Renessansologiyaning ta’limiy zarurligi
SH.M.Mirziyoyev Vatan mustaqilligining 29 yilligi munosabati bilan 2020 yil 31 avgustda o‘tkazilgan tantanali yig‘ilishdagi nutqida milliy yuksalishning maqsadi U c h i n c h i R e n e s s a n s poydevorini yaratish ekanligini zaruriyat sifatida belgiladi. O‘tgan vaqt davomida mamlakat Prezidentining dasturul vazifalar belgilab berilgan ma’ruza va nutqlarida Uchinchi Renessansning turli jihatlari ko‘rib chiqila boshlandi.
Mohiyat-e’tibori bilan strategik maqsadni ifodalagan bu umummilliy g‘oya prezidentning 2020 yil 30 sentabrda O‘qituvchi va murabbiylar kuniga bag‘ishlangan yig’ilishidagi nutqida ham o‘zining aniq va ravshan ifodasini topdi: “Biz, - keng ko‘lamli demokratik o‘zgarishlar, jumladan, ta’lim islohotlari orqali O‘zbekistonda yangi Uyg‘onish davri, ya’ni, Uchinchi Renessans poydevorini yaratishni o‘zimizga asosiy maqsad qilib belgiladik. Bu haqda gapirar ekanmiz, avvalo, Uchinchi Renesansning mazmunini har birimiz, butun jamiyatimiz chuqur anglab olishi kerak”.
2021 yil yanvarda ma’naviy-ma’rifiy ishlar ta’sirchanligini oshirish bo‘yicha o‘tkazilgan videoselektorda Uchinchi Renessans poydevorini yaratish vazifalarini “Milliy tiklanishdan – milliy yuksalish sari” bosh g‘oyasi bilan uzviyligi asosida M i l l i y g ‘ o y a konsepsiyasini ishlab chiqish zarurligi qo‘yildi. Zero, Milliy g‘oyada, b i r i n c h i d a n , davlat va xalqni oliy maqsadlari eng umumiy hamda siqiq tarzda mujassamlandi; i k k i n c h i d a n , ijtimoiy harakatning ma’nosi, mazmuni va yo‘nalishi mo‘ljallar ifodalanadi; u c h i n c h i d a n , ijtimoiy hayotning asosiy sohalarida bajarilishi lozim bo‘lgan vazifalar belgilanadi; t o ‘ r t i n c h i d a n , xalqning yaratuvchilik faoliyatida birlik, jipslikni umumijtimoiy talablar darajasida ta’minlashga da’vat ifodalanadi.
Uchinchi Renessans haqidagi bilmlar ijtimoiy fikrda tobora chuqur konseptuallik kasb eta boshladi. Mamlakat Rrezidentining “Yangi O‘zbekiston” gazetasi Bosh muharririning savollariga bergan javoblarida (2021 yil 17 avgust) “Yangi O‘zbekiston” va “Uchinchi Renessans” tushunchalari nisbati aniqlashtirildi. Ularning o‘zaro uyg‘unligi va bevosita aloqadorlikda olinayotganligi ko‘rsatildi. Tarixan ham O‘zbekiston zamini “ikki buyuk uyg‘onish davriga birinchi (ma’rifiy- IX – XII asrlar) va ikkinchi (Temuriylar – XIV-XV asrlar) Renessansga beshik bo‘lgan edi”. Uchinchi Renessans poydevorini yaratish jarayonlari esa hozirgi real voqeilikdir.
SH.M.Mirziyoyevning O‘zbekiston Prezidenti lavozimiga kirishishi marosimida Oliy Majlis palatalari qo‘shma majlisida so‘zlagan nutqida ta’kidlandiki: Yurtimizda Uchinchi Renessansning poydevorini barpo etish uchun bizga zamonaviy ilm va yana bir bor ilm, tarbiya va yana bir bor tarbiya kerak. Bugungi va ertangi kunimizni yoshlarimiz taqdirini hal qiladigan yuksak malakali muallim va murabbiylar, professor- o‘qituvchilar, haqiqiy ziyolilar kerak.
Bu vazifalar O‘zbekistonda ta’lim tizimining barcha bo‘g‘inlarida o‘quv predmetlarining imkoniyatlari darajasida ifodasini topmog‘i lozim. Oliy ta’limda bu vazifani bajarish tegishli ixtisosliklarning o‘ziga xosliklari bilan bog‘langan holda ayniqsa ilmiy tadqiqotchilik sohasini tanlagan magistrantlar uchun “R e n e s s a n s o l o g i y a – i j t i m o i y o t t a r m o g ‘ i ” nomida maxsus kurs tarzida o‘qitilishi maqsadga muvofiq bo‘lur edi.
“Renessansologiya – ijtimoiyot tarmog’i” maxsus kursining konseptual aniqlanishi
Do'stlaringiz bilan baham: |