Vaqti: 2 soat
|
Talabalar soni: 30 ta
|
Mashg‘ulot shakli
|
Amaliy mashg‘ulot
|
Amaliy mashg‘ulot rejasi
|
1.Ma’ruzada o‘rganilgan nazariy bilimlarni takrorlash
2.Dars ishlanmasi muhokamasi
3. Yozuv darslarini taskil qilish va o‘tkazish yuzasidan tavsiyalar
4. Xulosa
|
O‘quv mashg‘ulotning maqsadi
|
Talabalarning savod o‘rgatish davri yuzasidan ma’ruzada o‘rganilgan nazariy bilimlarini amaliyotga tatbiq etish ko‘nikmalarini shakllantirish.
|
O‘qituvchining vazifasi:
1.Talabalarning savod o‘rgatish tayyorlov davri yuzasidan ma’ruzada o‘rganilgan nazariy bilimlarini amaliyotga tatbiq etish ko‘nikmalarini shakllantirish.
A)Savod o‘rgatish davri «Alifbe» va yozuv darslari reja konspektini tayyorlashni o‘rgatish.
B)Dars ishlanmasi yuzasidan fikr-muloxaza bildirishga o‘rgatish.
V) «Alifbe» darsligi va «Yozuv daftarlari»da berilgan o‘quv materiallarini tahlil qilishga o‘rgatish.
3.Talabalarning bilimga bo‘lgan qiziqishlari va faolliklarini oshirish.
|
O‘quv faoliyatining natijasi:
Talabalar bilishi kerak:
1. Savod o‘rgatish davri «Alifbe» va yozuv darsi ishlanmasini tuza olish.
2. Eshitilgan dars ishlanmasi yuzasidan o‘z fikr-muloxazasini bildirish.
3. «Alifbe» darsligi va «Yozuv daftarlari»da berilgan o‘quv materiallarini tahlil qilish.
4.Mashg‘ulotda faol qatnashish
|
Ta’lim metodi va texnikasi
|
Kuzatish, izlanish, savol-javob, klaster.
Kompyuter texnologiyasidan foydalanish: slaydlar.
|
Ta’lim vositasi
|
Darslik, metodik qo’llanma, proyektor
|
Ta’lim shakli
|
Yakka tartibdagi savol-javob, kichik guruhlarda ishlash
|
Ta’lim sharti
|
Auditoriya, TSOdan foydalanish
|
Texnologik xarita
|
Ish bosqichlari va vaqti
|
Ish bosqichlari va vaqti
|
Dars bosqichlari va vaqti
|
O‘qituvchi
|
Talaba
|
1-bosqich
Kirish
(5 daqiqa)
|
1.Amaliy mashg‘ulot mavzusini
(Alifbo davri o‘qish va yozuv darslari konspektini tuzish va uning tahlili), maqsadini, rejasini e’lon qilish.
|
1. Eshitadi, yozadi, javob beradi.
|
2-bosqich
Bilimlarni faollashtirish (15 daqiqa)
|
Metod. Aqliy hujum, suhbat.
«Savod o‘rgatish davri» yuzasidan o‘rganilganlar quyidagi savollar asosida eslatiladi.
1.Savod o‘rgatish davridagi o‘qish va yozuv darslariga tavsif bering?
2.«Alifbe» darsligi qurilishining ilmiy-pedagogik tamoyillarini tushuntirib bering.
3.Yozuv darslarida o‘quvchilar nutqini o‘stirishdaqanday usullardan foydalaniladi?
4.O‘quvchilarning fonematik eshitish qobilyati deganida nimani tushunasiz?
Talabalarning nazariy bilimlarini baholash.
|
Muhokama uchun savol-topshiriqlarga javob beradi
|
3-bosqich
Umumlashtirish
(55 daqiqa)
|
1. Amaliy:
1.Har bir talabaga Q.Abdullayeva, T.G’affarova, R.Safarova boshchiligida yozilgan metodik qo‘llanmalardan bittadan dars ishlanmasi tarqatiladi va quyidagi savolga javob topish so‘raladi.
Qaysi dars ishlanmasi sizga ma’qul bo‘ldi?
Nega?
2.Talabalar tomonidan tayyorlangan dars ishlanmalari asosida mini darslar o‘tkaziladi.Eshitilgan dars yuzasidan talabalar o‘z fikr muloxazalarini bildiradilar.
3.Ta’limiy o‘yin o‘tkaziladi.
So‘zdagi bir undosh tovushni o‘zgartirib yangi so‘z hosil qiling.
Zina-sina
Pilla-tilla
Dog’-tog’
Dil-til
|
|
4-bosqich
Yakuniy bosqich
(5 daqiqa)
|
Talabalarning ishlari yig’ib olinadi. Mashg‘ulotda qatnashgan talabalarga reyting ballari qo‘yilib, mashg‘ulot yakunlanadi.
|
|