Çolpan’in köŞe yazilari (İnceleme-metiN)



Download 4,95 Mb.
Pdf ko'rish
bet218/229
Sana13.07.2022
Hajmi4,95 Mb.
#791179
1   ...   214   215   216   217   218   219   220   221   ...   229
Bog'liq
yokAcikBilim 10166144

3.2.70.
 
Uvaysiy (1936) 
Klassik maqomlar orasida ko‘pchilik ichiga eng ko‘p yoyilgani, shubhasiz, «Iroq» 
kuyidir. Uni Buxoroning shashmaqomchi hofizlari ko‘p aytar edilar. To‘ychi akav a 
uning jo‘ralari ham uni boshqacha qilib ishlab, omma orasiga yoydilar. U sahnamizda 
eng avval «Halima» vositasi bilan jarangladi. «Halima»ning birinchi — dastlabki 
variatida «Iroq» kuyi yo‘q edi, keyincha piyesani bir qadar nshlashga to‘g‘ri kelgan 
vaqtda Halima (qiz) ning ariyasi bo‘lib sahnaga chiqdi. «Halima» piyesasida uni marhum 
Tursunoy, so‘ngra Halima Nosir qizi, Naziraoylar; ayrim no‘mer o‘laroq Abdulhaq 
Sultonov, Rahimberdi Bobojonov, Boborahim, Karim Zokiriy, Qo‘ldoshev va boshqalar 
aytdilar. Ko‘pchilik yoqtirdi va u, tom ma’nosi bilan grajdanlik qozondi. 
«Iroq»ni ayrim no‘mer holida o‘quvchi hofizlarimiz u kuyga Uvaysiyning: 
«Zaboningni keturgil, ey shakarlab to‘ti guftora, 
Nechikkim marhamat bo‘lsin necha mandek dilafgora»
[1]
.
deb boshlanaturg‘on mashhur g‘azalini o‘qub keladilar. 
Ana o‘sha g‘azalni yozgan Uvaysiy Umarxon davrida yashagan ayol shoirlardan 
bo‘lib, nomi Jahon otin edi. U, «evaz» bahrli bir g‘azalining oxirida o‘z taxallusi, (shoirlik 
nomi) va ismini mana bunday qilib bildiradi: 
Yo‘qotib o‘zni fano martabasiga yeta ko‘r, 
Vaysiy nomim mening ul nomi Jahonimga evaz»
[2]
.


466 
Jahonoyi asli o‘zi Marg‘ilonlik bo‘lgan. Umarxon o‘rdasida xonning o‘zi boshliq 
bir necha shoir bo‘lganini (Fazliy, Ado, Hoziq, Gulxaniy va boshqalar), ularning tez-tez 
to‘planib mushovara qilishg‘anlarini eshitgandan keyin, o‘sha shoirlar majlisiga kirmak 
havasiga tushadi. Buning uchun Qo‘qonga bormoqchi bo‘lib otasidan ijozat so‘raganida 
otasi uning talabini qaytarmasa-da, qizning saroydagi shoirlar majlisiga kirishiga yordam 
ko‘rsatar degan umid bilan Qo‘qondagi obro‘li odamlardan bir do‘stining hovlisiga 
yuboradi. U odam, qizning shoira bo‘lsa ham hali yosh ekanini ko‘rib, ikkilanadi: 
— Bu holingizda borib kirolmassiz. Bironta qari xotin qiyofasida borib ko‘rsangiz, 
— dedi. 
Jahonoyi qari kampir kiyimlarini kiyib, eski paranji yopinib o‘rdaga boradi. Uni 
kiritmaydilar. So‘ngra, u, yuqorida ko‘rsatganimiz «Zaboningni» deya boshlangan 
g‘azalidan mana bu ikki yo‘lni yozib shoirlar majlisiga kiritadi: 
«Meni «Latakhuli» deb mahrum etma bog‘bon ahli, 
Azal degoni bag‘rim qonini to‘kkan bu gulzora».
Shundan so‘ng uni shoirlar majlisiga kiritadilar, Faqat u yerda uning qari kampir 
emas, yosh bir juvon ekani bilingandan keyin, biror «fitna» chiqmayein deb bo‘lsa kerak, 
uni darhol saroy ichkariligiga kiritib yuboradilar. Shu bo‘yicha Jahonoyi Umarxon 
saroyida qolib ketadi va so‘ngroq «Jahon otin» deb shuhrat chiqaradi. 
Saroyda yashagan davrida Marg‘ilonning Qalandarxona degan joyiga yaxshi 
sirkorlik bir uy soldirgan ekan. O‘sha uy hali ham saqlangan deydilar. 
Uning «Karbalonoma»si, «Devon»i va ham Muhamadali xonga (Umarxonning 
o‘g‘li, shoir) bag‘ishlangan «Xitoy safari» nomli asarlari bor. 
Jahon otinga bir kun, dasturxon ustida anorni ko‘rsatib, shu to‘g‘rida bir narsa 
demakni iltimos qilg‘anlar. Jahon otin o‘sha minutning o‘zida anor to‘g‘risida to‘rt yo‘llik 
bir she’r yozgan. Badehago‘lik (ekopromt) yo‘li bilan yozilgan bu to‘rt yo‘llik bayt anorni 
qanday go‘zal va san’atkorona tasvir qiladi: 
«Bu na gumbazdir, eshigi tuynugidan yo‘q nishon, 
Necha gulgunpo‘sh
[3]
 qizlar manzil aylabdir makon, 
Sindirib gumbazni qizlar holidan olsam xabar: 


467 
Yuzlariga parda tortig‘liq, tururlar bag‘ri qon».
«Yuzlariga parda tortilgan «qizlarning» bag‘rlari qon» bo‘lganini aytgan, saroy 
cho‘riqizlarining ohi zorini tasvirlab bergan. 
[1]
 
Ey shakar labli to‘ti, tilingni so‘zga keltirgilki, menga o‘xshagan qancha ko‘ksi 
yaralilarga marhamat bo‘lsin.
[2]
 
O‘zlikdan kechib yo‘qlik darajasiga erish, mening «Vaysiy» degan nomim
Jahon degan nomimning o‘rnidadir.
[3]
 
Qizil kiygan.
Uvaysiy
— Mazkur maqola «Yorqin turmush» jurnalining 1936 yil 4—5 qo‘shma 
sonida e’lon qilingan. 
To‘ychi aka
 
— Mulla To‘ychi Toshmuhamedov (1868—1943), hofiz, o‘zbek 
qo‘shiqchilik san’atining yirik namoyandasi, O‘zbekiston xalq hofizi. 
«Halima»
 
— dramaturg G‘. Zafariyping (1889—1944) shu nomli dramasi. Ilk bor 
1920 yilda sahnalashtirilgan bu asar 20—30-yillarda bir necha o‘n martalab o‘ynalgan. 
«Evaz»bahrli
 
— Cho‘lpon bu o‘rinda yanglishib ketgan, chamasi. To‘g‘risi «evaz 
radifli» deb yozilishi kerak. 
Ado
 
— XVIII asrda yashagan Umarxon saroyi shoirlaridan. O‘zbekcha va forscha 
g‘azal, muhammaslari bizgacha bayoz va majmualarda yetib kelgan. 
Hoziq
 
— taxallusi, haqiqiy ismi sharifi Junaydullo Ismoilshayx o‘g‘li (18 asr oxiri 
— 1843) — shoir, asli hirotlik. 1799—1900 yillarda Buxoroga kelgan. Xorazmda Munis, 
Ogahiy adabiy guruhida bo‘lgan. Amir Nasrulloxon tomonidan qatlga buyurilgan. 
Muhammad Alixon (Ma’dalixon)
 
— Umarxonning o‘g‘li. 1810 yilda tug‘ilgan. 
1822 yildan Qo‘qon xoni. Uning xonlik davrida sug‘orish ishlari yaxshilangan, xonlik 
hududi kengaytirilgan. 1840 yilda Buxoro amiri Nasrulloxon bilan urushda yengilib, 
uning vassali bo‘lib qolgan. 1842 yilda amir Nasrullo tomonidan qatl ettirilgan. 


468 
Badihago‘ylik
 
— ar., badiha so‘zidan. Biror voqea, hodisa munosabati bilan 
tayyorgarliksiz aytilgan she’r, ekspromt. Sharq hukmdorlari saroylarida o‘tkazilgan 
mushoiralarda badiha yo‘li bilan she’r aytish bahslari rasm bo‘lgan. 

Download 4,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   214   215   216   217   218   219   220   221   ...   229




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish