partner bo‘lub o‘ynaydi).
Burunroq Toshkentda Abdulla fonuschi, Said Ahmad askiya, Said Ahmad
dukkibosh, G‘ozibek deganlar bor edi. Bulardan ba’zilari butun O‘zbekistonga tanilgan
kishilar. Bu askiyachilarning piri (ustozi) Askiyabiy degan odam, uning doimiy sherigi
Ismat askiya, bular bir-birlariga nazm yo‘li bilan tegishardilar. Askiyachilik bir vaqtlar
juda avj olgan san’at edi. Bu kungi Tekstilkombinatning bozorchasi bo‘lub turgan joy
ilgari «Askiya» deyilardi.
Aka Buxoriy degan bir qiziq qanchadan beri Ikromov parkida* xalqni kuldirib
keladi. Respublika kolxozlarida qancha qiziq, askiyachi, payrovchi, chanduvchi yigitlar
bor.
Shular hammasi san’at ishiga rahbarlik qilaturg‘an idoralarning diqqat va e’tiborlaridan
yiroqda, o‘z boshlariga xalqni kuldurib keladilar. Keng omma tsirkni yaxshi ko‘radi; tsirk
qiziqlarini, umuman, qiziqlarning o‘yinlarini sevadi. Bizning san’at idoralari, tiyotr
rahbarliklari, yozuvchi, shoir va boshqa san’atkorlarimiz esa shu choqqacha keng
ommaning ehtiyojiga xizmat etaturg‘an qiziqliq san’atini hech bir qaramay, u muhum
472
san’atni pisand qilmay, nazarlariga ilmay keldilar. Qiziqlarimizning hammasida
ko‘rulgan repertuar qahatchilig‘i, daqqi Yunusdan qolg‘an qiziqliqlarning hadeb qaytarila
berishi, qiziqlik repertuariga mazmunlar kirmasligi – yolg‘iz qiziqlarning aybimi?
Masala faqat tekshirish va tarixga material olish ustida emas, bizda kundan-kun
gullab kelayotgan, har yerda maxtalgan, o‘zini ko‘rsatgan, Shekspir asarlarini qo‘yush
darajasiga erishgan tiyotr bor. Uning ozig‘i faqat klassiq va zamona asarlaridan,
tarjumalardan iborat bo‘lub qolsa, to‘g‘ri kelmas.
Qozoq tiyotrining katta muvaffaqiyati, undan avval Ukraina kollektivi qozong‘an
g‘alabaning asosi xalq ijodiga suyanganida edi, achchig‘ bo‘lsa ham haqiqat shundaki,
biz bu jihatga tiyotr ishlarimizda hozirgacha ko‘p ahamiyat bermadik.
Xalq qiziqlarini o‘rganish tiyotrimizning komediyachilik tomoni uchun katta oziq
beradi. Buni kech bo‘lsa ham iqror qilib, shunga yarasha tadbirlar ko‘raylik.
«Hamza»ning ilmiy laboratoriyasiga* bironta qiziqning qadam qo‘yg‘ani ma’lummi? Biz
bilmaymiz.
Qiziqlar hozir kulushga va yayrashga erishgan xalq uchun yanada kerakli kishilar.
Ularni, ularning asarlarini, ularning ommaviy va yangi ijodlarini yolg‘iz sayillar, to‘ylar
va ochiq maydonlardagina emas, o‘pera, dram, komediya sahnalarinda ham ko‘rmak
istaymiz.
«Guliston» jurnalining 1936 yil 6-sonida «Cho‘lpon» imzosi bilan e’lon qilingan.
«San’at» jurnalining 1991 yil 9-sonida (nashrga tayyorlovchi Sirojiddin Ahmad) va
«Adabiyot nadir» to‘plamida qayta nashr etilgan.
«Guliston» jurnali asosida nashrga tayyorlandi.
Cho‘lpon maqolada xalq qiziqchilik san’ati namoyandalari to‘g‘risida fikr yuritar
ekan, qiziqlar haqida ma’lumot to‘plab, ular ijodini o‘rganish zarurligini alohida
ta’kidlagan. Maqolada ko‘tarilgan muammo hali ham o‘z dolzarbligini yo‘qotmagan.
Ikromov parki – Toshkentning Eski shaharidagi mustaqillik yillarigacha
A.S.Pushkin nomi bilan atalgan madaniyat va istirohat bog‘i 1937 yilgacha Akmal
Ikromov nomi bilan atalgan. Hozir Abdulla Qodiriy bog‘i deb ataladi.
473
«Hamzaning ilmiy laboratoriyasi…» – Hamza nomidagi drama teatri nazarda
tutilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |