Jinslarning strukturasini taxlil qilish.
To‘plangan jinslarning katta-kichikligiga, shakllariga va yuzasiga ya’ni strukturalariga qarab, ularning ta’bi-tavsifini, cho‘kindilar to‘plamining qanday meyyorda hosil bo‘lganligini, suv havzalarining chuqur va sayozligini hamda qanday muddatlar davomida amalga oshganligini bilib olish mumkin.
Ma’lumki, jins donalarining yirikligi qancha katta bo‘lsa, ular qirg‘oqqa yaqin joylarda joylashadilar. Jins bo‘laklarining yirikligi qancha mayda bo‘lsa, ular shuncha uzoq va yanada uzoqroq joylarda to‘planadilar. Qirg‘oq atrofi va qirg‘oq oldi xududlarida esa solishtirma og‘irligi katta raqamlarga ega bo‘lgan minerallar hosil bo‘ladi. Natijada ular sochma konlarni ya’ni qum, tuproq va shag‘al toshlar tarkibiy qismida oltin, platina, qalay, volframit, titan va h.q. konlar hosil bo‘ladi.
Jinslarning teksturalarini taxlil etish.
Cho‘kindi jinslarda odatda ikki xil turkumga ega bo‘lgan teksturalar bo‘ladi.
Birlamchi ilk teksturalar. Bunday teksturalar jinslar bo‘layotgan vaqtda va hali butunlayin jins kabi qotib, qattiqlashib ulgurmagan davrida yuzaga keladi.
Ikkilamchi tekstura esa cho‘kindilar batamom qotib ulgurgan va toshsimon massaga aylangan ya’ni haqiqiy jins paydo bo‘lgan vaqtda namoyon bo‘ladi. Teksturalar qatlamlarining ichki qismi, qatlamlar aro, hamda qatlamlarning ustki qismi xillariga ajratib taxlil qilinadi.
Qatlamlar orasidagi qayroq toshlar yoki shag‘al toshlar bir tarafga qarab joylashib taralgan bo‘lsa, suv oqimining yo‘nalishini va suv to‘lqinlarining harakati yo‘nalishini bilib olishimiz mumkin.
Yirik donalari qumlar to‘plami va konglomeratlar qatlamlari teksturasi qat-qat yoki taram-taram xolatida bo‘lmaydi. Demak, suvning oqimi va suv to‘lqinlarining yo‘nalishi hodisalari ularga aloqasi yo‘q.
Jinslarning dona va donachalari betartib xolatda joylashaveradi.
Jinslarning varaqsimon taram-taram xolatida joylashgandagi ko‘rinishi, bu mayda va mayin qum va gilmoya qatlamlariga tegishli albatta, suv xavzasining pastki ufqlarida suvning oqish harakati bo‘lmaganligidan darak beradi.
Jins qatlamlarida to‘lqinsimon va g‘adir-budur o‘rinishidagi tekstura hosil bo‘lgan bo‘lsa, demak shu xududdagi qadimiy suv havzasi juda sayoz bo‘lganligidan darak beradi. Tog‘ jinsi qatlamlarining joylashish xolatlari-teksturalari 1-rasmda ifodalangan.
Qatlam va uning xillari: a) gorizontal joylashgan; b) to‘lqinsimon joylashag; v) qiya joylashgan.
Qiyshiq-qiya qatlamlanish jins tabaqalari ichidagi qatlamlarning dastaval tuzilayotgan vaqtida qiya (tekis emas) yotqizilishiga bog‘liq. Qiya qatlamlanish tuban davrdagi sharoitlarda paydo bo‘ladi;
A) Harakatdagi muhit ichida cho‘kindilar yotqizilishidan;
B) Suv o‘z ostini yuvib turishi natijasida paydo bo‘lgan notekisliklar ustida cho‘kindilarning to‘planishidan;
V) Shamollar uchirib kelgan maxsulotlar bilan chuqurliklarning to‘lg‘azilishidan;
G) Xamma joyda cho‘kindi barobar va bir xil to‘planmasligidan.
Cho‘kindi jinslarning to‘planishi, yuvilishi bilan akkumulyatsiya jarayonlari o‘zaro o‘rin almashtirish, olib kelib yotqiziladigan mahsulotlarning tarkibiga muhitining harakatchanligi va uning to‘lqinlanishiga bog‘liq, har xil qiya qatlam shakllari paydo bo‘ladi. Bu shakllar esa tekislik yuzasiga nisbatan xar xil burchak va har tarafga yo‘nalgan bo‘ladi. Qiya qatlamlanish asosan qumli jinslarga oid bo‘lib, ba’zan loyqa va korbonatli jinslarda ham uchraydi.
Yuqarida bayon etilgan fikrlar nimalardan darak beradi, degan masalaga ko‘ndalang kelamiz. Agar qum qatlamlarining og‘ish burchagi 20-300 atrofida bo‘lib, bir taraf yo‘nalishida qiyalashgan bo‘lsa, demak bu jinslar daryo yotqiziqlaridadir. Dengiz muhitida hosil bo‘lgan cho‘kindi jinslar qatlamlari qiyalik, nishab tuzilishida bo‘ladi. Qatlamlarning tuzilishi afga yo‘nalib yotqizilganligi bu daryo deltalarining maxsulotlari bo‘lib hisoblanadi.
Qum qatlamlarining tuzilishi barxan va jo‘yasimon tuzilishga ega bo‘lsa. Demak paleometeorologik vaziyatlarni ham anglab olish mumkun: bu qum qatlamlari birinchidan quruqlik sharoitida bo‘lgan, ikkinchidan shu hududlarda shamollarning geologik faolitlari xukm surgan. Ayrim vaqtlarda dengiz ostida bo‘lgan qumtosh va gilmoya qatlamlari suv osti surilma-ko‘chma tekstura ko‘rinishida bo‘ladi, ya’ni qatlamlar ezilgan, bukilgan xolatida bo‘lib, bu hodisalar dengiz suv osti xavzasila tektonik harakatlarning faolligi va ko‘chma surilmalarning yuzaga kelishidan darak beradi. Ko‘pinchalik mayin qumtoshlar (avvaliga hali qotib qolmagan qumlar to‘plami) va gilmoyalar. Ohaktoshlarning ustki qismida tabiiy holda yopishtirilgan yasamalar-izlarini ko‘rish mumkin, ularni “gierogliflar” deb atashadi. Aniqlanishicha bunday yasamalar odatda suv osti hayvonot olamining surilib yurishi va o‘rmalab harakat qilishi natijasida hosil bo‘lgan gierogliflardir. Bu yerdan tashqari, yana o‘sha jinslarning ustki kismida muz kristallarining izi, yomg‘ir tomchilarining o‘rni, jinslarlarning qurishidan yuzaga kelgan darzliklar va h.q.lar ham paydo bo‘ladi. Bu xodisalar bir tarfdan hayvonot olamining qaysi sinfga mansub ekanligini ko‘rsatsa, ikkinchi tarfdan qadimiy davrlarda xukmronlik qilgan iqlim sharoitlarini ham aniqlashga yordam beradi.
Paleontologik qoldiqlarni taxlil qilish.
Qadimiy fizik-geografik va qadimiy geologik davrlarda yashagan hozirgi vaqtda esa cho‘kindi tog‘ jinslarining ichida toshqatgan xolatida saqlanib qolgan qazilma qoldiqlariga paleontologik qoldiqlar deb ataladi.
Bu paleontologik qoldiqlar tog‘ jinslarini fatsiyalarga ajratishda, geografik va geologik muhitlarni tiklashda. Hamda o‘simlik olami va hayvonot dunyosining qanday fizik-geografik sharoitlarida yashaganliklari to‘g‘risida juda qiziqarli dalillarni yoritishda katta ahamiyatga ega. Masalan, hayvonot va o‘simlik qoldiqlarini sinchiklab o‘rganilsa, ularning qaysi sinfga, qaysi turga, avlodga va h.q. guruxlarga ajratib olish mumkin; jonzodlarning umurtqali, umurtqasiz, hujayrali va ko‘p hujayrali turkumlarni bilib olish mumkin.
Paleontologik qoldiqlar yordamida suv xavzalarining maydonini, suv muhitining sho‘r va chuchukligini, kimyoviy xolatini chuqur va sayozligini, qolaversa iqlim sharoitlarini aniqlab berish mumkin. Masalan, ayrim ammoniy qoldiqlarining tanasi simob mineralli-kinovar bilan (qon kabi qizil rangda bo‘ladi) boshqalari qung‘ir yoki qoramtir qung‘ir xillari temir minerallari bilan, kalsiy-karbonat, silitsium (kvars minerallari) bilan to‘yingan holda uchraydi. Demak, suv tarkibida o‘sha elementlar miqdori ko‘p bo‘lgan degan xulosaga kelish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |