Pasterlash rejimi. Sutchilik ishlarida pasterlashning
asosan to'rtta rejimi qo‘llaniladi. Ular quyidagilar:
1. Uzoq muddatli bo‘lib, unda sut 63°C-65°C gacha isitilib, shu haroratda 30 minut mobaynida saqlanadi.
2. Qisqa muddatli pasterlash bo‘lib, bunda sut 72°C- 74°C gacha isitilib 10-15 sekund davomida saqlanadi.
3. «Bir zumda» pasterlash - bunda sut 85°C-87°C gacha isitiladi, ammo bu haroratda saqlanmaydi.
4. Sutni 95°C-97°C da pasterlash - bunda sut ko‘rsatilgan haroratda isitilib 10 minut davomida saqlanadi.
Umuman, sut qanday apparat yordamida pasterlan- masin, ularga bir qancha talablar qo‘yiladi. Masalan,
129
barcha turdagi mikroorganizmlar nobud bo‘lsin; sutdan tayyorlangan barcha mahsulotlar ham pasterlansin; apparat sutning immunobiologik, fizik va kimyoviy xususiyatlariga salbiy ta'sir ko‘rsatmasin; pasterizatorlar sodda (oddiy) tuzilgan bo‘lib, foydalanishga qulay bo‘lsin; apparatning ichki qismlari kimyoviy moddalar ta'sirida aynamasligi, binobarin, chidamli material- lardan tayyorlangan bo‘lishi talab etiladi. Shundagina sutni pasterlash ishlari uzluksiz, sifatli olib boriladi va apparat-mexanizmlardan uzoq vaqt unumli foydalanish imkoni amalga oshadi.
Sutga issiqlik berish
Amaliyotda va ishlab chiqarishda issiqlik ta’sirida sutga dastlabki ishlov berish turli usul (rejim)larda olib boriladi. Ular asosan quyidagilardan iborat (8-jadval).
8-jadval
Sutga issiqlik yordamida ishlov berish
Ishlov rejimi
Ishlov berish turlari Davom Qo‘llanilishi
°C etishi Pasterlash:
1. Uzoq muddatli, Xo'jalik ehtiyoji va pastroq haroratda 62-65 30 min. oziq sifatida
2. Qisqa muddatli, 15-20 Sut mahsuloti yuqori haroratda 72-76 min. uchun
3. Yuqori haroratda, Sarig* yog‘ va bir zumda 85-95 2 sekund pishloq uchun
4. Yuqori haroratda,
uzoq muddatda 70-80 30 min. Kasal sigir boisa
130
5. Yuqori haroratda, Qatiq, kefir va uzoq muddatda 95-97 10 min. smetana uchun
6. 0 ‘ta yuqori Sut mahsuloti
haroratda 135-150 1-2 sek. uchun
Sterlash:
Oddiy va
1. Uzoq muddatli 115-120 1-2 min. quyiltirilgan sut
uchun Sigirlarda kasallik
2. Qisqa muddatli 125-145 1-10 sek. bo‘lsa, xo‘jalik
ehtiyoji uchun
Qaynatish 100,2 Har xil
Sutga issiqlik yordamida ishlov berish borasida sanoatimiz tomonidan turli xilda asbob-uskunalar ishlab chiqarilmoqda. Hozirgi qadar ko‘plab fermalarda sut- ni uzoq muddatli pasterlash (sump)ga moslashtirilgan turli hajmli vannalardan foydalanib kelinmoqda. U asosan suv bug‘i bilan ishlagani uchun ichki qismida bir qancha temir kanalchalarga ega bo‘lgani holda sutni 90-96°C gacha isita oladi.
Bundan tashqari, plastinkali va nayli pasterlash apparatlaridan ham foydalanib kelinmoqda. Undagi sut issiqlik almashinuvi natijasida pasterlanadi. Agar sutni sterlash talab etilsa, avval u 75°C gacha isitiladi va 140°C da bir zum issiqlik beriladi, so‘ng 4 sekund davomida yuqori bosimda ishlov berilib, tayyor holiga keltiriladi.
Hozirgi vaqtda komplekslarda va yirik sutchilik fermalarida «OPU-ZM», «OPF-1-20», «OPF-1-300»
va «OP2-F-l» markali ko‘p maqsadli sovutuvchi- pasterlovchi qurilmalardan foydalanib kelinmoqda. Bu qurilmalar bir vaqtning o‘zida avtomatik usulda sutni ham pasterlaydi, ham sovutib beradi. Ulaming texnik ko‘rsatgichlari quyidagilardan iborat (9-jadval).
131
Pasterlash apparatlariga har 7-10 soat ishlatilganidan so‘ng, sanitarlik ishlov beriladi. Ular yuviladi va de- zinfeksiya qilinadi. Shuningdek, shlanglar yordamida ichki qismidagi sut qoldiqlari ham tozalanadi. Bu- ning uchun ishqoriy natriyning 0,7-1,5% li qizdirilgan eritmasidan ham foydalaniladi. Bunday tadbirlami olib borishda ko‘zga maxsus ko‘zoynak taqiladi va barcha ehtiyotkorlik tadbirlari amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |