O‘quv kursining tizimli mantiqiy tuzilishi
O‘zbekiston ta’lim tizimida Konstitutsiyada belgilanganidek, bitta mafkuraviy yakka hokimligiga hech qanday shaklda yo‘l qo’yilmaydi. Asosiy Qonunning 12-moddasida ko‘rsatilganidek, ijtimoiy hayot, mafkura va qarashlar turlichalik tamoyillari asosida rivojlanmog‘i, ya’ni, hech qanday mafkura davlatniki bo‘lmasligi lozim.
Kurs mantiqan shunday tarkibga egaki, unda dastlab Renessans masalalari umumiy sivilizatsiyaviy-tarixiy fenomen sifatida qarab chiqiladi. Keyingi bo‘limda bu umumiy yondashishdan Renessansning umuminsoniy va o‘tmishda rivojlangan etno-mintaqaviy jarayonlarining umumtarixiy va tipologik tahlilini berishga o‘tiladi.
III bo‘limda Arab-musulmon sivilizatsiyasinings Renessanschilik salohiyati va uning Afroyevrosiyoda umumislom Uyg‘onishini ta’minlanganligi to‘rtta paragraflarda yoritiladi.
IV bo‘limda mingyillik marrasida – IX-XIII asrlarda Movorounnahr va Xurosonda milodiy ikkita mingyillik marrasida – kechgan Birinchi hamda XIV- XV asrlardagi Amir Temur va Temuriylar davri – Ikkinchi tarixiy Renessans bosqichlari ko‘rib chiqiladi.
V bo‘limda O‘zbekistonning davlat istiqloli yillarida Uchinchi Renessans poydevorini yaratish bo‘yicha ilk qadamlar qo‘yilgan, ayniqsa, 2017-2021 yillarda muhim rejalar belgilangani yoritiladi. Avj olib ketgan pandemiyaga qaramay mamlakat rivojlanishi bu yillarda ancha ilgarilab ketdi. Navbatdagi besh yilga mo‘ljallab belgilab olingan rejalar Yangi Renessans yo‘lida yanada muxim bo‘lishi kutilmoqda.
Kursning asosiy ijtimoiy-gumanitar va tabiy-ilmiy o‘quv fanlari bilan aloqasi.
Maxsus kurs tarkibiy tuzilishida aniqlanganidek, uning komponentlaridan har biri konkret turdagi bilmlar bilan aloqadadir. Xususan, Renessansni insonning turli jihatlarini o‘rganadigan barcha gumanitar o‘quv predmetlari, jahonda va o’tmish Uyg‘onish davrlarida kechgan jarayonlarning tarixiining xos jihatlari bilimlariga tayanish muhimdir. Bunda tarixiy bilmlar maxsus kurs mavzulari uchun kirishni ifodalaydi. Ilmiy bilimlar va ma’naviy madaniyatning boshqa tarzlarida ham Renessans masalalari katta o‘rin tutganidan bu sohalar o’tmishiga ma’lum e’tibor zarur bo’ladi.
Tabiatshunoslik va aniq fanlardagi, shuningdek, ularning birligi kechgan Renessans jarayonlarining tarixiy o‘rni tegishli soha bilmlarida tub burilish yasagani ma’lum. Bulardan ham O‘zbekistonning hozirgi taraqqiyotida poydevori qo’yilishi boshlangan Yangi Renessans jarayonlarini qiyosiy tushunishda foydalanish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |