Chirchiq davlat pedagogika instituti



Download 29,42 Mb.
bet54/138
Sana30.12.2021
Hajmi29,42 Mb.
#94235
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   138
Bog'liq
geologiya-maruza-matni

Ekzogen jarayonlar

shamolning geologik ishi.

Yer yuzi rel'yefini o'zgartiradigan hamda alohida xususiyatga ega bo'lgan yotqiziqlar hosil qiladigan muhim ekzogen omillardan biri shamol bo'lib, u havo bosimining hamma joyda bir xil bo'lmasligidan paydo bo'ladi. Cho'l va sahro zonalarida shamolning ishi nihoyat darajada katta bo'ladi.

Osiyo, Afrika va Avstraliyaning keng maydonlari shamol harakati va uning geologik ishi uchun eng qulay sharoitdir. Shamolning geologik ishi quyidagilarlan iboratdir. 1) Deflyatsiya (lat. "deflyatsio" - puflash, sochish); 2) Korroziya (lat. “korrazio” - egovlash, silliqlash, sidirish); 3) Tashish va 4) Akkumulyatsiya (lat. “akkumulyatsio” to'plash).

Shamolning yuqorida ko'rsatib o'tilgan hamma ishlari bir biri bilan bog’liq bo'lib bitta murakkab jarayon hisoblanadi. Shamol bilan bog’liq bo'lgan hamma jarayonlar, rel'yef shakllari, yotqiziqlari eol nomi bilan yuritiladi, (eol qadimgi yunon afsonasida - shamol xudosidir).

Shamol barcha o'nqir-cho’nqirlarga, qoya toshlarning orasiga kirib borib undagi mayda zarrachalarni uchirib ketadi. Bu hodisa deflyatsiya deyiladi. Deflyatsiya natijasida qatlamli mo'rt, bo'shoq jinslarda g’aroyib shakllar vujudga kelishi mumkin. “Eol qozoni” degan chuqurliklar hosil qilishi mumkin. Deflyatsiya natijasida ba’zan hosildor tuproqlarni ham shamol uchirib ketib boshqa joylarga to'plashi mumkin. Bunday hodisalar Osiyoning qoratuproq zonalarida bo'lib turadi. Turkmaniston, O'zbekiston va Tojikiston respublikalarini janubiy qismida Afg’onistondan esuvchi shamol millionlab tonna chang to'zonni uchirib olib keladi. Afg’on shamoli esganda, quyosh yuzini ko'rib bo'lmaydigan darajada atmosferani chang qoplab oladi. Korraziya ochilib qolgan tog’ jinslari va minerallarga mexanik ishlov berish, silliqlash bo'lib, bu hodisa uchib kelayotgan qum zarrachalari yordamida yuz beradi. Qum zarrachalari shamol yordamida uchib har xil balandlikka ko'tariladi, pastroqda uchayotgan qum zarrachalari ko'proq bo'lib, asosan “silliqlash” ishini shu zarrachalar bajaradi. Shunday qilib, deflyatsiya va korraziya hodisalari birlashib, tabiatda toshlardan har xil shakllar yasashadi, kichik g’orchalar, teshik toshlar, qo'ziqoringa o'xshash shakllar vujudga keladi.

Akademik V.A.Obruchev Jungoriyada “Eol shahari” borligini aytgan edi. Shamol qattiq tog’ jinslarida kichik ariqchalar vujudga keltirishi ham mumkin. Shamol ko'tarilgan zarrachalarni har xil uzoqlikka tashiy oladi. Ko'chirish havoda, sudralgan holda, yoki yumalatish yo'li bilan bo'lishi mumkin.

Ko'chirish shamolning kuchi bilan, bo'lakning kattaligiga bog’liq. Tezligi 7 m\sek bo’lgan shamol 90 % qum zarralarini 5-10 sm balandlikda tashiydi, kuchliroq shamol esa (15-20 m\sek) zarralarni bir necha metr balandlikda uchirib ketadi. Kuchli to'fon esa, qum zarrachalarini bir necha o'n metr balandlikda uchirib, diametri 3- 5 sm bo'lgan shag'allarni yumalatib olib ketadi.

Shag’allarning sakrab sakrab uchishi “saltatsiya” deyiladi. A.Allisonning ma’lumotlariga ko'ra Sahroi kabirdan uchirilgan qum zarrachalari 160 km masofani bosib o’tib to'planishi mumkin ekan. Chang va mayda qum zarrachalari 2500—3000 km uzoqlikkacha yetib boradi. Saxroi kabirning qumi Milan shahari ko'chalariga ham yetib kelganligi haqida ma’lumotlar bor.

Eol yotqiziqlari - eol qumlaridan va eol lyosslaridan iborat bo'lib, ular yuqori darajada saralanganligi, yaxshi yumaloqlanganligi (qumlar) bilan farq qiladi. Qum zarrachalarining kattaligi, asosan, 0,25 - 0,1 mm dan oshmaydi. Ularda kvars minerali ko'p, kamroq dala shpati uchraydi. Eol qumlarining rangi sarg'ish, qo’ng'ir bo'lib to'planadi. Shamoldan so'ng juda jimjimador shamol “ryabi” ni hosil qiladi.

“Eol lyossi” (lyoss-nem.capig tuproq) kontinental yotqiziqlarning genetik turi. Ular changlardan to'planadi. Lyosslarning o'ziga xos belgilari: 1) changsimon zarralardan tuzilgan bo'lib, ko'proq 0,05 mm dan 0,005 mm diametrli alevrit donalaridan tashkil topgan; 2) Qatlamlanish hususiyati yo'q, butun qalinligi bo'yicha bir xil; 3) Karbonatli moddalarning ko'pligi, ohakli g'udumlar; 4) Vertikal mikrogovaklarning mavjudligi; 5) Yuqori darajali (50 — 60 % gacha) g'ovakliligi; 6) namlanganda va yo'q ostida cho’kish qobiliyati; 7) Vertikal ajralish qobiliyati. Lyosslarning qalinligi bir necha metrdan yuzlab metrlargacha boradi. Xitoydagi lyosslar juda qalin bo'lib 250-350 m gacha yetadi. O’zbek olimlaridan akademik R.O.Mavlonov O'rta Osiyodagi lyosslarni aksariyati shamol yordamida hosil bo'lgan deb tushintiradi.

Shamol assimetrik taqsimot yoki yarimoysimon shakldagi barxan deb ataladigan baland (20-30 m gacha) qum tepalarini hamda qum tepa tizmalarini vujudga keltiradi. Dengiz va daryo bo'ylarida paydo bo'ladigan qum tepalari dyunalar deyiladi. Barxan va dyunalarning qumlari qatlamsiz, betartib bo'ladi. Dyunalarning balandligi 20-25 m gacha ba’zan 50 m gacha boradi. Barxanlar va dyunalar ko'chib yuradigan qum tepalaridir. Ba’zan barxanlar bir kunda 5-10 km gacha ko'chib, boshqa joyda tepaliklar hosil qilishi mumkin. Dyunalar ham bir yilda 100-200 m gacha ko'chishi mumkin. Qum harakatidan ekinzorlar ba’zan qishloqlar qum ostida qolib ketishi mumkin.

Ekinzorlarni, temir yo'llarni qum bosib ketmasligi uchun ularning atrofi ixota qilinib, daraxtzorlar barpo qilinadi. Shamol keltirgan yotqiziqlar Eol yotqiziqlari deb ataladi.


  1. Ekzogen jarayenlarga qaysi geologik hodisalar kiradi?

  2. Deflyatsiya va korroziya nima?



Download 29,42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   138




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish