Foydali qazilma boyliklar haqida tushuncha
Qazilma boyliklar deb odatda Yer po‘stida mavjud, xalq xo‘-jaligi va sanoat ehtiyojini ta’minlash uchun kerak bo‘ladigan har xil tabiiy mineral moddalar yig‘indisiga aytiladi. Bular-dan bevosita tabiiy holda yoki qayta ishlangach, foydalaniladi. Bevosita foydalaniladigan qazilma boyliklarga: toshko‘mir,. osh tuzi, oltingugurt, sof oltin, olmos, gaz va boshqalar kirsa, qayta ishlash yo‘llari bilan foydalaniladigan xillariga te-mir, mis, qo‘rg‘oshin, rux, qalayi, volfram, berill va boshqa ma’danlar knradi. Aslida foydali qazilma boyliklar: gaz,. suyuqlik va qattiq holida uchraydilar.
Kon deb qazilma boyliklarning ayrim turlariga yer po‘sti-ning alohida hududlarida bir xil tarkibga ega bo‘lgan metall yoki nometall uyumlarga aytiladi. Uran, mis, oltin, kumush, te-mir, boksit, fosforit, grafit konlari shular jumlasiga qi-radi. Masalan, bordi-yu mis konlari tarkibida oltin, kumush, se-len, tellur, germaniy kabi ikkinchi darajali elementlar va metall aralashglalari qo‘shilib hosil bo‘lsa, bu vaqtda — komp-leks mis koni deb yuritiladi va h. k. Qonlarning boyligiga qa-rab ular sanoat miqyosidagi (katta, o‘rta va kichik konlar) va konservatsiyaga molik (bular faqat kichik konlar) konlarga bo‘-linadilar. Sanoat miqyosidagi konlar albatta hozirgi zamon ta lablariga va davlat iqtisodiyotiga to‘la-to‘kis javob bera oli-shi shart. Konservatsiyaga molik yoki davlat bisoti vaqtinchalik saqlanadigan konlar, asosiy konlar qazib, olingandan so‘ng, iqtisodiyot jihatidan imkoniyat turilishi bilan, qayta ishlab chiqarish texnikasi rivojlanishi tufayli ishlatilishi mumkin.
Gaz holidagi yonuvchi va yonmaydigan qazilma boyliklar: Bun-day qazilma boyliklar qatog‘iga yer bag‘rida to‘plangan uglerod-vodorodli tarkibidagi va yonmaydigan, inert gazlar guruhiga kiruvchi propan, butai, metan, geliy, neon, argon, kripton, kse-non va radonlar kiritiladi.
Suyuqlik holidagi qazilma boyliklar: neft va yer osti suv-lari, jumladan — chuchuk va mineral suvlar to‘plami nazarda tutiladi.
Qattiq holidagi kazilma boyliklarga — tabiatan qattiq — ruda holida uchraydigan elementlar, metallar va ularning murakkab birikmalari: temir, oltin, kumush, volfram, qalayi, polimetallar (mis, qo‘rg‘oshin, rux va kumush birikmalari), alyu-miniy, berilliy tavsiyalidir.
Kristallar: Tog‘ billurlari, ametist, oniks, island shpati (optik kalsit), optik flyuorit, olmos; minerallardan esa: ga-lit (osh tuzi), silvin, achchiqtosh, grafit, talk, oltingugurt ka-bilar misol bo‘la oladilar.
Tog‘ jinslarni tashkil qiluvchi qazilma boyliklarga: granit, gabbro, labradorit, adammelit, rapakiv, marmar, qumlar, gil-moyalar va h. k. kiradilar.
Qazilma boyliklar sanoat miqyosida foydalanishi bo‘yicha quyidagilarga bo‘linadilar:
Rudali yoki tarkibida metali bo‘lgan qazilma boyliklar: qora metallar, yengil metallar, rangli metallar, kam uchraydigan me tallar, noyob metallar, radioaktiv metallar, juda ham kam tar-qalgan elementlar, onda-sonda uchraydigan elementlarni tashkil etadi.
Qora metallar — temir, titan, xrom va marganes.
5ngil metallar — alyuminiy, litiy, berilliy va magniy.
Rangli metallar — mis, rux, qo‘rg‘oshin, nikel va surma.
Kam uchraydsh an metallar — volfram, molibden, qalayi, ko-balt, simob, vismut, sirkoniy, seziy, niobiy va tantal.
Noyob metallar — oltin, kumush, platina, osmiy, iridiy.
Radioaktiv metallar — uran, radiy, tog‘iy.
Juda ham kam tarqalgan elementlar — skandiy, galliy, ger-maiiy, rubidiy, kadmiy, indiy, gafniy, reniy, tellur, selen. po-loniy, aktiniy.
Onda-sonda uchraydigan elementlar — lantan, seriy, prazeo-dim, neodim, prometiy, samariy, yevropiy, gadoliniy, terbiy, dis-proziy, golmiy, erbiy, tuliy, itterbiy, lyutesiy.
Rudasiz yoki nometall qazilma boyliklar: grafit, flyuorit, kalsit, dala shpatlari, nefelin, xrizotilasbest, vermiko‘lit, talk, magnezit, boksit, sof oltingugurt, oltingugurt kolchedani (temir kolchedani), arsenopirit, realgar, auripigment, barit, alunit, selestin, apatit, fosforit, kaliy tuzlari, selitralar, boratlar, datolit, pezokvars, issland shpati, optik kvars, muskovit, flogopit va boshqalar.
Yonuvchi qazilma boyliklar yoki kaustobiolitlar: tog‘f, lig-nit, qo‘ng‘ir ko‘mir, toshko‘mir, antratsit, gagat, bogxed, yonuvchn slaneslar, asfaltit, antraksolit, ozakerit, og‘ir neft, para-finli yengil neft va yonuvchi gazlar.
Qurilish xom ashyolari yoki qurilish manbalari: marmar, granit, labradorit, granodiorit, adammelit, diorit, andezit, traxit, felzit, diabaz, bazalt, mergel, ohaktoshlar guruhi, gips (ganch) qum va qum-shag‘al toshlar guruhi, pemza, diatomit-lar, trepellar, bo‘r, har xil rangli gil va tuproqsimon jinslar, soz tuproqlar guruhi va boshqalar.
Qimmatbaho va yarim qimmatbaho javohirlar (minerallar): olmos, zumrad, feruza, yoqut, sapfir, topaz, aleksandrit, akva-marin, ametist, shpinel, pirop, granat, turmalin, aragonit, oniks, qahrabo, agat, opal, xalsedon, yashma, rodonit, malaxit, nefrit, lazurit, agalmatolit, selenit, angidrit, rangdor brek-chiyalar, ofiokalsit, temir zangi aralashgan kvarsitlar. Shuni ham eslatib o‘tish o‘rinliki, hozirgi vaqtda ayrim minerallarva tabiiy suyuqliklar sekin-asta mineralogiya va qazilma boylik-lar tasnifidan o‘rin ola boshladilar. Ular qatog‘iga qadim za-monlardan buyon tabobatda ishlatilib kelgan hamda hozirgi kun-larda ham keng ko‘lamda qo‘llanilib turgan mo‘miyo — asl, achchiq-tosh; mo‘m—saqich, novvot, mineral ichimli suvlari, neftli suv-lar, ko‘l va cho‘l sho‘r suvlari, oltingugurt va kam miqdorda mav-jud radioaktiv elementlari bor suvlar va balchiq suvlari mi-sol bo‘la oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |