8-maruza: toponimkada stratigrafik (tarixiy) qatlam tushunchasi reja



Download 24,95 Kb.
bet1/3
Sana31.03.2022
Hajmi24,95 Kb.
#519982
  1   2   3
Bog'liq
8-mavzu. toponimikada stratigrafik qatlam


8-MARUZA: TOPONIMKADA STRATIGRAFIK (TARIXIY) QATLAM TUSHUNCHASI

REJA:

  1. Toponimlarning strati grafik qatlamlari haqida umumiy ma’lumot.

  2. O'rta Osiyo toponimiyasining stratigrafik qatlamlari va ulaming farqlovchi xususiyatlari.

  3. Mustaqillik davrida paydo bo ‘Igan geografik nomlar qatlami.



Mavzuning maqsadi: Geografik nomlaming stratigrafik (tarixiy) qatlamlarini shakllanishi, taraqqiyoti, toponimik qatlamlaming o‘zaro ta’siri, ulaming hududiy tarqalishi haqida bilim va ko‘nikmalar hosil qilishdan iborat.
Tayanch ibora va atamalar: Stratigrafik qatlam, davr va nom, toponimlami evolyutsiyasi, monotilli toponimlar, lingvogeografik qat- lamlar.

Ma’lumki, kishilik jamiyatining ilk bosqichidan boshlab odamlar uchun joy haqida tasawurlar juda zarur bo‘Igan. Tabiat bilan doimiy bog‘liqlikda yashagan qadimiy odamlar uchun o‘zlari istiqomat qila- yotgan joy va uning tevarak atrofini nomlash ehtiyoji paydo bo‘lgan. Bu zaruriyat, ya’ni geografik ehtiyoj kishilarga mo‘ljal olish yoki bir man­zilni ikkinchisidan farqlash uchun kerak edi. Demak, insoniyat tarixi qanchalik qadimiy bo‘Isa, geografik nomlar ham shunchalik qadimiydir. Geografik nomlar turli tarixiy sharoitlar va tillar takomilining mahsuli, ular tarixning ma’lum bir davrida paydo bo‘Igan. Har qanday toponim muayyan bir tarixiy davrda paydo bo‘lgan, xalq tarixining kichik bir zarrachasi unda mujassam. Shuning uchun, nomning paydo bo‘lishida turtki bo‘lgan omil o‘sha davming tarixi, voqeligi, ijtimoiy-iqtisodiy muhiti bilan birga izohlanishi, tadqiq qilinishi yaxshi samara beradi.


Ayrim mutaxassislarning fikricha, toponimlarning asl mohiyatini ochib berish uchun tarixiy tahlil usuli eng maqbul va ishonchli hisob­lanadi. Bu usul geografik nomlaming evolyutsiyasini, transformatsiya- sini va yangi nom paydo bo‘lishiga sabab bo‘lgan ijtimoiy muhitni aniq­lash imkonini beradi. Toponimik tadqiqotlarda ko‘pincha tarixiy usulni qo‘llash tarafdori bo‘lgan, ms olimi A.I.Popov o‘z ilmiy ishlarida shun­day yozgan: «aniq tarixiy manba va tarixiy sharoitdan xabardor bo‘l- masdan turib, geografik nomning kelib chiqishi to‘g‘risida xatosiz biron fikr aytish qiyin».
Har qanday geografik nomlaming majmuasi ma’lum vaqt davomida shakllangan. Ulaming «umri, yashash davri» ham har xil bo‘ladi.
Chunonchi, O'rta yer dengizi sohillari, Hindiston, Xitoyda yoshi bir necha ming yilni tashkil etadigan toponimlar mavjud. Xorazm, Buxoro, Samarqand kabi nomlar ham salkam uch ming yildan buyon yozma manbalarda uchraydi. Antraktidadagi nomlaming asosiy qismi esa oxirgi 50-75 yilda paydo bo‘Igan.
Aksincha, O'rta Osiyo, Yevropa, Shimoliy Afrika, Kichik Osiyo kabi mintaqalarda xalqlar, tillar, tsivilizatsiyalami aralashuvi natijasida, geografik nomlaming bir necha tarixiy qatlamlari paydo bo'lgan. Jamiyat tarixida sodir bo'lgan har qanday o'zgarishlar, voqea-hodisalar joy nomlarida muhrlanib qolgan. Shu sababdan, toponimik tadqiqot­larda nomning hamma tarkibiy qismlarini tahlil qilmasdan, aniq bir fikr aytish qiyin.
0‘rta Osiyo toponimiyasining tarixiy qatlamlarini aniqlash uchun, mintaqa geografik nomlarining shakllanishi, taraqqiyoti, qaysi xalqlar tili asosida paydo bolganligi, mavjud toponimik qatlamlaming o‘zaro ta’siri, ulaming hududiy tarqalishi kabi masalalar tadqiq va talqin qili- nishi lozim. Mintaqa toponimiyasining tarixiy qatlamlari hozirga qadar kam o‘rganilgan va ilmiy jihatdan mukammal tadqiqot ob’ekti bo‘lgan emas. Bu esa, hududiy toponimlarning tarixiy taraqqiyoti va lingvo- geografik qatlamlarining paydo bo‘lishi sabablarini tadqiq qilishning ancha dolzarb masala ekanligidan dalolat beradi.
0‘rta Osiyo va 0‘zbekiston toponimiyasining tarixiy qatlamlarini o‘rganishda V.V.Bartold, E.M.Murzaev, H.Hasanov, A.Muhammad- jonov, S.Qoraev, A.Nabiev, T.Nafasov, Z.Do‘simov, A.Nizomov kabi olimlaming asarlari muhim ahamiyatga ega. Masalan, E.M.Murzaev- ning 0‘rta Osiyoni ko‘pgina turkiy, eroniy, arab, mug‘ul tillari asosida paydo bo'lgan toponimlarga bergan sharhi o‘zining tarixiy manbalarga asoslanganligi, yorqin, sodda, ravon va ishonarligi bilan alohida ajralib turadi.
Murzaev o‘tgan asming yetmishinchi yillarida geografik nomlar- ning stratigrafik tuzilishini, ya’ni joy nomlari tarkibidagi tarixiy qatlam- laming shakllanish jarayonini 0‘rta Osiyo respublikalari toponimiyasi misolida tahlil qilgan. Olimning fikricha, mintaqa joy nomlaridan tash­kil topgan «ustuni», poydevori ostida ma’no-mazmunini aniqlash qiyin bo‘Igan nomlar yotadi.
Bunday toponimlar hozirgacha «tirik» va amalda bo‘Isa ham, ammo ulami aniq bir belgilangan davrga yoki qaysidir xalqga tegishli ekan­ligini aniqlashni imkoni yo‘q. Ulaming shakllanish jarayoni ham juda uzoq o‘tmishga borib taqaladi. Bu jarayon nafaqat mintaqa joy nom­lariga, balki barcha xalqlar, mamlakatlaming geografik nomlar tizimiga xos va mushtarak xususiyat hisoblanadi. Balki, shu sababdan, rus topo- nimisti V.A.Nikonov eng qadimgi joy nomlari hanuzgacha noma’lum- ligicha qolmoqda, degan fikmi bayon qilgandir.
0‘rta Osiyo - tabiati xilma-xil o‘lka, uni birinchi bo‘lib tadqiq qil­gan olimlardan biri I.V.Mushketov: «0‘rta Osiyoni katta materik ichida joylashgan alohida materik desa bo‘ladi», degan edi. 0‘rta Osiyoda okean sathidan past bo‘lgan joylardan tortib balandligi yetti ming metr- dan ham ortiq togli olkalargacha uchraydi. Shuning uchun ham bu o‘lkaning rel'efi, iqlimi, landshaftlari turlicha. Muzli cho‘qillari boigan o‘lkan toglar, tropik jazirama issiq va qutb sovug‘i mavjud boigan hududlar bu ajoyib o‘lkada mujassamlashgan.
O'rta Osiyo etnik kartasi ham o‘tmishda ancha rang-barang va murakkab bo‘lgan, qadimda mintaqada hayot kechirgan har bir qabila, elat, xalq o‘z tillarida joy nomlari yaratganlar. 0‘rta Osiyoning tubjoy xalqlari, tojiklardan tashqari barchasi - o‘zbeklar, qozoqlar, qirg'izlar, turkmanlar, qoraqalpoqlar - turkiy tilli xalqlar hisoblanadi. Faqat tojik- lar - forsiy tilli xalqdir. Turkiy geografik nomlar eng baquvvat qatlam, u O'rta Osiyoning barcha hududlarida keng tarqalgan. Ularni Tojikiston, Afg‘oniston, Eron hududida ham ko'plab uchratish mumkin.
Mintaqa xalqlarining ko‘p asrlik ijtimoiy turmushi, tarixiy taraq­qiyoti joy nomlarida ham o‘z aksini topgan. Ular orasida ko'pchilik uchun ma’nosi noaniq geografik nomlardan tortib, yaqindagina paydo bo'lgan yangi toponimlami uchratish mumkin. Mutaxasislaming fikri­cha, O'rta Osiyo toponimiyasi tarkibidagi geografik nomlarining eng quyi, hozirgacha aniqlanmagan qatlami miloddan oldingi davrlarga to'g'ri keladi. Bunday nomlar qatoriga Samarqand, Omul, Xiva, Zomin, Urganch, Niso, Parapamiz va hokazo kabi, hozirgacha ma’no-mazmuni aniqlanmagan, substrat toponimlami kiritish mumkin.
Yunonlar istilosi mintaqa toponimiyasida sezilarli iz qoldirmagan. Yunon tilidan o'zlashgan nomlar tez orada unutilgan yoki avvalgi joy nomlari qayta tiklangan. Makedoniyalik fotih Iskandar (Aleksandming arabcha shakli) Zulqarnayn (mil. av. 356, Pella-323, Bobil) nomi bilan bog'liq Iskandar, lskandarariq, lskandardaryo, Iskandarquduq kabi toponimlar ko'p. Iskandar haqidagi turli xil rivoyatlaming ko'pligi, bunday toponimlarning etimologiyasini aniqlashni ancha qiyinlashtiradi. Ko'pchilik mutaxassislar, Tojikistondagi Iskandarko'l nomini Iskandar Zulqamaynga hech qanday aloqasi yo'q deb hisoblashadi. Bu fikmi V.V.Bartold ham tasdiqlab, o'rta asrlarda Iskandarko'l bu nom bilan ma’lum bo'lmagan deb yozgan.
Hasanovning yozishicha, Iskandar haqiqatdan ham yurtimizda bo'lgan, ammo Xo'janddan nariga o'tmagan. Shuning uchun, uzoq-uzoq joylardagi Iskandar nomlarini faqat ko'chirma deb tushinish ma’qul. Iskandar nomi bilan bog'liq nomlami keyingi paytlarda paydo bo'lgan- lari ham bor. Masalan, lskandarariq- Toshkentdan yuqoriroqda Chir­chiq daryosidan chiqarilgan ariq. Bu ariqni 1883-1885 yillarda, mahalliy xalq orasida lskandarto'ra laqabi bilan mashhur bo'lgan chor Rossiyasi- ning knyazi Nikolay Konstantinovich qazdirgan.
Tarixchi A.Muhammadjonovning ta’kidlashicha, O'zbekistonda Iskandar nomi bilan joy nomlari ko'p, ulardan ba’zi birini xalq uning nomi bilan bog‘liq deb hisoblaydi. Masalan, Jizzax viloyatining Yangi- obod tumanida uzoq tarixga ega Iskandar nomli qadimiy qishloq bor. Mahalliy xalq orasida Iskandar Ustrushonaga yurish qilib katta talafot ko‘rgan va shu qishloqda yaralangan askarlarini qoldirib davolagan, de­gan rivoyat bor. Uning qo‘shinlariga mahalliy xalq qattiq qarshilik ko'r- satgan va u bundan jiddiy xavotirga tushgan, Ptolemeyning yozishicha, Iskandar asir olingan ustrushonaliklami o‘z jangchilariga bo‘lib berib, to bu mamlakatdan chiqib ketmagunlaricha, ularni zanjirband holda saqlashni buyurgan.
Iskandar toponimining etimologiyasiga oid yana bir talqin
A.G’afurovga tegishli. Olimning fikricha, qishloqning hozirgi nomi qadimiy so‘g‘d tilidagi iskodar - «baland», «yuqori» ma’nosidagi so‘z bilan bog‘liq. Bu talqin qishloqning joylashgan geografik o‘miga ham mos keladi. Hozirgi tilda tushunarsiz bo‘lib qolgan sug‘dcha iskodar so‘zi, vaqt o'tishi bilan keyinchalik, mahalliy xalq talaffuzida nisbatan tushunarli bo'lgan Iskandar so‘ziga aylangan, degan fikmi bayon qilgan.
Murzaevning yozishicha, 0‘rta Osiyo toponimiyasi tarkibidagi hozirgacha aniqlangan birinchi tarixiy qatlam eroniy tillarga tegishli. Ulami yaratuvchisi - qadimiy madaniyatga ega bo'lgan sug‘dlar, box- tarlar, xorazmiylar hisoblanadi. Bu tarixiy qatlamga xos toponimlami O'rta Osiyoning barcha hududlarida, jumladan Turon tekisliklaridan to Tojikiston tog'larigacha uchratish mumkin. Ular Qirg‘iziston va Qozog'iston hududida nisbatan kamroq. Xorazm, Ashxobod, Murg‘ob, Vaxsh, Jizzax, Miq, Varqin, Pishag‘ar, Xo‘jand kabi ma’no-mazmunini aniqlash qiyin bo'lgan substrat toponimlar shular jumlasidandir. Birin­chi tarixiy qatlamga mansub toponimlar qisman asl shaklida, ba’zan ayrim o'zgarishlar bilan hozirgacha yetib kelgan. Eroniy va turkiy xalq­lar qadimda uzviy iqtisodiy, madaniy, siyosiy aloqada bo‘lishgan. Bu munosabat va aloqalar har ikki xalqning toponimlariga o‘z ta’sirini o'tkazgan/
Akademik A.Muhammadjonov ushbu tarixiy qatlamga xos bo‘Igan Savot toponimini izohlab shunday yozadi: Ustrushonaning Sebat rusto- qida Buyuk Ipak yo‘li uch tarmoqqa (Shosh, Farg'ona, Ustmshonaga) bo‘linib ketgan. Ushbu yo'nalishlaming har birida bittadan rabot - karvonsaroy mavjud bo‘lgan va Sebat (se-uch, bat - rabotning qisqargan shakli) «uch rabot» ma’nosini beradi. Sebat mahalliy xalq talaffuzida Sabot, Savot bo‘lib o‘zgargan. 0‘rta asrlaming arabiynavis geograflari Muqaddasiy, Ibn Havqal, Istaxriy asarlarida ham qishloq to‘g‘risida ma’lumotlar mavjud va uning katta karvon yo'li ustida joylashganligi ta’kidlangan. Qulay geografik o'ringa ega bo‘lgan Sebatda o'rta asrlarda Ustrushonadagi yagona mashhur yopiq bozor bo‘lgan. Demak, Savot - aslida Seravot bo‘lib «uch rabot», «uch karvonsaroy» degan ma’noni ifodalaydi.
Eroniy tilli toponimlarning ikkinchi tarixiy qatlamiga fors-tojik tiliga xos bo'lgan geografik nomlami kiritish mumkin. Ulami turkiy va forsiy tillar yordamida tushinish mumkin hamda etimologik jihatdan tahlil qilish qiyin emas. Langar, Choijuy, Farg‘ona, Surxob, Dushanbe, Sangzor, Kuhiston, Zarafshon kabi nomlami ana shu qatlamga kiritish mumkin. Masalan, Langar so'zini P.G’ulomov «to'xtash joy, qo‘noq, manzil», deb izohlagan. Ilgarigi karvon yollaridagi qo‘noq joylar, karvonsaroylar shu atama bilan yuritilgan. Langarlarda choyxona, mehmonxona, karvonsaroy, ba’zan guzarlar (bozori bilan) bo'lgan.
Ma’lumki, geografik nomlar yordamida har bir tarixiy qatlamning o'ziga xos xususiyatlarini o'qish mumkin. Ba’zan, ular o'tmish mahsuli sifatida, asrlar davomida tildan tilga o'tib shaklan o'zgaradi, mazmunan mavhumlashib qoladi. Chunonchi, Nurota tog'laridagi Garasha qishlo- g‘i nomi bunga misol bo'lishi mumkin. Oykonimga fors-tojik tilidagi «girehkusho» so'zi asos bo'lgan. Girehkusho so'zi gireh-«tugim», «band» va kusho - «echmoq», «tugunlami yechuvchi», «tilsimlami ochuvchi», «hojatbaror», ma’nolarini ifodalaydi. Girehkusho nisbasi XII asr oxiri va ХШ asming boshlarida yashagan, yassaviya tariqatining izdoshlaridan bo'lgan hamda ilk bor shu qishloq hududida qo'nim topgan shayx Muhammadsharif ibn Aliasqarga tegishli. Girehkusho deb nom olishiga avliyoning ko'pgina karomat ko'rsatgani hamda muam- molar yechimini to'g'ri topganligi sabab bo'lgan.

Download 24,95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish