DASTURNING MAZMUNI K I R I SH Hozirgi vaqtda insoniyat oldida turgan dolzarb muammolar yechimida o’tmish merosini o’rganish va o’zlashtirishning ahamiyati. Merosning ilmiy nazariy tasniflashtirishning asosiy tamoyillari. Buyuk sivilizatsiyalar yaratgan xalqlar tarixining burilish nuqtalarida o’tmishga murojaat qilishning zarurligi va imkoniyatlari.
Yevropa tafakkurida Renessansning an’anaviy tushunilishi: o’tmishda yuksak ravnaqqa erishgan va davomli o’rta asrlarga ega xalqlar tarixida feodalizmdan yangi zamonga o’tish poydevorini tayyorlagan alohida davr. Ijtimoiyotda Osiyo-Sharqning ijtimoiy-madaniy rivojlanishgan mintaqalarini chuqurroq o’rganilishi natijalariga ko’ra Renessans masalalarining tobora dolbzarblik, umumtarixiylik kasb etib borishi. Sharq va G’arbda renessans kechishining umumiy va mintaqabviy-etnik shart-sharoitlari.
Vatan tarixida ijtimoiy-madaniy rivojlanishning yuksakka ko’tarilgan davrlari va ularning Renessans maqomi “Yangi O’zbekiston” va “Uchinchi Renessans” tushinchalarining “o’zaro uyg’unligi va hamohangliligi” (Sh.M.Mirziyoyev).
Renessansologiya – milliy-hududiy rivojlanish, umumijtimoiy muammolarining madaniy o’tmishdagi ilg’or davrlarga qiyosan nazariy metodalogik o’rganish sohasi.
I.RENESSANS – SIVILIZATSIYAVIY-TARIXIY FENOMEN
I.1. “Renessans”ning umumtushunchaviy maqomi va ijtimoiy-madaniy mohiyati “Renessans” tushinchasining ko’p ma’noliligi, mantiqiy-falsafiy murakkabligi va ziddiyatliligi. “Renessanslar” – “sivilizatsiyalar ketma-ketligi ifodasi” (Arnold Toyinbi), tafakkur va turmushda kechkan to’ntarish. Genetik makonlar va davr tavsifi. Insonning individualligi va jamiyatdagi o’rni masalalari – Renessansning markaziy muammosi. Gumanizm - Renessansning g’oyaviy asosi. Sharq va G’arb o’tmishidagi mumtoz merosga yondashuv masalalari. Din omilining Renessansdagi o’rni.
I.2. Renessansning tarkibiy-tizimiy tuzilishi Tizimiylik – har qanday ob’yekt tuzilishining sharti. Markazlashgan shahar, rivojlangan hunarmandchilik va keng tarmoqli savdo hamda yangicha shakllangan ziyolilar qatlami – Renessansning tarixan asosiy tashkil etuvchilari. Ma’naviyat - Renessansda tizim yaratuvchi. Etnik va diniy turli-tumanlikning Renessansdagi ahamiyati. Madaniy universalizmning shakllanishi.
Renessans dunyoqarashining boshqa dinlarga munosabati masalalari. Renessans va davlatchilik. Badiiyat, ilmiy bilimlar va ma'naviyatning boshqa sohalaridagi ravnaq. Renessans - ziddiyatli jarayon.