5-ilova
Yerning tog‘eologik va geologik tarixi.
Yerning tog‘eologik (geologik jarayonlar boshlanmasdan oldin yoki «gacha” degan ma’noda) tarixi yoki davri haqida fikr yuritayotganimizda 5-6 mlrd. yil burun bo‘lib o‘tgan hodisa va voqealar haqida ilmiy farazlar, tekshirishlar natijasida olingan fikr va taxminlarga suyanishga to‘g‘ri keladi.
Sayyoramizning tog‘eologik rivojlanish davri fazodagi kosmik materiallarning bir orbita va tekisligi bo‘ylab harakati, muayan bir joyda to‘planib joylashishi, jipslanishi, yangi-bo‘lajak sayyoraning paydo bo‘lishi uchun kosmik zarra va bo‘laklarning differensiatsiyaga dus kelishi, kontraksion jarayonning avj olishi-zichlanish, siqilish kabi voqea va hodisalarga to‘g‘ri keladi.
Bu vaqtda hech qanday haqiqiy geologik jarayonlar kechmaydigan kosmik davr hisoblanadi. Boshqacharoq tushuntiradigan bo‘lsak, Yerning na ichki qismida, na tashqida endogen, ekzogen jarayonlar hali boshlanmagan, magmatizm va vulqon portlash hodisalari bo‘lmagan, demak o‘z-o‘zidan ma’lumki minerallar, tog‘ jinslari va foydali qazilma boyliklar ham bo‘lmaydi.
Madomiki, bu tog‘eologik davrlarda qanday voqea-hodisalar yuz berishi mumkin. Bunday voqea va hodisalarni tushuntirib berish maqsadida olimlarning Yer sayyorasi yoki umuman Quyosh sistemasi paydo bo‘lishi haqidagi ilmiy farazlarni eslatib o‘tish zarur. Olimlar I.Kant, P.Laplas, Djins va J.Byuffon Quyosh sistemasining, jumladan Yerning ham paydro bo‘lishi haqida yurgizilgan fikri bo‘yicha, avvalida koinotda katta tumanlik bo‘lgan. Bu tumanlikning zarralari issiq holda bo‘lib, o‘z markazining atrofida aylana boshlagan.
Aylanish harakatining tezlanishi natijasida markaz tomon to‘planish hodisasi ro‘y bergan. Bu hodisa davomida umumiy tumanlikdan ajralgan alohida bir halqa yuzaga kelgan. Halqaning ichidagi modda va zarralar keyinchalik o‘zaro o‘ralib, to‘planib yumoloqlashgan. Shuningdek, hodisa va voqealar boshqa ufqlarda ham bir qancha sayyoralar va hatto ularning yo‘ldoshlari ham paydo bo‘lgan.
Bizning misolimizda Yer va uning yo‘ldoshi Oy paydo bo‘lgan. O‘rtada qolgan olovsimon holidagi (cho‘g‘simon) tumanlikdan Quyosh paydo bo‘lgan. Planetalar asosiy markaz hisoblangan Quyosh atrofida va bir tekislik yuzasida aylanadi.
Shunday savol tug‘ilishi muqarrar, xaligi yuqorida aytib o‘tilgan tumanlik qanday paydo bo‘lgan. O‘sha tumanlik fazosida Quyoshdan bir necha mln. marotaba katta bo‘lgan Quyosh kabi yonib-porlab turgan faeton degan yulduz portlab ketgan, olovsimon zarra va bo‘laklar har tarafga yoyilib ketib tumanlikni paydo qilgan. Faeton yulduzning portlashi haqida faraz ma’lumotlari yaqin keyingi yillarda paydo bo‘ldi. Bordan yo‘q bo‘lmaydi deganlaridek.
Geoxronologiya jadvali
Eonalar
|
Eralar va ularning davom etgan yili; mln.
|
Geologik davrlar davom etgan yili; mln. indekslari.
|
Orogenik tek-
tonik epoxalar
|
Davrlarning bo‘linmalari (epoxa) va indekslari.
|
Asosiy geologik va paleogeografik voqea va hodisalar.
|
Qazilma boyliklari va ayrim qo‘shimcha ma’lumotlar.
|
1
|
2
|
3
|
4
|
5
|
6
|
7
|
Kaynozoy
|
-Kz~ 66-67
|
To‘rtlamchi yoki antropogen Q~ 2
|
Alp orogenez tektonik harakatlari.
|
Zamonaviy- Q4.
|
Bosqichma-bosqich bo‘lib o‘tgan muzlanish epoxalari; ularning erib ketishi, hududlarning muzliklardan xolis bo‘lishi; zamonaviy relefning yuzaga kelishi; materiklarning bugungi xolda ko‘rinishi; hozirgi zamon hayvonot va o‘simlik olamining paydo bo‘lishi. Zamon ekologik vaziyatining xavfi; gipergenez jarayonining rivojlanib borishi. Insoniyatning Yer yuzida paydo bo‘lishi.
|
Qurilish xom-ashyolari: qum, soz tuproq, har xil shag‘al toshlar, xarsang toshlar; sochma oltin, platina, qalay, volfram konlari. Qimmatbaho va yarim qimmatbaho javoxirlar, tog‘f va selitra qatlamlari.
|
Yuqori
to‘rtlamchi Q3.
|
O‘rta to‘rt-
lamchi- Q2.
|
Quyi to‘rt-
lamchi- Q1.
|
Neogen-N~ 24
|
Pliotsen N2.
|
Kavkaz, Karpat, Pomir, Alp, Tyan-Shan tog‘ tizmalarining navbyuatdagi ko‘tarilishi; vulqon faoliyatining faollashishi; Kaspiy, Orol, Qizil dengiz, O‘rta yer dengizlarining mustaqil ravishda o‘z joylarini egallashi; yuksak o‘simlik olamining paydo bo‘lishi va rivojlanishi;
|
Qo‘ng‘ir ko‘mir, neft, gaz tosh tuzi va x.k. tuz konlari; gips, qahrabo, cho‘kindi temir, marganes, mis, uran, bo‘yoq xom-ashyolari va qurilish materiallari.
|
Miotsen N1.
|
Paleogen Paleogen ₣ -41 -41
|
Oligasen ₣3
|
Mezozoy erasi tog‘ tizmalarining yemirilishi; Karpat, Qrim, Kavkaz, Pomir, Kopetdog‘ tog‘ tizmalarining rivojlanishi davomi; yopiq urug‘liklarning keng tarqalib rivojlanishi; qushlarning va sut emizuvchilarning rivojlanishi. Vulqon jarayonlarining faollanishi.(Afrika)
|
Qo‘ng‘ir ko‘mir, neft, gaz, yonuvchi slaneslar; fosforit va boksitlar, tosh va boshqa tuz konlari, cho‘kindi Fe, Mn, I, Ci konlari. Suv osti va Yer yuzi hayvonot olamining ko‘payishi tuyoqli hayvonlarning rivojlanishi
|
Eotsen-₣2
|
Paletsen-₣1
|
|
Mezozoy- Mz~171-175
|
Bo‘r K ~60-70.
|
Kimeriy
|
Yuqori bo‘r K2.
|
Karpat, Qrim, Kavkaz, Pomir, Uzoq Sharq, Kopetdog‘ tog‘larining qad ko‘tarishi-paydo bo‘lishi. Dinozavr avlodlarining batamom qirilib ketishi. Qushlarning paydo bo‘lishi va rivojlanib borishi, sut emizuvchilarning paydo bo‘lishi, sudralib yuruvchilar, suv va osmon kaltakesaklari va boshqa.
|
Ko‘mir, neft, yonuvchi slaneslar, fosforit, boksit, bo‘r; qalayi, mishyak, surma, oltin, kumush, mis, qshrg‘oshin, uran va x.k. ochiq urug‘liklarning xukmronligi, palma, lavr, terak, tol va boshqa.
|
Quyi bo‘r K1.
|
|
Yura J 53
|
Yuqori yura J3
|
Materiklarda burmalanish jarayonlari, darzlikning paydo bo‘lishi, magmatizm jarayonlari; Tetis dengizining g‘arb tomon chekinishi, Hind okeani uchun zamin paydo bo‘lishi; Gondvanada keskin o‘zgarish, kuchli transgressiyalar; materik ichki qismida ko‘l-botqoqlik va laguna landshaftlarining yuzaga kelishi va keng maydonlarni egallashi. Iqlimning illiq, issiq va hatto jazirama bo‘lishi, o‘rmon va boshqa o‘simlikning keskin ravishda rivojlanishi. Dinozavrlarning xukmronlik qilishi, uchuvchi kaltakesaklar, arxeopteriks, suv ajdarlari.
|
Qo‘ng‘ir ko‘mir, neft, gaz, yonuvchi slaneslar, kaolin, fosforitlar, boksit har xil tuzlari; Yakutiston olmosi; o‘simlik dunyosi va hayvonot olamining rivojlanishi; Baliq xillarining ko‘payishi; dinozavrlarning keng ko‘lamda ko‘payib borishi.
|
O‘rta yura J2
|
Quyi yura J1
|
|
|
Trias T 45-50.
|
|
Yuqori trias T3
|
Materiklarning (Gondvana, Lavraziya) ko‘tarilishi, dengiz va okeanlar regressiyasi, Tetis dengizining nihoyatda tog‘aishi, troppli vulqanning faolligi, qadimiy tog‘ tizmalarining yemirilishi, Yer yuzi relefining tekislanib borishi, Gondvana materigining ikkiga bo‘linishi, laguna landshaftlarining tabora ko‘payib-kengayishi; qadimiy hayvonot olamining keskin kamaya borishi, mezozoy sudralib yuruvchilarning paydo bo‘lishi; Kordiler-And, Sharqiy Osiyo, Hindi-Xitoy geosinklinallarining faol harakatlari.
|
Toshko‘mir, har xil tarkibli tuz kon havzalari, neft. Magmatik konlar: Au, Ag,Cu, Sn, Pb,Zn, Fe.o‘rmon daraxtlar keng rivojlanishi, ochiq urug‘li igna barglilar, paporotniklar, ginkolilar, sikadalilar, toshbaqa, timsoh, kaltakesaklar. Ammonit, dengiz kirpilari, ikki tabaqali molyuskalar.
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |