Chirchiq davlat pedagogika instituti "ijtimoiy fanlar" kafedrasi "tasdiqlayman"


shartnoma tug`risidagi taklif (oferta



Download 5,06 Kb.
Pdf ko'rish
bet92/109
Sana17.05.2023
Hajmi5,06 Kb.
#940203
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   109
Bog'liq
KURS ISHI

shartnoma tug`risidagi taklif (oferta
) javob uchun muddat 
tayinlanmasdan, og`zaki ravishda qilingan bo`lsa, ikkinchi taraf (akseptant) bu 


153 
taklifni qabul qilganligini darhol taklif qiluvchiga (offerentga) bildirgan holdagina 
shartnoma tuzilgan hisoblanadi. 
Agar bunday taklif yozma ravishda qilingan bo`lsa, taklifni qabul qilganlik 
(aksept) to`g`risidagi javob uni olish uchun lozim bo`lgan normal vaqt davomida 
olingan taqdirdagina shartnoma tuzilgan hisoblanadi. 
Agar shartnoma tuzishga rozi bo`lganlik to`g`risidagi kechiktirilib olingan 
javobdan uning o`z vaqtida yuborilganligi ma'lum bo`lsa, bu holda taklif qiluvchi 
shaxs (offerent javobning kechiktirilib olinganligi to`g`risida ikkinchi taraf 
(akseptant) ni darhol xabardor qilsagina javob kechiktirilgan hisoblanadi. Bu holda 
javob ayni paytda yangi taklif (oferta) hisoblanadi. 
FKning 375-moddasida ko`rsatilganidek, ofertada taklif qilinganidan boshqacha 
shartlar asosida shartnoma tuzishga rozilik bildirish to`g`risidagi javob aksept 
hisoblanmaydi. Bunday javob akseptdan bosh tortish va ayni vaqtda yangi oferta 
hisoblanadi. 
Odatda, shartnomada u tuzilgan joy ko`rsatib o`tilishi kerak. Agar shartnomada 
uning tuzilgan joyi ko`rsatilmagan bo`lsa, shartnoma oferta yo`llagan fuqaroning 
yashash joyida yoki yuridik shaxsning joylashgan yerida tuzilgan hisoblanadi 
(FKning 376-moddasi). 
Ayni paytda 
“Xo`jalik yurituvchi subyektlar faoliyatining shartnomaviy-
huquqiy bazasi to`g`risida”gi qonunda
belgilanishicha, 
kontraktatsiya 
shartnomalari qishloq xo`jaligi mahsulotini yetishtiruvchi joylashgan yerda tuziladi. 
Yuqorida aytganimizdek, shartnomalar tuzishda taraflar erkindirlar. Binobarin, 
hech qaysi taraf shartnoma tuzishga majbur qilinmaydi. Biroq, ayrim hollarda 
majburiy shartnoma tuzilishi mumkin. Bunda shartnoma tuzish o`zi uchun majburiy 
bo`lgan taraf oferta olgan kundan boshlab o`ttiz kun ichida boshqa tarafga aksept 
to`g`risida, akseptdan voz kechish haqida yoki boshqacha shartlar asosida akseptlashi 
haqida (shartnoma loyihasiga o`zining e'tirozlari bayonnomasini qo`shgan holda) 
bildirish yo`llashi lozim. 
Basharti, shartnoma tuzish offerent uchun majburiy bo`lsa-yu, u o`z takliflariga 
boshqacha shartlar asosida akseptlash olsa (shartnoma loyihasiga e'tirozlar 
bayonnomasi bilan birga), u holda bu taraf bildirish xabarnoma olingan yoki aksept 
muddati tamom bo`lgan kundan boshlab, o`ttiz kun ichida kelishmovchiliklarni 
bartaraf etish uchun sudga murojaat qilishga haqli. 
Shartnoma tuzishi majburiy bo`lgan taraf uni tuzishdan bosh tortsa, ikkinchi 
taraf uni shartnoma tuzishga majbur etish talabi bilan sudga murojaat qilishga haqli. 
Shartnoma tuzishdan asossiz bo`yin tovlayotgan taraf shu tufayli yetkazilgan zararni 
boshqa tarafga to`lashi shart. 


154 
Shartnoma tuzish vaqtida vujudga kelgan kelishmovchiliklar sudda ko`rib 
chiqilgan hollarda, kelishmovchiliklarga sabab bo`lgan shartlar sud tomonidan 
belgilanadi. 
Shuningdek shartnomalar kim oshdi savdosida ham tuzilishi mumkin. Bunday 
hollarda obyektni, mulkni, tovarni oldi-sotdi shartnomasi kim oshdi savdosini 
o`tkazgan tashkilot bilan savdoda g`olib chiqqan shaxs (ashyoning mulkdori, mulkiy 
huquq egasi yoki ixtisoslashgan tashkilot) o`rtasida tuziladi. FKning 374-moddasida 
belgilanganidek, qonunda ko`rsatilgan hollarda, ashyoni yoki mulkiy huquqni sotish 
to`g`risidagi shartnomalar faqat kim oshdi savdosi o`tkazish yo`li bilan tuzilishi 
mumkin. Shuningdek kim oshdi savdosi sud qarorlari ijrosini ta'minlash uchun ham 
o`tkaziladi (shartnoma majburiyatlari yuzasidan undiruv majburiy ravishda sud 
tomonidan qarzdorning mol-mulklariga qaratilgan hollarda, bunday mol-mulklarning 
muhofazasi ta'minlanmaydi ham). 
Kim oshdi savdosi auksion yoki tanlov shaklida amalga oshiriladi. Odatda, bitta 
ishtirokchi qatnashgan kim oshdi savdosi o`tkazilmagan hisoblanadi. Auksion va 
tanlovlar ochiq (bunda xohlagan shaxslar qatnashishlari mumkin) va yopiq (maxsus 
taklif etilgan shaxslar qatnashishlari mumkin) shaklida o`tkazilishi mumkin. Kim 
oshdi savdosini o`tkazish shaklini agar qonunda boshqacha hol belgilanmagan bo`lsa, 
sotiladigan mol-mulkning mulkdori belgilaydi. 
Ochiq turdagi kim oshdi savdosiga qilingan taklif (xabar) ni ommaviy oferta 
desa ham bo`ladi. Unda kim oshdi savdosining vaqti, joyi, shakli, savdoga nima 
qo`yilayotgani, 
o`tkazish 
tartibi, 
qatnashchilarni 
rasmiylashtirish, 
savdoga 
qo`yilayotgan obyektning boshlang`ich narxi to`g`risidagi, shuningdek savdoga 
shartnoma tuzish huquqi qo`yilayotgan bo`lsa, bunga beriladigan muddat haqidagi 
ma'lumot bo`lishi mumkin. 
Savdo tashkilotchisi auksion o`tkazishdan xohlagan vaqtda, lekin u 
o`tkaziladigan kundan kamida uch kun oldin, tanlov o`tkazishdan esa – kamida o`ttiz 
kun oldin bosh tortishga haqli. 
Bunday hollarda tashkilotchi ishtirokchilar ko`rgan haqiqiy zararlarni 
(xarajatlarni), yopiq savdolar tashkilotchisi o`zi taklif etgan ishtirokchilarning real 
zararini to`laydi. Shuningdek ishtirokchilarga ular dastlab tashkilotchiga to`lagan 
zakalat puli ham to`lanadi. Ayni paytda zakalat savdoda qatnashgan, ammo g`olib 
chiqmagan shaxslarga ham qaytariladi. 
G`olib bilan tashkilotchi o`rtasida savdo natijalari to`g`risida bayonnoma 
tuziladi. Bu bayonnoma ashyoni, obyektni yoki mulkiy huquqlarni oldi-sotdi 
shartnomasiga tenglashtiriladi. Bayonnoma imzolashdan bosh tortgan g`olib chiqqan 
shaxs to`lagan zakalatidan mahrum bo`ladi. Tashkilotchi imzolashdan bosh 
tortganida zakalatni ikki hissa qilib, shuningdek g`olibga savdoda qatnashishi tufayli 
yetkazilgan zararning zakalatdan ortiq bo`lgan qismini to`laydi. 


155 

Download 5,06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   109




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish