Chirchiq davlat pedagogika instituti


Nordon jinslar SiO2 - 75-65% gacha; 2



Download 29,42 Mb.
bet20/138
Sana30.12.2021
Hajmi29,42 Mb.
#94235
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   138
Bog'liq
geologiya-maruza-matni

1. Nordon jinslar SiO2 - 75-65% gacha;

2. O‘rta jinslar SiO2 - 52-65% gacha;

3. Asosli jinslar SiO2 - 52-45% gacha;

4. O‘ta asos jinslar SiO2 - 45% dan kam bo‘ladi.

Bulardan tashqari ishqoriy jinslar gruqi bo‘lib, ular tarkibida Na elementining bo‘lishiga qarab ajratiladi. Bunda ishqoriy mineral nefilin kvars minerali o‘rnida bo‘ladi.

Magma yer po‘stidan yer yuzasiga chiqquncha uning tarkibidagi kremniy miqdori o‘zgarib boradi. Magma jinslari yer qatlamlari orasida bo‘lgan vaqtida uning tarkibidagi turli moddalar gaz, bug‘ va boshqalar bilan birga erigan qolda aralashib yotadi. Magma qarakatga kelib yer qatlamlari orasidan ko‘tarilayotganda, uning tarkibidagi gaz va boshqa moddalar miqdori ustki jinslar orasida singib kamaya yoki o‘zgara boradi. Bunga sabab, birinchidan, bosim va temperaturaning pasayishi, ikkinchidan, ustki va yon jinslarning ta’sir etishidir. Shuning uchun magma yer ostidayoq saralana boshlaydi. Shuni aytib o‘tish kerakki, magma xillari qaqida ikki xil fikr bor, masalan F.V.Levinson-Lessing, fikricha ikki xil asosli (bazaltli) va nordon (granitli) magma bor. Amerikalik fizik-ximik N.L.Bouen (1929) fikricha magma bir xil bo‘lib, kristallanish differensiatsiya jarayon tufayli undan turli xil magmatik jinslar qosil bo‘ladi.

Qozir ko‘pchilik olimlarning fikricha, ikki xil - asosli (yuqori mantiyada qosil bo‘ladi) va nordon magma yer po‘stida mavjud.

Magmadan turli xil mineral tarkibli tog‘ jinslarini bosqichma-bosqich qosil bo‘lish jarayonlari magmaning differensiatsiyasi deyiladi.

Magma kristallanishi, magmatik yoki likvatsiya differensiyalariga ajraladi.

Magmaning differensiatsiyasi uning kristallanish jarayonida fizik, ximiyaviy sharoitning o‘zgarishi natijasida ro‘y beradi.

Magma differensiyasi chuqurda (magma o‘chog‘ida) uning yer po‘sti yuqori qatlamlariga ko‘tarilishigacha bo‘lgan davrda va magma kamerasida (magma sovib intruziv jinslarga aylanadigan joy) sodir bo‘ladi. Odatda, tektonik va magmatizm aktiv davom etayotgan rayonlar tog‘liklarni tashkil qiladi. Masalan Xisor batoliti joylashgan Xisor tog‘lari.

Intruziv magmatik tog‘ jinslari qosil qilgan balandliklarda o‘tkir uchli, cho‘qqilar kam uchraydi, chunki polimineral yaxshi kristallangan tog‘-jinslari yaxshi yemiriladi. Qari xil tarkibli intruziv tog‘ jinslari tez yemiraladi. Shunday tarkibli intruziv tog‘ jinslarida qam notekis relef vujudga kelishi mumkin.

Kristallanish differensiatsiyasi (saralanish jarayoni) da magma o‘ziga xos termodinamik sharoitda kristallana boshlaydi. Bu jarayonda magma massasi ayrim qismlarga oson bo‘linib ketadi. Magma tarkibidagi moddalar chetlaridan asta-sekin markazga tomon sovib boradi. Bu paytda og‘ir elementlar tez cho‘ka boshlaydi, yengillari esa juda sust cho‘kadi. Yuzasida kremniy va alyuminiyga boy magma qoladi, xolos. Bu jarayon qamma vaqt bir tekis bo‘lavermaydi, chunki tabiiy sharoit mavjud bo‘lganda va uchuvchan komponentlar bor bo‘lganda normal o‘tadi. Shu narsani e’tiborga olganda, nordon jinslar yer po‘stining yuza qismida joylashishi kerak. Aslida esa magmaning kristallanib saralanish jarayoni yetarli darajada o‘rganilgan emas. Shunga qaramay, olimlardan Ye.A.Kuznesov, A.N.Zavariskiy, T.N.Dolimov laboratoriyalarda va qadimgi vulkan kraterlarida ilmiy tekshirish ishlarini olib borib, yaxshi natijalarga erishdilar.

Magma tarkibidagi elementlar qulay sharoitda birin-ketin birikib ma’lum tartibda oldinma-keyin kristallanadi.

Magma soviy boshlaganda oldin rangli minerallar: olivin va piroksen kristallanib cho‘ka boshlaydi, so‘ng asosiy, o‘rta va nordon plagioklazlar, eng keyin kremniyga boy minerallar va, niqoyat, sof kremniy minerali kvars

qosil bo‘ladi. Magmadagi uchuvchan komponentlar yer qatlamlari orasida elementlarning qarakatini va magmani kristallanishini tezlashtiradi.

Magma yuqoriga ko‘tarilganda cho‘kindi va metamorfik jinslar orasidagi bo‘shliqlarga singib qar xil minerallarni qosil qiladi. Natijada yer qatlamlari orasida magma asta-sekin vaqt davomida soviydi va niqoyatda murakkab fizik, ximik jarayoni ta’sirida birin-ketin kristallanib, kristalli jinslarni qosil qiladi.

Shunday qilib, magma differensiatsiyasi natijasida yer qatlamlari orasida intruziv, yer yuzasida effuziv jinslar qosil bo‘ladi. Bir tarkibli magmadan qosil bo‘lgan effuziv va intruziv jinslarning ximiyaviy tarkibi bir-biriga juda o‘qshash bo‘ladi. Lekin strukturasi, teksturasi va mineral tarkibi jiqatdan ular bir-biridan keskin farq qiladi.

Intruziv jinslarning yer po‘stida yotish shakllari. Magmatik jinslarni yer po‘stida qosil qilgan yotish shakllarini o‘rganish murakkab ishdir. Bularning yotish shakllari ikki xil sharoitga bog‘liq. Bosim kam bo‘lgan joylarda magma qatlamlari ikki qatlamlar orasiga joylashib, moslashib yotishi mumkin. Bunday vaqtlarda magma qatlamlararo bo‘shliqlarni passiv (ta’sirsiz) qolatda egallaydi. Boshqa xollarda magma o‘zicha zo‘rlik bilan qatlamlarni ko‘tarib, surib yoki eritib bo‘shliqni egallab oladi.

Tektonik aktiv oblastlarda magmaning yer yuzasiga yorib chiqishi yoki uning orasida qolib qotishi tektonik va magmatik qarakatga bog‘lik bo‘ladi. Bu qarakat natijasida paydo bo‘lgan burmalar xilma-xil shaklga ega bo‘ladi. Ba’zan intruzivlar burmaning umumiy tuzilishiga, qatto uning ba’zi detallariga moslashadi. Bular moslashgan intruzivlar deb ataladi. Bunday intruzivlar joylashgan joylarda qam relefning tuzilishi intruzivsiz joylardan farq qiladi. Agar mos intruzivni o‘z ichiga joylashtirgan tog‘ jisnlari qattiq yoki monomineral bo‘lsa, u qolda kam yemirilishi natijasida baland qoyali landshaftni vujudga keltiradi. Aksincha magmatik jinslar qattiqroq bo‘lsa, ular tez yemirilib qolib balandliklarni, suvayir-g‘ichlarni vujudga keltiradi. Lekin ko‘pincha yorib chiquvchi magma burma shaklini juda bo‘zib yuboradi, burmalangan jinslarning katta-katta bo‘lagini eritib yuboradi. Bular nomos intruziv deyiladi.



Moslashgan intruzivlar. Ikki qatlam orasida intruzivga sill deyiladi. Unday qavatlarning qalinligi bir necha santimetrdan bir necha yuz m gacha boradi. Intruziv sillning egallagan maydoni bir necha ming km2ga yetishi mumkin. Masalan, Sibir platformasida (Sibir trappasi) sill egallagan maydoni bir necha o‘n ming km2ga boradi. Janubiy Afrikadagi Karru provinsiyasidagi sillning maydoni 570 000 km2. Sillar odatda gruppa- gruppa bo‘lib uchraydilar. Ba’zi bir sillar, masalan: Tunguska daryosi vodiysida 1,5 mln.km2, Xindistonda 300 000 km2dan ko‘proq maydonni qoplab olgan. Sill asosli magma jinslaridan tashkil topadi.

Lakkolitlar odatda nordon jinslardan tashkil topadi. Uni diametri bir necha 100 m dan bir qancha km ga yetadi, gruppa-gruppa bo‘lib uchraydi.




Download 29,42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   138




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish