


441 
«Yondiramiz» – K.Yashin asari. 1932 yili sahna yuzini ko‘rgan. 
«Musofirxona bekasi» – K.Goldoni asari. 1934 yili sahna yuzini ko‘rgan. 
«Tarix»da – Ziyo Said va Nazir Safarovning «Tarix tilga kirdi» dramasi nazarda 
tutilmoqda. 
«Shodlik ko‘chasi» – N.Zarxi asari. 1933 yili sahna yuzini ko‘rgan. 

Download 4,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   204   205   206   207   208   209   210   211   ...   229




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish