Metod. Suhbat.
Maqsad. Talabalarning boshlang’ich sinflarda husnixatga o’rgatish usullari bo’yicha fikrlarni aniqlash.
Savollar.
“Lahzada aql charxi”
1. Husnixat darslariga qanday talablar qo’yilgan?
2.Yozuvning gigienik talabiga nimalar kiradi?
3.Yozuv qurollari va materiallariga nimalar kiradi?
4. Yozuv jarayonida ruchka ushlash qoidalari va uni o’quvchilarga o’rgatish usulini ayting.
5.Husnixat bilan yozish ko’nikmalarini shakllantirish nimalarga bog’liq?
|
Muhokama uchun savol-topshiriqlarga talabalarning javobi.
|
3-bosqich.
Umumlashtirish
(50 daqiqa)
|
Topshiriq.. Halqa elementli harflarni esga olish va mashq qilish ustida ishlanadi.Halqa elementli harf elementlariga
f b d h l k
Halqa elementli harflarni husnixat daftariga grafik qoidalarga amal qilgan holda yozdirish. Shundan so’ng harf elementlarini xattaxtada yozishni mashq qildirish.
Harf elementlari uchun ko’rgazma tayyorlash yuzasidan maslahatlar berish.
|
|
4-bosqich
Yakuniy bosqich
(10 daqiqa)
|
Savol – topshiriqlar.
1.Boshlang’ich sinf o’quvchilarini husnixatga o’rgatishda qaysi usulni samarali deb hisoblaysiz?
2.Harf elementlari uchun ko’rgazmalar tayyorlang.
Dars yakunida harf elementlari uchun ko’rgazma tayyorlash ustida ishlanadi, mashg’ulotda faol qatnashgan talabalar baholanadi.
|
|
1.1 Amaliy mashg’ulotining o’qitish texnologiyasi.
Vaqti: 2 soat
|
Talabalar soni: 30 ta
|
Mashg’ulot shakli
|
Amaliy mashg’ulot
|
Amaliy mashg’ulot rejasi
|
1. Talabalarni amaliy mashg’ulotga tayyorlash.
2. Husnixat daftariga harf unsurlarini yozishni mashq qildirish.
3.Husnixat darslariga qo’yiladigan talablar yuzasidan talabalar bilimini aniqlsh.
4.Yarim oval unsurga ega bo’lgan harflar yuzasidan talabalar bilan suhbat.
|
O’quv mashg’ulotining maqsadi
|
Talabalarni yarim oval elementli harf unsurlarini grafik jihatdan to’g’ri yozish malakalarini rivojlantirish.
|
O’qituvchining vazifasi:
1. Husnixat darslariga qo’yiladigan talablarni o’rganish bo’yicha talabalar bilimini aniqlash mashg’ulot davomida ularni faollashtirish.
2. Yarim oval elementli harflarni to’g’ri yozishni tushuntirish, talabalarning mavzu yuzasidan bilim va ko’nikmalarini 5 ball asosida baholash.
|
O’quv faoliyatining natijasi
Talabalar bilishi kerak
1. Yozuv qurollarini sanab bering.
2. Yarim oval elementli kichik harflar guruhini husnixat qoidalari asosida yozishni mashq qilish.
3. Test yechish.
4. Yarim oval elementli kichik harflarni husnixat qoidalari asosida yozishga o’rgatuvchi mashqlardan namunalar ko’rsatish.
|
Ta’lim metodi va texnikasi
|
Genetik metod, suhbat, qo’l harakatini mashq qildirish usuli.
|
Ta’lim vositasi
|
Darslik, metodik qo’llanma, proyektor
|
Ta’lim shakli
|
Yakka tartibdagi savol – javob, kichik guruhlarda ishlash.
|
Ta’lim sharti
|
Auditoriya, TSO dan foydalanish.
|