Paleogeografiya haqida tushuncha.
Birqancha yuz va xatto ming yillar burun paleogeografiya fani tushunchasi fani o‘z nomini olmagan bo‘lsa ham, lekin paleogeografiyaga oid oddiy ilmiy tushunchalar qayd qilingan. Paleogeografiya qanday ilm, qolaversa qanday fan. Paleo so‘zi yunoncha «qadimiy» degan ma’noni bildiradi. Geografiya esa Yer haqidagi fan, demak, paleogeografiya-qadimiy geografiya degan tushunchani anglatadi.
Paleogeografiya tarixiy geologiyaning bir qismi hisoblanadi. O‘tgan geologik zamonlarda mavjud bo‘lgan fizik-geografik sharoitlarni o‘rganadigan fan. Bu fan Yer yuzida quruqlik va dengizlarning tutgan o‘rni, quruqlik va dengiz osti rel’efini, iqlim sharoitlarini, orografiyasini (tog‘ tizmalarining paydo bo‘lishi haqidagi ilm) va shu kabi jarayon va hodisalarni o‘rganish bilan bir qatorda bu sharoitlarning vaqtga nisbatan o‘zgarib turishini o‘rganadi.
Eramizdan oldingi erada yashab o‘tgan (384-322 yillar) olim Arastu (Aristotel) tushunchasiga ko‘ra, landshaftlarning o‘zgarib turishi yer po‘stining asta-sekin ko‘tarilib turishi hamda uning cho‘kishi yoki pasayishi tufayli sodir bo‘ladi.
Qadimiy o‘tmish geologik davrlarida yer yuzida fizik-geografik sharoitlarning o‘zgarib borishi jarayonlarini birinchi bo‘lib Abu Rayxon Beruniy (972-1048 yillar) va Abu Ali ibn Sino (980-037 yillar) bobo olimlarimiz tushuntirib berganlar. Keyinroq Leonardo da Vinchi (1452-1519 yillar) ham Abu Rayxon Beruniy va Abu Ali ibn Sinoning tarixiy geologiyaga oid tushunchalariga mos keladigan ilmiy tushunchalarni aytgan. Masalan, Abu Rayxon Beruniy va Ibn Sino cho‘kindi jinslarning litologik tarkibini, ularning navbatma-navbat yoki oldinma-keyin paydo bo‘lganligini, shu cho‘kindi jinslar tarkibida toshqotgan xolatda saqlanib qolgan umurtqasiz hayvonlarning xillarini o‘rganishlari natijasida shunday xulosaga keldilarki, bu jinslar qadimiy geologik davrlarda dengiz suv havzalarida yashagan va cho‘kindilar bilan bir vaqtda suvda to‘planadigan qoldiqlardir, deb tushuntirganlar.
Leonardo da Vinchi ham Italiya tog‘larida ilmiy izlanishlar olib borilayotgan vaqtda dengizlarda yashab o‘tgan suv osti hayvonlari skeletlariga duch kelgan va shu xududlar o‘rni suv havzalaridan iborat bo‘lganligini ta’kidlagan.
17-asrdan boshlab va keyingi asrlarda Ovrupo va g‘arbiy Ovrupo olimlari ham tabiatshunoslik fani olamida ilg‘or ilmiy tushunchalarni yaratdilar. Jumladan M.V.Lomonosov (1711-1765 y) “Er qatlamlari haqida” degan ilmiy asarida rus tekisliklari o‘rnida qadimda katta-katta suv havzalari bo‘lgan, Sibir hududlarining iqlim sharoitlari hozirgi iqlimga nisbatan ancha illiq va ayrim joylarida jazirama issiq ham bo‘lgan degan xulosaga kelgan. Demak, yuqorida aytib o‘tilgan paleogeografik sharoitlari haqidagi fikrlarni tasdiqlab o‘tishi barobarida, paleoiqlim sharoitlarini tiklash yo‘nalishiga ham asos solib berdi.
Yuqorida bayon etilgan ilmiy fikrlarni jamlab yakunlaydigan bo‘lsak, quyidagi iborani aytish mumkin: “Er usti yoki po‘sti qismini bir kitob deb faraz qilsak, uning ichidagi shartli belgilar yerning rivojlanish tarixidan darak beradi, kitobning varaqlari esa tog‘ jinslarining qatlamlari va ularning ustma-ust joylashganligini eslatadi” demak biz shu kitobdagi shartli belgilarni yechish kalitini topsak planetamizning juda qiziq tarixini o‘qishimizga muyassar bo‘lamiz, N.A.Yasamanov 1985y.
Demak, paleogeografiya fani qadimiy o‘tmish geologik davrlarda namoyon bo‘lgan fizik-geografik sharoitlarini tiklashga yordam beradi. Qadimiy fizik-geografik sharoitlarni ta’mirlashda qanday geologik va fizik-geografik omillarga murojaat qilinadi degan savolning kelib chiqishi tabiiydir.
Buning uchun o‘quvchilar e’tiborini quyidagi tabiiy misollarga jalb etamiz: Arxey va proterozoy eralari davomida hosil bo‘lgan cho‘kindi jinslar tarkibida ko‘pdan-ko‘p qadimiy hayvonot olamining qoldiqlariga duch kelingan. Masalan, Janubiy Amerikadagi cho‘kindi jinslarning orasida uzunligi 0.45-0.7 mm. keladigan cho‘psimon jonzodlar qoldig‘i borligi aniqlangan; ularning diametri 0.18-0.22 mm keladi; yana shu cho‘kindi jins qatlamlarida uzun ipsimon, zoldirsimon, diskasimon xamda ko‘pburchakli shakllariga ega bo‘lgan jonzodlar va suv osti o‘simliklar qoldiqlari topilgan. Bularni-akritarxi deb ataladi. Cho‘kindi jinslarning yoshi esa 3.1-3.4 mlrd yilga to‘g‘ri keladi. Yoshi 2.9 mlrd. yilga to‘g‘ri keladigan cho‘kindi jinslar orasida xam sianofitlar deb nomlangan (ko‘kimtir-yashil rangdagi suv osti o‘simliklari qoldig‘i) va har xil bakteriyalar (stromatolitlar va onkolitlar) borligi aniqlangan. Demak, shu xududlarda bir qancha mlrd. yillar oldin dengiz va okean kabi suv havzalari maydoni xukmronlik qilgan; bu misolarni boshqacha tarzda taxlil qiladigan bo‘lsak, arxey va proterozoy eralarining fizik-geografik sharoitlarini tiklashga imkoniyat paydo bo‘ldi degan ma’no kelib chiqadi.
Arxey erasida biosferaning ilk tirik xayoti boshlanadi. Ilk tirik xayot faqat suv havzalaridagina bo‘lgan, quruqlik xududlarida esa xayot belgilaridan hech qanday ma’lumotlar yo‘q, bo‘lmagan degan xulosaga kelsak xatoga yo‘l qo‘ymagan bo‘lamiz. Yuqorida keltirilgan misollardan yana boshqa ma’nodagi fizik-geografik o‘tmish tarixini aniqlashimiz mumkun:
Arxey erasi davomida yuzaga kelgan cho‘kindi tog‘ jinslarining qalinligi juda yupqa, suv havzasi jonivorlari va o‘simliklarining soni qanchalik ko‘p-mo‘l bo‘lsa, shunchalik ularning cho‘kindilaridan hosil bo‘ladigan jinslari ko‘p bo‘lishi kerak edi. Ya’ni cho‘kindi jinslarning qalinligi yanada ortib boraverar edi.
Suv xavzalarida yashab o‘simliklar va jonivorlarning kamligiga asosiy sabablardan yo iqlim sharoitining o‘zgacha bo‘lishi (sovuq iqlim) yoki suv havzalarining sayoz bo‘lganligidan darak berishi mumkun.
Paleogeografiya mutaxassisi L.B.Ruxinning ta’rifiga ko‘ra paleogeografiya faqat uzoq o‘tmishdagi landshaftlar haqidagi fan bo‘libgina qolmasdan u yana landshaft va fatsiyalar bilan ifodalanuvchi o‘tmishdagi tabiiy geografik jarayonlarning yig‘indisidir. Geografiya fani mutaxassislari hozirgi vaqtda faqat zamonaviy epaxalarning fizik-geografik sharoitlarini va ularning xossasi va xususiyatlarini o‘rganish bilan chegaralanib qolmoqdalar desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Ya’ni Yerning ustki qismi rel’efini. Quruqlik va dengizlarning maydoni va chegaralarini, suv va atmosferalarining sirkulyatsiya jarayonlarini, iqlim sharoitlari, o‘simlik olami va hayvonot dunyosining geografik tarqalishi kabi masalalarni o‘rganadilar. Agar geograflar ham yuqorida aytilgan tabiat jarayonlarini o‘rganish bilan barobar, bir yo‘la paleogeografik nuqtai nazardan yondoshadigan bo‘lsalar nur ustiga nur yoritilganday o‘tmish fizik-geografik sharoitlarini aniqlashni tezlashtirishiga o‘z xissalarini qo‘shgan bo‘ladilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |