Tuproqning radioaktivligi.
Tuproqning radioaktivligi, ya‘ni alfa, betta va gamma nurlarini tarkatib turish qobiliyati, undagi radioaktiv elementlar miqdoriga bog‘liq. Tabiiy va sun‘iy radioaktivlik ajratiladi. Tabiiy radioaktivlik tuproqdagi uran, radiy, toriy singari radioaktiv elementlari va kaliy (K) ning radioaktiv izotopi natijasida yuzaga keladi. Barcha tog‘ jinslarida radioaktivlik mavjud. Ayniqsa kremniyga boy bo‘lgan kislota muhitli, otqindi jinslar yuqori radioaktivlikka ega. Cho‘kindi jinslardan gillar, gilli jinslar va kaliy tuzlari radioaktiv elementlarni ko‘p saqlaydi (9-jadval).
N.G.Morozova ma‘lumoticha, tuproqlarda jadvalda ko‘rsatilganga nisbatan radioaktiv elementlar konsentrasiyasi ancha yuqori bo‘ladi. Jumladan, radiy n ·10-13 dan n ·10-9 gacha, toriy– n ·10-6 dan n·10-3 foizgacha o‘zgarib turadi. Tuproqdagi radioaktiv elementlar miqdori asosan ona jinslarga bog‘liq. Kislota muhitli magmatik tog‘ jinslarining nurash mahsulotlarida hosil bo‘lgan tuproqlarda asosli jinslardagiga nisbatan radioaktiv elementlar ko‘proq bo‘ladi. Shuningdek, og‘ir mexanik tarkibli tuproqlarda yengil tuproqlarga qaraganda radioaktiv elementlar miqdori yuqoridir. Odatda radioaktiv elementlar tuproq profilida nisbatan tekis tarqalgan bo‘lib, faqat illyuvial va gleyli gorizontlarida ko‘proqdir.
9-jadval Tog‘ jinslari va tuproqdagi radioaktiv elementlarning o‘rtacha miqdori, foiz
hisobida
Jins, tuproq
|
Radiy 10-10
|
Uran 10-4
|
Toriy 10-4
|
Kaliy
|
Dozasining yig‘ma, quvvati,
mkr/soat
|
Otqindi jinslar
|
Kislotali jinslar (granit, dioritlar) O‘rta jinslar (diorit, andezitlar)
Asosiy jinslar (bazalt, gabbro va
|
1,2
0,6
|
3,5
1,8
|
18,0
7,0
|
3,34
2,31
|
10,2
6,2
|
boshqalar)
Ultra asosli jinslar (dunitlar, peridodid, piroksenitlar)
|
0,17
0,001
|
0,5
0,003
|
3,0
0,005
|
0,83
0,03
|
3,5
1,2
|
Cho‘kindi jinslar
|
Slanes va gillar Qumtoshlar Ohaktoshla
Galit, angidrit, gips cho‘kmalari Tuproq
|
1,2
1,0
0,5
0,03
1,0
|
4,0
3,0
1,4
0,1
1,6
|
11,0
10,0
1,8
0,4
6,0
|
3,2
1,2
0,3
0,1
1,4
|
11,0
5,7
1,6
0,4
4,3
|
Baranov ma‘lumoticha, tuproqda radioaktiv elementlar: (U, Th K) miqdori o‘rtacha bo‘lganda alfa nurlanish (α) energiyasi 65, betta (β) nurlanish 28, gamma (γ) nurlanish 7 foizni tashkil etadi. Nurlanish energiyasi yig‘indisi 1 gr. tuproqda 1 sekundda 4,0128 mekv.ni tashkil etadi. Tuproq havosida radioaktiv elementlarning gazsimon izotoplari (emanasiyalar) (radon, toron, aktinon) ham saqlangan bo‘ladi. Ba‘zi ma‘lumotlarga ko‘ra tuproqdagi tabiiy radioaktivlik uncha yuqori bo‘lmaganda, o‘simlik va hayvonlar organizmida kechadigan fiziologik jarayonlarga unchalik ta‘sir etmaydi. Tajribalardan ma‘lumki, radioaktiv elementlarning ishtirokida azot fiksasiyasi (o‘zlashtirilishi) ancha tezlashadi. Sun’iy radioaktivlik. Atom termoyadro portlashlari, atom sanoati chiqindilari yoki atom korxonalarida ro‘y beradigan falokatlar natijasida tuproqda sun‘iy ravishda radioaktiv izotoplar to‘planadi. Atom portlashlari tufayli hosil bo‘ladigan radioaktiv elementlar havo oqimlari bilan katta masofalarga olib ketiladi va asta- sekin tuproq hamda suvga tushib, sun‘iy radioaktiv izotoplar bilan ifloslaydi. Bu izotoplar biologik aylanishga kirib o‘simlik va mollar mahsulotlari orqali insonlar organizmiga o‘tadi hamda to‘planib radioaktiv nurlanishga sabab bo‘ladi. Hozirgi vaqtda 1300 ga yaqin sun‘iy radionuklidlar ma‘lum bo‘lib, bular orasida stronsiy (Sr90) va seziy (Cs137) izotoplari ayniqsa xavflidir. Bu izotoplar uzoq yarim parchalanish davriga (Sr96- 28 yil, Cs137 -33 yil) va kuchli nurlanish energiyasiga ega bo‘lib, biologik aylanishda aktiv ishtirok etadi. Shuning uchun ham stronsiy va seziy izotoplarining tuproqdagi miqdorini, ular harakatini va o‘simliklarga o‘tish
jarayonlarini bilish muhim ahamiyatga ega.
Stronsiy (Sr90) va seziy (Cs137) izotoplarining umumiy xususiyati, ularning tuproq qattiq qismida deyarli to‘liq ravishda singdirilib qolishidir. Ularning 80-90 foizi tuproqning eng yuqori (5-9 sm) qismida to‘planadi. Gumusga boy, og‘ir mexanik tarkibli va montmorillonit, gidroslyudali gillarga boy tuproqlarga stronsiy va seziy izotoplari ko‘p yutiladi. Stronsiy (Sr90) o‘z xususiyati bilan kalsiyga, seziy (Cs137) esa kaliyga yaqin. Shuning uchun bu radioizotoplar tabiati ko‘rsatilgan kimyoviy elementlarga yaqin. Stronsiy va seziy izotoplarining asosiy qismi almashinadigan holda tuproqda ushlanib mustahkamlanadi. Lekin seziy (Cs137) almashinmaydigan singdirish xususiyatiga ham ega. Radioaktiv stronsiy (Sr90) tuproqning yuqori qismlarida ko‘p to‘planganligi sababli, o‘simliklarga oson o‘tadi. Ildizmevalilar va boshoqdoshlarga nisbatan, dukkakli ekinlarda stronsiy izotopi ayniqsa ko‘proq to‘planadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |