Chorva, parranda va baliq mahsulotlarini yetishtirish, qayta ishlash



Download 388,29 Kb.
bet67/119
Sana12.03.2022
Hajmi388,29 Kb.
#492017
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   119
Bog'liq
Chorva parranda va baliq mahsulotlarini yetishtirish qayta ishlash texnologiyasi (T.Ikromov) (4)

1% li yangi eritilgan gipoxlorit natriya eritmasiga
o‘rtacha 20 minut solib qo‘yiladi. So‘ngra tarkibida 0,25-0,5% aktiv xlor bo‘lgan eritma yoki xlor ohagining eritmasidan foydalanish mumkin. Tajribalardan ma’lum bo‘lishicha, doka filtrlardan 10 kun, vafel va flanel filtrlar 45 kun, lavsan filtrlar 180 kim davomida foydalanish mumkin.
Yirik sanoat massasalarida sutni tozalash mexa- nizatsiya yordamida olib boriladi. Buning uchun «CT-1»,
«CT-1A» markali maxsus apparatlardan foydalaniladi.
126



Bu apparatlaming ichki qismida bir qancha barabancha- lari bo‘lgani holda, markazdan harakatlanuvchi kuch yordamida yot mexanik jismlar sut tarkibidan osonlik bilan ajralib chiqadi. Bunda tozalangan sut alohida kanalchadan, uning iflos qismi boshqa kanalchadan oqib tushadi va nihoyatda og‘ir jismlar barabanining devorlariga yopishib qoladi, so‘ng u tozalanadi.
Avtomatik apparatlaming qulaylik tomoni yana shundan iboratki, u faqatgina mexanik yot jismlamigina sutdan ajratib olmasdan, sut tarkibida bo‘lgan shilliq, fibrin quyqasi, qonning shakliy elementlari epiteli- ya hujayra qoldiqlari va h.k.lardan ham xalos qiladi. Umuman, bunday yaroqsiz va kerak bo'lmagan jism va moddalar tozalangan umumiy sut miqdorining o'rtacha 0,06% ni tashkil etishi ko‘plab tajribalarda tekshirib ko‘rilgan.
Hozirgi vaqtda sanoatimizda sut tarkibidagi kasallik qo‘zg‘atuvchi bakteriyalami tozalashga moslashgan avtomatik sut tozalagichlar ustida tadqiqot ishlari olib borilmoqda. Buning yana -muhim afzalligi shundan iboratki, gumon etilgan sutni pasterlash yoki qaynatish tadbirlaridan xoli bo‘linadi. Umid qilish mumkinki, ya- qin yillar ichida bunday avtomatlar yirik xo‘jaliklar uc- hun tavsiya etiladi.
Sut tozalagichlar har safar 2 soat ishlatilgach toza- lanishi talab etiladi. Buning uchun avval u toza issiq suv bilan yuviladi, keyin a, b, v deb nomlangan kukun (poroshok) yuvish vositalarining 0,5% li eritmasidan foydalaniladi. Bimdan tashqari, harorati 40—45°C bo‘l- gan kalsiylangan sodaning 5% li eritmasidan foyda- lanish tavsiya etiladi. Shuningdek, apparatning ichki devorlariga yopishib qolgan qoldiqlami schetka yoki yojik (yorsh)lar yordamida tozalab tashlash mum- kin. Bundan tashqari, haftasiga bir marta xlor prepa- ratlarining birortasi yordamida sut tozalash apparatlarini
127



tozalash tavsiya etiladi. Keyin u quritiladi va ustiga biror toza mato berkitib qo‘yiladi.

Download 388,29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   119




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish