Chirchiq davlat pedagogika instituti


Ko‘l va botqoqliklarning geologik faoliyati



Download 29,42 Mb.
bet77/138
Sana30.12.2021
Hajmi29,42 Mb.
#94235
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   138
Bog'liq
geologiya-maruza-matni

Ko‘l va botqoqliklarning geologik faoliyati

Atrofi quruqlik bilan o‘ralgan, dengiz bilan bevosita aloqasi yo‘q suv to‘lgan chuqur havzalarga ko‘l deyiladi. Ko‘l suvla-rining ayrimlari tashqi muhitga oz miqdorda oqib turadi, le-kin ko‘pchilik ko‘llarning suvi. turrun holida turadi (23-rasm). __K^llarning genetik xillari1. Ko‘llar turli xil geologik jarayonlar natijasida vujudga kelgan. Ko‘llar vujudga keli-shiga qarab — tektonik, denudatsion, erozion, to‘g‘on, sup’iy (inson qo‘li bilai yuzaga keltirilayotgan suv omborlari) va boshqa ko‘l-larga bo‘linadi

.

55-Rasm. To’g’ ko’li.

Er po‘sti dislokatsiyalari orqali vujudga kelgan suv havza-lariga tektonik ko‘llar deyiladi. Tektonik harakatlar natija-sida yuzaga kelgan uzilmalar, bo‘qilma, yoriq va darzliklar xav-zalari suv bilan to‘ladi. Bunday ko‘llar qatog‘iga Bolxash, Boy-qol, Ladoga ko‘llari kiradi/u.

Kaspiy, Orol, Onega kabi dengiz xilidagi katta ko‘llarni yer po‘stining tektonik harakatlari vaqtida dengizdan ularning ay-•rim qismlari ajrab chiqqan degan farazlar ham bor. Kaspiy va Orol suv havzalari hosil bo‘lishiga birinchi navbatda tektonik harakatlar sababchi bo‘lgan, ikkinchi navbatda esa Hozirgi Orol va Kaspiy ko‘llari hududlarining relefi geomorfologik ji-hatdan mukammallashgandan so‘ng ular uchun zamin tayyorlangan. To‘rtlamchi davr muzliklarining erish jarayonida Qaspiy bilan Qora dengiz Qum—Manich pasttekisligida bir-birovlari bilan bog‘liq bo‘lgan. Qaspiy suv havzasi to‘rtlamchi davrda suv sathi-ning kamayishi natijasida hozirgi ko‘rinishiga kelgan. Jinslar-ning yemirilib yuvilishi natijasida paydo bo‘lgan chuqurliklar-da suv to‘planishidan erozion ko‘llar vujudga keladi. O‘rta Osiyo-dagi Sari—Chelak va Iskandar ko‘l ana shunday ko‘llardir.

Eroziyaga uchragan soyliklar, vodiylarning bir qismi geolo-gik sabablarga ko‘ra to‘g‘onlar bilan bekilib qoladi, keyin oqim suvlar shu yerda to‘planaverib ko‘l hosil qiladi. Bunday erozion to‘g‘on yoki to‘sma ko‘llar Tojikistondagi Shing daryosi yuqorisida joylashgan «Etti go‘zal» (ettita ko‘l) va Uzbekistonning Hamza-obod (Shohimardon) qishlog‘i yuqorisida joylashgan Ko‘k-ko‘l guruhi yaqqol misol bo‘la oladi. Karst ko‘llari kichik hajmli ko‘llardir. Bular karst bo‘shliqlarini to‘ldirgan suv omborlaridir. Shunday ko‘l xillari yer ustida, yer tagida ham bo‘ladi. Ba’zi bir karst ko‘llari qurg‘oqchilik vaqtida yoki yoz oxirida qurib keyin yana paydo bo‘ladi. Arxangelsk oblastida Valday balandligida shunday ko‘llar bor.

-Morena ko‘llari — muzlik faoliyati natijasida, muz-liklar o‘rnida hosil bo‘lgan ko‘llardir; morenalar to‘g‘on bo‘lib to‘sib qolishidan hosil bo‘ladi.



Oqar va oqmas ko‘llar. Ko‘llarga suv yog‘ingarchilik-lardan,daryolardan hamda vaqtinchalik suv oqadigansoylardan, yer osti ar.tezian suvlaridan, buloqlardan oqib keladi. Ko‘l su-vining oqib chiqib ketishiga yoki oqmasligiga qarab oqar ko‘llar va oqmas ko‘llarga bo‘linadi. Odatda, oqar ko‘llar suvi chuchuk, oqmas ko‘llarning suvi esa iqlim sharoitiga qarab chuchuk yoki sho‘r bo‘ladi. Issiq iqlimli yerlardagi ko‘llarda ko‘lga kelgan suvga nisbatan ko‘p suv bug‘langanligidan minerallashish asta-sekin orta borib, ko‘l sho‘r ko‘lga aylanadi. Mabodo, bunday ko‘llarning suvi chuchuk bo‘lsa, bu ko‘lning yaqipda hosil bo‘lganini anglatadi. Masalan, Bolhash ana shunday ko‘l. Agar oqmas ko‘lning suvi chu-chuk bo‘lsa, yer ostidan suv kirib va chiqib turadi, deb taxmi» qilish mumkin. Dengizdan ajralib vujudga kelgan ko‘llar suvi dengiz suvi kabi dastlaboq sho‘r bo‘ladi. Ko‘lga quyilgan suvlar bug‘lanaversa tuz konsentratsiyasi oshadi -- ko‘l suvining sho‘rli-gi ortaveradi. Elton va Bosqunchoq ko‘llari bunday ko‘llarga misol bo‘la oladi. Quruqlikdan oqib keladigan suv bilan to‘yi-nadigan ko‘llar suvi tarkibida sulfat kislota tuzlari, ayniqsa natriy ko‘p, magniy va kaliy tuzlari kamroq, karbonat angidri-di yoki bo‘r kislotasi tuzlari kamdan-kam bo‘ladi.

56-Rasm. Taqirlar



Sho‘rxoklar, taqirlar. Ko‘pgina sho‘rxoklar qurib qolgan sho‘r-ko‘llarning yoki dengiz qo‘ltig‘i va buxtalarning tuzga to‘yingav o‘rnidan iborat bo‘ladi. Lekin yog‘inlarga nisbatan bug‘lanish ko‘l bo‘lgan qurg‘oqchil yerlardagi cho‘kmalarda kapillyar teshiklardan ko‘tarilib chiqadigan yerosti suvlari tarkibidagi tuzdan ham sho‘rxoklar hosil bo‘ladi. Shu yo‘l bilan vujudga kelgan sho‘rxok-lar Zakavkazeda, O‘rta Osiyo va Qozog‘istonda hamda Yevropaning janubi-sharqiy qismlarida ko‘p. Taqirlar qurg‘oqchilik davrida qatqaloq bo‘lib yorilib ketgan tep-tekis yerlardir (24- rasm). Yog‘ingarchilik davrida taqir sayoz ko‘lga aylanadi. Taqirlar yupqa mayda qum va gil qatlamlaridan iboratdir. O‘rta Osiyo sharoiti-da taqir hosil bo‘lishiga juda qulay sharoitlar bor.

57-Rasm. Sho‘rxoklar



Ko‘llarning geologik ishi ham dengizlarning geologik faoliya-tiga o‘xshash, lekin kichikroq masshtabda bo‘ladi. Suv to‘lqinlari qirg‘oqqa urilishlari natijasida ko‘l qirg‘oqlari yemiriladi va cho‘kindilar to‘planadi. Kimyoviy cho‘kindilar faqat oqmas qo‘l-lardagina bo‘ladi, chunki oqar ko‘llarda eritmalarning ko‘p qis-mi oqib chiqib ketadi. Mexaniq cho‘kindilar hamma ko‘llarda bo‘-ladi. R1irik cho‘kindi jinslar irmoq quyiladigan joyning o‘zida tez cho‘kib delta hosil qiladi, mayda cho‘kindilarni suv ko‘l-ning o‘rta qismiga olib ketadi va sekin-asta cho‘kib ko‘l tagida yupqa loyqa qatlamni vujudga keltiradi. yirik cho‘kindilar xarsang toshlar, shag‘al toshlar, qumlar ketma-ketlik tartibida bo‘laklar. va zarrachalari razmeriga qarab ko‘l havzasida joy-lashadi, qirg‘oqdai uzoqlashgan sari cho‘kindi zarrachalari may-dalasha borib, asta-sekii loyqaga aylana boradi. Geologlar ho-zirgi zamon ko‘l yotqiziqlari bilap birga qadimiy ko‘l yotqiziq-larini ham o‘rganadilar. Qadimiy va zamonaviy ko‘l yotqiziqlari orasida tuz qatlamlari, gips, bo‘r, temir rudalari hosil bo‘ladi. Chuchuq suv ko‘llarida o‘simlik va hayvonot olamining qoldiqla-ri ko‘plab uchraydi, bu qoldiqlar ko‘lning yoshini va hayot tari-xini aniqlashda yordam beradi.

58-Rasm. Ko’l tubi



Botqoqdiklar. Ko‘l suv havzalarining pasayishi, ko‘l suvining asosyuP^TTsmi geologik va geomorfologik sabablarga ko‘ra yo‘q bo‘lib ketishi, sayozlanishi natijasida botqoqlik hosil bo‘ladi./ Botqoqliklar yana .daryo deltalari rayonlarida, daryolar keng tekisliklardan oqayotib juda ham tarmoqlanib ketgan viloyat-larida ham yuzaga keladi.

Botqoqlikka aylanayotgan ko‘llarda o‘simlik dunyosi (qamich,savag‘ich, qiyoq, zamburug‘lar va h. k.) juda ham ko‘p o‘sadi, bu esatog‘f hosil bo‘lishiga olib keladi. Mayda mexaniq cho‘kindilarbilan birga organiq loyqa-sapropellar ham to‘planadi. Ularning qalinligi bir necha metrlarga yetib, butun ko‘l chuqurliginito‘ldirib yuborishi ham mumkin. Sapropel va gumusli organiq bi-rikmalar to‘planaversa ko‘mir konlari paydo bo‘lishi uchun zamintayyorlanadi. Sapropel va gumus moddalari parchalanib chirishi natijasida bitum moddalar yuzaga keladi — uglerod va vodorod konsentratsiyasn shu tariqa oshib boradi Suv o‘simliklar.i to‘qimalari asosan — lignit va sellyulozalardan (60—70% i), oqsil (15% gacha) va kutin, katron (5% gacha) smolalarndan iboratdir. Ana shu moddalar yer qatlamlari ostida ko‘milib ketgandan so‘ng — salropel, gumus va tog‘f yotqiziqlarn hnsobidanko‘mir konlari yuzaga keladi. Ko‘mir konlari quyidagi boshqa hec qachon qaytarilmas jarayonlarda hosil bo‘ladi: avvalgi qo‘ng‘ir ko‘mir, keyin toshko‘mir, antratsit, shungit va yana vaqt o‘tishi bi-lan ular grafitga aylanadi. Ko‘mir tarkibida ham organiq.ham mineral massalar mavjud; organiq massa — ugleroddan(60—96%), vodoroddan (1 — 12%), kisloroddan (2—20%), azotdan (1—30%) va juda oz miqdorda fosfor hamda oltingugurtlardan tashkil topgan. Mineral massasi esa — kremniy, alyuminiy, temir, kalsiy, magniy, kaliy, natriy va boshqalardan iborat. Bir xil ko‘mir konlari tarkibida yuqori konsentratsiyagaega bo‘lgan berilliy, nikel, kobalt, molibden, uran, gallny, germaniy, ittriy va itterbiy kabi elementlar ham uchrab guradi.




Download 29,42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   138




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish