16-mavzu. Stratigrafiya, geoxronologiya xaqida tushunchalar. Yerning geologik rivojlanish tarixi.
Reja:
Stratigrafiya
Geoxronologiya xaqida tushunchalar.
Yerning geologik rivojlanish tarixi.
Tayanch iboralar: stratigrafiya, geoxronologiya, katarxey erasi, paleobotanika, kriptozoy eoni, proterozoy erasi, mezozoy erasi, planetalar
Stratigrafiya va geoxronologiya.
Stratigrafiya so‘zi lotincha “stratum” ya’ni qatlam degan ma’noni anglatadi. Stratigrafiya geologiya fanining katta bir bo‘limi bo‘lib, tog‘ jinsi yotqiziqlarining navbatma-navbat yoki ketma-ket paydo bo‘lganligini, tog‘ jinslarini qatlamlarining yoshini, qatlamlarining o‘zaro aloqadorligini va ularning geografik tarqalganligini o‘rganuvchi fandir.
Tog‘ jinslarining xilma-xillligini, ularning kelib chiqishidan qat’iy nazar (magmatik jinsmi, metamorfik yoki cho‘kindi jinslarmi) qay tarzda joylashganligini, paydo bo‘lish sharoitlarini hamda hosil bo‘lish qonuniyatlarini stratigrafiya fani hal qilib beradi.
Stratigrafiyaning asosiy vazifalaridan yana: tog‘ jinslari qatlamlarining ilk joylashish qonuniyatlarini va birlamchi yoshini aniqlashdir. Stratigrafik taxlil vaqtida avval kichik joylarni, tuman miqiyosidagi geologik tuzilishini, keyin esa viloyatlar miqiyosida, katta geografik hududlarda va hatto dunyo mashtabida stratigrafik kesim tuzilib chiqildi. Tog‘ jinslarining yoshini va geografik tarqalishlarini ajrim qilinayotgan vaqtda jinslar ichida saqlanib qolgan hayvonot va o‘simliklarining qoldiqlarini o‘rganish yo‘li bilan olib boriladi.
Buday taxlillar natijasi regional stratigrafik kesim tuzish hamda dunyo miqiyosidagi geoxronologik jadvallarni tuzishga imkoniyat ochib beradi.
Tog‘ jinsi qatlamlarining nisbiy yoshini aniqlashda geologiya-stratigrafik: stratigrafik, mineral-petrografik (litologik), tektonik va geofizik usullar yordamida tiklanadi. Bulardan tashqari yana aniqroq biostratigrafik yoki paleoontologik usul bor.
Geoxronologiya haqida.
Geoxronologiya yunoncha: geo-Yer, xronos-vaqt, davr; logos-o‘rganish, bilish so‘zlaridan tashkil topgan bo‘lib, geologik yilnoma yoki geologik shajara degan ma’noni anglatadi. Geoxronologiya geologiya fanining bir qismi bo‘lib, geologik o‘tmish tarixini, davrlar va epoxalarini, ularning yilnomalarini, geologik davrlar mobaynida hosil bo‘lgan foydali qazilma boyliklarini, hayvonot olami va o‘simlik dunyosining paydo bo‘lishi va ularning rivojlanish tartibi hamda qonuniyatlarini va x.k. hodisa va voqealarini o‘rgatadi. Geoxronologiya hodisa va voqealari jadval tariqasida tuzilib o‘rganiladi.14
Geoxronologiya jadvalida orografiya-tog‘lik hududlarning yuzaga kelishi, ularning burmalanish va yemirilish jarayonlarini ham yoritib o‘zida mujassamlantiradi.
Yerning geologik taraqiyoti davomida, arografiya jarayonida, hamda organiq dunyoning rivojlanish bosqichlaridagi izchillik vaqt asosida-eonlar, geologik eralar, geologik davrlar,epoxalar (bo‘limlar), geologik asrlar, asrlar davomida esa yaruslar (tabaqalar desak ham bo‘ladi) ajratilgan. Eonlar (lotincha eon ya’ni geologik vaqtning uzoq davom etgan vaqti degan ma’noni bildiradi) faqat ikki xil bo‘ladi.
1. Kriptozoy eoni va 2 fanerazoy eoni. Kriptozoy so‘zi-yunoncha kriptos-yashirin, yashirin hayot yoki noma’lum hayot vaqti degan ma’noni anglatadi. Fanerozoy so‘zi-yunoncha faneros-yaqqol, yaqqol hayot davri-vaqti degani.
Kriptozoy eoni 3ta geologik eralardan iborat.
Katarxey erasi yunoncha kata-ma’nosi eng pastki, ostki degan ma’noni bildiradi.
Arxey erasi- yunoncha-“arxeos”-boshlang‘ich ya’ni juda qadimiy era degan tushuncha beradi.
proterozoy erasi-yunoncha “prateros”-erta yoki birlamchi era degan tushuncha beradi. “Zoe”-so‘zi hayot demakdir.
Fanerazoy eoni ham 3ta geologik eralardan iborat.
Paleozoy erasi-yunoncha “paleos”-qadimgi hayot erasi ma’nosini anglatadi.
Mezozoy erasi-yunoncha “mezos”- o‘rta hayot erasi.
Kaynozoy erasi-yunoncha “kaynos”-yangi hayot erasi.
Katarxey, arxey geologik eralari aniq ashyoviy-geologik dalillar hozircha yo‘q bo‘lganligi uchun ularni geologik davlarga ajratilmagan.
Proterozoy erasi bo‘yicha oz bo‘lsada dalillar to‘pgangan, shu tufayli juda aniq bo‘lmasada davrlarga ajratilgan.
Paleozoy, mezozoy va Kaynozoy bo‘yicha esa aniq ashyoviy ma’lumotlar to‘plangan, shuning uchun ham paleozoy erasida 6 ta, mezozoy erasida 3ta, Kaynozoy erasida ham 3 ta geologik davrlar aniqlangan; bu davrlar quyida geoxronologik jadvalda batafsil yozilgan.
Geoxronologik jadval bilan tanishtirishdan oldin Yerning rivojlanish tarixida bo‘lib o‘tgan orografik jarayonlar ya’ni tog‘ hosil bo‘lish va burmalanish epoxalari haqida umumiy tushuncha berib o‘tishni lozim topdik.
Chet el adabiyotlarida orografik jarayonlarni-tektono-magmatik sikl (sikl bu yerda davr ma’nosida) tektonik sikl yoki tektog‘enez deb yuritiladi.
Tavsiya etilayotgan qo‘llamada tog‘ paydo bo‘lish jarayonlari yoki epoxalari (orogenez) degan tushuncha bersak maqsadga muofiq bo‘ladi.
Yer sayyoramizning geologik taraqqiyoti tarixi davrmida birin-ketin bo‘lib o‘tgan tog‘ paydo qilish jarayonlari orogenik epoxalaridir. Yer po‘stining geologik taraqiyotida quyidagi epoxalar bo‘lib o‘tgan, ular quyidagi jadvalda keltirilgan.
Har bir organiq epoxada Yer po‘stining harakatlanishiquruqlikni suv boshi (transgressiya jarayoni), suv havzalarining chekinishlari (regressiya jarayoni), tog‘ tizmalarining qad ko‘tarishlari bo‘lib o‘tgan. Natijada har bir geologik davrida hozirgi paytdagidan batamomo‘zgacha tabiiy geografik sharoitlar-paleogeografik vaziyatlar xukmronlik qilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |