Sutni qabul qilish
Sutni qabul qilishda uning hajmi yoki og'irligi (massasi) hisobga olinadi. Sut zavodlarida xo‘jalik- lardan keltirilgan sut maxsus tarozilarida tortib olinadi. Agar sut o‘Ichagich yordamida qabul qilinsa, u tekis, ya’ni past-baland bo‘lmagan yerga o‘matilishi lozim. Aks holda olingan ko‘rsatkich aniq boMmasligi mum- kin. Har bir fermada sog‘ilgan sut o‘z vaqtida qabul qi- linishi shart. Shuningdek, xo‘jaliklarda sutga dastlabki ishlov berishda texnologik jarayonlami mexanizatsiya yordamida bajarish, og‘ir qo‘l mehnati sarflanadigan tur- li jarayonlami to‘la avtomatlashtirish muhim iqtisodiy va texnikaviy ahamiyat kasb etadi. Shuningdek, inson qo‘l xizmati ishlarining mumkin qadar kamayishi va chegaralanishi mashinalaming sistemasi va ish rejimiga bog‘liqdir. Kichik mexanizmlar va apparatlar bir vaqtning o'zida bir necha operatsiyani bajarishga moslashganligi ham katta iqtisodiy ahamiyatga ega.
Shuni unutmaslik kerakki, fermalardagi mashinalar
va barcha texnik apparatlar molxonalarda ishlatilganda ular turli xil zararli va zaharli (namlik, ammiak, karbonat angidrid, serovodorod va h.k.) gazlar bilan to‘yingan holda va ular ta'sirida bo‘ladi. Shuningdek, havo harorati ham hamma vaqt bir xilda bo‘lavermaydi. Binobarin, har bir ferma uchun mexanizm va apparatlar sotib olishda shu ferma xususiyati, uning katta-kichikligi, mahsulot ishlab chiqarish quvvati, molxonalar sharoiti va hokazolar hisobga olinishi ko‘p jihatdan foydalidir. Aks holda xo‘jaliklaming katta iqtisodiy zarar ko‘rishi tabiiydir.
123
Sutni tozalash (suzish yoki filtrlash). Bu eng mu- him tadbirlardan biri hisoblanadi. Ayniqsa, sigirlar qo‘lda sog‘ilsa bu tadbirsiz toza sut olib bo‘lmaydi. Chunki qanday sharoitda sigirlar sog‘ilishidan qat’i nazar, sog‘ish jarayonida sutga hayvonning juni, yem- xashak, parchalari, xas-cho‘p bo‘laklari yoki axlat (go‘ng) uvoqlari tushib qolishi tabiiydir. Shu jismlar bilan ma’lum miqdorda mikrob va bakteriyalar ham sutga tushib, uning sifatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Sutni tozalashda va tozaligini aniqlashda bir necha usullardan foydalaniladi. Masalan, sut o‘lchanib maxsus elak-suzgichlardan o'tkazilgan holda, tarkibidagi qil, cho‘p-xas va h.k.lardan tozalanadi. Shuningdek, ora- siga yupqa paxta qatlami qo‘yilgan metall elaklardan o‘tkazilishi ham mumkin. Bunda paxta qatlami qancha- lik tez almashtirilib turilsa, sutning tozalik darajasi shunchalik yuqori bo‘ladi. Masalan, har 30-40 litr sut tozalangach paxta qatlami o‘zgartirilishi foydalidir.
Ayrim kompleks va fermalarda sutni tozalash uchun polietilendan tayyorlangan to‘qima-lavsandan foydalanib kelinmoqda. Bu o‘zining chidamliligi va zararsizligi bilan, hamda oson yuvilishi va sterillanishi bilan ancha qulay ekanligi sinab ko‘rilgan.
Shuningdek, ayrim xo‘jaliklar dokalar yordamida ham sutni tozalash ishlarini bajarib kelmoqdalar. Bun- da doka tez sarg‘ayib ketmasligi uchun, uni tez-tez almashtirib, yuvib tozalab turish talab etiladi. Yirik- lashtirilgan sutchilik xo‘jaliklarida sog‘ib olingan sut- ni plastinali yoki diskli suzg‘ichlarda hamda sentrifuga apparatlari yordamida tozalash ishlari bajarilib kelinmoqda. Sentrifuga go‘yo separator kabi ishlash usuliga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: |