Chorva, parranda va baliq mahsulotlarini yetishtirish, qayta ishlash



Download 388,29 Kb.
bet1/119
Sana12.03.2022
Hajmi388,29 Kb.
#492017
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   119
Bog'liq
Chorva parranda va baliq mahsulotlarini yetishtirish qayta ishlash texnologiyasi (T.Ikromov) (4)



IK R O M O V T.X., Q O ‘C H Q O R O V 0 ‘.R.


CHORVA, PARRANDA VA BALIQ MAHSULOTLARINI YETISHTIRISH, QAYTA ISHLASH TEXNOLOGIYASI

«DAVR NASHRIYOTI» TOSHKENT — 2013






UO‘K: 641/642 KBK: 36.92
1 -53


1 - 53
Ikromov T.X., Qo‘chqorov 0 ‘.R.
Chorva, panranda va baliq mahsulotlarini yetishtirish, qayta ishlash texnologiyasi: Kasb-hunar kollejlari uchun darslik. - T.: «DAVR NASHRIYOTI» MChJ, 2 0 1 3 ,- 2 2 4 b.

I. Muallifdosh.


0 ‘zbekiston 'Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'limi vazirligi, 0 ‘rta maxsus, kasb-hunar ta'lim markazi, 0 ‘rta maxsus, kasb-hunar taMimini rivojlantirish institu- ti tomonidan kasb-hunar kollejlarini «Chorvador fermer xo'jaliklarini tashkil etish va yuritish» yo'nalishi bo'yicha
o'quvchilar uchun darslik sifatida tavsiya etilgan. ISBN 978-9943-4227-1-1
UO‘K: 641/642 KBK: 36.92


ISBN 978-9943-4227-1-1
O «Sharq» nashriyot-matbaa aksiyadorlik
kompaniyasi Bosh tahririyati, 2001
O «DAVR NASHRIYOTI» MChJ. 2013



K I R I S H
Chorvachilik mahsulotlarini qayta ishlash, ulardan turli xil oziq-ovqat ishlab chiqarish kishilar uchun muhim hayotiy ahamiyat kasb etadi. Chorva mahsu- lotlaridan ayni mahalda tibbiyotda ba’zi davolash ishlarida nihoyatda zarur bo‘lgan dori-darmonlar, sanoat uchun turli texnik mahsulotlar hamda chiqitlaridan har xil bezak va galanteriya mahsulotlari ham tayyorlanadi. Odamlaming kundalik hayotini chorva mahsulot- larisiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Bu borada go‘sht va go‘sht mahsulotlari, sut va sut mahsulotlarining tutgan o‘mi beqiyosdir. Rossiya tibbiyot fanlar akademiyasi olimlarining tavsiyalariga qaraganda, har bir inson uchun yiliga go‘sht o‘rtacha me’yori, go‘sht mahsu- lotlari va moyni ham qo‘shib hisoblaganda, 80 kgni
tashkil etishi kerak ekan.
Go‘sht va go‘sht mahsulotlari inson hayoti uchun nihoyatda qimmatli oqsil manbai bo‘lib, organizmni plastik va energetik moddalar bilan ta’minlashda hayotiy ahamiyat kasb etadi. Go‘sht oqsillari o‘simlik oqsillaridan birmuncha yuqori turadi. Binobarin, hay- vonlaming oqsili va yog‘lari odamlaming kundalik ratsionida ancha salmoqli o‘rin egallaydi. Shuning uchun ham odamlaming hayvon oqsili va yog‘iga bo‘Igan talabi kun sayin ortib bormoqda. Shunga ko‘ra, o‘zbekistonda go‘sht va sut sanoatining rivojlanishiga katta ahamiyat berilmoqda.
Hukumatimiz qarorlarida sut va go‘sht mahsulotlari yetishtirishni oshirish bilan birga ulaming sifatini yaxshilash, turlarini ko‘paytirish, tannarxini arzonlash- tirish masalalari o‘z aksini topgan. Shimingdek, yen-
3



gil sanoatimiz uchun muhim xom ashyo hisoblangan hayvon terilari, mo‘ynasi, juni va hokazolaming sifati ham yaxshilanishi lozim.
Go‘sht tarkibida barcha muhim elementlar tayyor holda mavjud bo‘Iadi, ular inson organizmida moddalar almashinuvi jarayonida faol ishtirok etadi. Go‘sht mi- yaga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi: miya yaxshi rivojlanishi uchun oziqni asosan go‘shtdan oladi.
MaMumki, har bir organizm o‘z faoliyati davomida ma’lum miqdorda oqsil, yog‘, uglevod, tuz va vita- minlar sarflaydi. Shu bilan birga, ana shu sarflangan moddalaming o‘mi mintazam to‘ldirilib turilishi lozim. Inson ratsionida uning organizmiga zarur hisoblangan moddalar yetarli bo‘lishi kerak. Bu moddalar (oqsil, uglevod, yog‘ va h.k.) Asosan organik va anorganik birikmalardan tashkil topgani holda murakkab suv aralashmasi sifatida organizmga tarqaladi.
Oqsil - mahsulotning asosiy tarkibiy qismi sifatida turli aminokislotalardan tashkil topgan. Tibbiyot olimlarining kuzatishlaricha, vazni 75-105 kg kela- digan, katta yoshli odamlar kuniga o‘rtacha 105-150 g oqsil iste’mol qilishi lozim ekan. Bunday miqdordagi oqsil asosan go‘sht, sut, baliq va tuxumdan olinadi.
Organizm uchun tez hazm bo‘ladigan va o‘zlash- tiriladigan oqsillar hayvon tana muskullarida, aniqrog‘i, ko‘ndalang targ‘il muskullarida ko‘proq uchraydi. Silliq yassi muskullarda va biriktiruvchi to‘qimalar tarkibida inson organizmi uchun nihoyatda zarur hisoblangan (triptofan, lizin, tirozin va h.k.) Aminokislotalar ancha kam miqdorda uchrashi aniqlangan. Go‘sht tarkibida o‘rtacha 20 foiz oqsil uchrashi yetarlicha dalillar asosida isbotlab berilgan. Inson organizmi uchun sut mahsulotlarining tutgan o‘mi go‘shtga qiyosan ol- ganda deyarli farq qilmaydi. Binobarin, sut va go‘sht mahsulotlarini yetarli darajada iste'mol qilish har bir organizm uchun muhim ahamiyat kasb etadi.
4




Download 388,29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   119




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish