Sut zavodlarida sutga ishlov berish. Sutni mexanik jismlardan tozalash usullari to‘g‘risida yuqorida ayrim ma’lumotlar va tadbirlar bayon etilganligi uchun bu
124
bo‘limda sutni tozalashga taalluqli bo‘lgan ayrim fikr va tavsiyalar ustida so‘z yuritiladi.
Sutni turli xil yot jismlardan tozalash uning sifatini va tabiiyligini (naturalligini) saqlash borasida mu- him ahamiyatga ega. Sut tortilgach yoki o‘lchanib bo‘lingach tozalanadi yoki filtrlanadi.
Filtrlash ishlari asosan uch xil usulda olib boriladi. Masalan, ichida mayda to‘rsim bo‘lgan maxsus kruj- ka yordamida bir necha qavatdan iborat toza doka yordamida bajariladi. Bu ikkala usulning ham ijobiy, ham salbiy tomonlari mavjud. Jumladan, to‘rsim krujkalardan foydalanilganda sut tez va toza filtrlanadi va gigiyenik jihatdan yuqori darajada boiadi. Lekin uning kamchiligi filtratsiyani juda sekin borishi va qimmatligi hamda tez-tez yuvilishi hisoblanadi.
Bir necha qavatli doka yordamida filtrlashda ish tez bajariladi va u arzon turadi. Salbiy tomoni — sut 100 foiz tozalik darajasida bo‘lmaydi. Uni ham tez-tez yu- vib, tozalab va sterillab turish talab etiladi. Umuman, qaysi bir usul qo‘llanishidan qat'i nazar har safar ish tugagach, filtrlash asbob va materiallari issiq suvda sovunlab yuviladi, qaynatiladi va hatto sterillanadi.
Yirik sutchilik fermalarida sutni filtrlash uchun plastinkali yoki diskali suzg‘ichlardan, hamda sen- trifugalardan foydalaniladi. Ishlashi jihatidan sepa- ratorga o‘xshash bo‘lgan sentrifugalar tarelkali yoki teralkasiz bo‘lishi mumkin. Ko‘pincha fermalarda sog‘ib olingan sut sentrifuga yordamida avval tozalanadi, so‘ngra uning qaymog‘i olinadi. Bunda har 1-1,5 soat ichida separatoming ichini ochib undagi barabani va boshqa qismlarini issiq suvda yuvib turish tavsiya etiladi.
Sutning mexanik birikmalardan tozalash. Bu tadbimi olib borishdan asosiy maqsad, sigirlami sog‘ish jarayonida uning tarkibiga tushib qolgan ayrim yot jismlardan xoli etish hisoblanadi. Tozalash ishlari,
125
sigirlami sog‘ib bo‘lgach, tezda amalga oshiriladi. Sut- ni tozalash uchun filtrlanadi. Bu tadbir sut miqdoriga ko‘ra maxsus sovutgich-tanklar (idish)da, sut flyaglarda va boshqa tur idishlarda bajariladi. Yirik fermalarda va sutchilik komplekslarida bu tadbir avtomat usulida filtrlash asboblaridan foydalaniladi va bu tadbir bir vaqtning o‘zida sigirlar sog‘ilayotgan jarayonda o‘tkaziladi. Shuning uchun sutni filtrlash apparatlari, sut yo‘naltiruvchi truba (molokoprovod)larga o'matilgan bo‘lib, sog‘ish qurilmasining ma’lum bir tarkibiy qismi hisoblanadi.
Sutni avtomatik usulda filtrlash uchun ko‘pincha kapron, lavsan kabi sintetik va sun’iy materiallardan va byaz (bo‘z) deb nomlanuvchi vositalardan foydalaniladi, hamda sutni nihoyatda toza holda tozalash imkonini beradi. Lavsanli filtrlar ikki qavatli, dokalilari esa 4 -6 qavatdan tashkil topishi ma'qul hisoblanadi.
Bulardan tashqari, yana yupqa paxtadan, vafel chitidan, oq flanel nomli va «sedilka» deb ataluvchi sut suzg‘ichlaridan ham foydalaniladi. Umuman, qanday suzgichlardan foydalanilmasin, ish jarayoni tugagach, ular dezmol moddasining 2% li eritmasi yoki boshqa turdagi yuvish va tozalash vositalari yordamida yaxshilab yuvilib quritiladi. Lekin quritishdan avval is- siq suvdan foydalanish yaxshi natija beradi.
Lavsandan tayyorlangan filtrlar yuvib bo‘lingach,
Do'stlaringiz bilan baham: |