Chirchiq davlat pedagogika instituti shukurullo mardonov umida zokirova


XI bo‘lim. PEDAGOGIK FANLARNI O’RGANISH



Download 2,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet65/105
Sana07.07.2022
Hajmi2,35 Mb.
#755785
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   105
Bog'liq
Мардонов Ш

XI bo‘lim. PEDAGOGIK FANLARNI O’RGANISH 
JARAYONIDA BO’LAJAK O’QITUVCHILARNI BADIIY 
MEROS ASOSIDA MA’NAVIY–ESTETIK TARBIYALASHNING 
PEDAGOGIK ASOSLARI 
 
Reja

1.
Pedagogik fanlarni o‘rganish jarayonida talabalarni ma’naviy-estetik 
tarbiyalash mazmuni. 
2.
“Pedagogika tarixi” fani dasturi tahlili. 
3.
“Pedagogika nazariyasi” fani dasturi tahlili.
4.
“Pedagogik texnologiyalar” fani dasturi tahlili. 
5.
“Pedagogik mahorat” fani dasturi tahlili. 
 
Tayanch so‘z va iboralar
: pedagogik jarayon, zamonaviylashgan ta’lim, 
badiiy meros, Sharq mutafakkirlari, pedagogika tarixi, pedagogika nazariyasi, 
pedagogik texnologiya, pedagogik mahorat, sharq uyg‘onish davri. 
 
11.1. Pedagogik fanlarni o‘rganish jarayonida talabalarni 
ma’naviy-estetik tarbiyalash mazmuni 
Tadqiqotimiz maqsadi pedagogik fanlar, ularning zamonaviy-
lashtirilgan dasturlari imkoniyatlarini bo‘lajak o‘qituvchilarni o‘zbek 
xalqi badiiy merosi asosida ma’naiy-estetik tarbiyalash jarayonida 
aniqlashdan iboratdir. Ushbu maqsadlarni amalga oshirish uchun 
tadqiqot quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha olib boriladi: o‘zaro bog‘liqlik 
va yo‘naltirilganlikni o‘rganish, pedagogik fanlar bo‘yicha amaldagi 
dasturlarni tahlil qilish, umumlashtirish; tadqiqot muammosi kontekstida 
ularni o‘zgartirish (tegishli mavzular va savollarni kiritish); bo‘lajak 
o‘qituvchilar tomonidan kelgusi o‘quv faoliyatida foydalanishlari 
mumkin bo‘lgan hamda talabalar shaxsiga ta’sir etuvchi yuqori 
ma’naviy-estetik tarbiyaviy potensialga ega ajdodlarimizning tarixiy-
madaniy merosidan eng muhim badiiy qadriyatlarni hisobga olish; 
o‘zbek xalqining badiiy merosi asosida bo‘lajak o‘qituvchilarini 
muvaffaqiyatli 
ma’naviy-estetik tarbiyalashda pedagogik fanlar 


184 
(ularning dasturlarini modifikatsiyalash sharti bilan) imkoniyatlarini 
asoslashdan iborat. 
Pedagogik fanlar bo‘yicha quyidagi dasturlar tahlil qilindi: 
“Pedagogika tarixi” [61] 
“Pedagogika nazariyasi” [61]. 
“Pedagogik texnologiyalar” [61] 
“Pedagogik mahorat” [61]. 
Dasturlarni o‘rganish va tahlil qilishdan maqsad: bo‘lajak 
o‘qituvchining ma’naviy-estetik tarbiyasiga ta’sir qiluvchi savollarni 
o‘rganish va aniqlash; bo‘lajak o‘qituvchilarning ma’naviy-estetik, 
kasbiy-shaxsiy tarbiyasiga ijobiy ta’sir ko‘rsatuvchi ma’naviy-estetik 
tarbiya, o‘quvchilarning ma’naviy-estetik tarbiyasiga e’tiborini oshirish 
orqali pedagogik fanlar dasturlarini zamonaviylashtirish imkoniyatlarini 
aniqlash; pedagogik fanlar dasturlari mazmunini “ma’naviy-estetik” 
mavzu - ma’naviy-estetik mazmundagi mangu milliy va umuminstoniy 
qadriyatlar bilan boyitish. 
Pedagogik fanlar dasturlarining tarkibiy qismlarini o‘rganish va 
tahlil qilish quyidagi sxema bo‘yicha olib boriladi: maqsadi, kurs 
maqsadi, bo‘lajak o‘qituvchilardan talab qilinadigan bilim, ko‘nikma, 
malakalar; ma’ruzalar, seminarlar mavzulari; talabalar mustaqil 
ishlarining mazmuni; yakuniy nazorat masalalari; xulosalar; dasturni 
o‘zgartirish imkoniyati bo‘yicha xulosalar; o‘rganilayotgan muammo 
kontekstida dasturlarni o‘zgartirish bo‘yicha takliflar (ma’ruza, seminar, 
mustaqil ish, nazorat va yakuniy savollarga maqsadli qo‘shimchalar). 
Pedagogik 
fanlar 
dasturlarini 
modifikatsiyalashda 
o‘zaro 
bog‘liqlikning quyidagi prinsiplari hisobga olingan: umumiy pedagogik 
va aniq maqsadlarni belgilash; tarkibning izchilligi va doimiyligi, 
ularning integratsiyasi; bir-birini to‘ldirish va boyitish; bo‘lajak 
o‘qituvchilarni shaxsiy-kasbiy, ma’naviy-estetik o‘qitish va tarbiyalash. 

Download 2,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish